Pardoz yordamida ko’zlarni kattalashtirish usullari

Qanday qilib Pardoz yordamida ko’zlarni kattalashtirish mumkin?

Qadim zamonlardan buyon katta, keng ochilgan, ifodali ko’zlar ayol uchun haqiqiy bezak deb hisoblangan. Agar tabiat bunday xazina bilan sizni taqdirlamagan bo’lsa yoki siz katta ko’zlar effektini kuchaytirmoqchi bo’lsangiz, buni osonlikcha to’g’ri bo’yanish yordamida amalga oshirishingiz mumkin. 

Shuni aytib o’tish kerakki, ko’zlarni kattalashtirish uchun och ranglardan foydalanish kerak, chunki ular hatto eng kichik ko’zlarni ham samarali ravishda «ochadi» — to’q ranglar ham bizga kerakli aksentlarni joylashtirish uchun yordam beradi

Pardozni nimadan boshlash kerak?

Ko'z pardozi
Foto: lady.mail.ru

Pardoz yordamida ko’zlarni kattalashtirish 1 — qadam

  • Yuzning terisini tayyorlang, tonal kremni qo’llang va qoshlarga shakl bering.
  • Qoshingizni ko’taring — bu asosiy qoidadir. Qoshlaringizni shakllantirgandan so’ng, qoshning pastki chizig’ini konsiler yoki och teri rangidagi tenlar bilan ta’kidlang. Bu usul qoshlarga aniqlik beradi va ko’zlarni biroz «ochadi». Shuningdek, qoshning uchini odatdagidan biroz yuqoriroq tortish ham ko’zni biroz kattalashtirishga yordam beradi. Qoshlaringizni bo’yab bolganingizdan so’ng, qosh bukiladigan joyi ostiga biroz yoritgich (haylayter) surting.

Pardoz yordamida ko’zlarni kattalashtirish 2 — qadam

  • Ko’zning ichki burchagiga biroz haylayter surting. Ko’z qovog’ini och rangdagi yoki pushti teri ranglari bilan ishlov bering. Qovoqning bukiladigan qismi bo’ylab bir oz qovoqdagi rangga mos keladigan to’q ranglarni qo’shing, bu maqsad uchun — jigarrang , kulrang, to’q pushti ranglar to’g’ri keladi. Och rang to’q rangdan keskin ajralmasligi uchun, ularni yumshatib o’zaro rastushovka qiling. 
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Endemik bo‘qoq nima

Pardoz yordamida ko’zlarni kattalashtirish 3 — qadam

  • To’q rangdagi qalam bilan kirpik chizig’ini chizing va bu chiziqni ham biroz yuqoriga rastushovka qiling. Bu muhim, chunki tekis, yumshatilmagan chiziq ko’zlarini biroz toraytiradi. Kiprik chegarasini yaxshilab yumshatish va chiziq yaxshiroq ajralib turishi uchun chiziqqa qalam bilan bir xil rangdagi tenlar bilan ishlov bersa ham bo’ladi.

Pardoz yordamida ko’zlarni kattalashtirish 4 — qadam

  • So’ngra, kirpiklarni tush bilan bo’yaymiz — kirpiklarni «ochiq» holatida mahkamlash uchun tushni ildizlardan yuqoriga zigzagsimon harakatlar bilan intensiv ravishda surish kerak. Yuqori va ostki kipriklar ham bo’yalishi kerak. Maxsus kirpik qayriydigan asbobdan ham foydalansa bo’ladi.

Pardoz yordamida ko’zlarni kattalashtirish 5 — qadam

  • Ko’zning ostki qovog’ini ko’zni yanada kattalashtirish uchun yuqori qovoqning bukilgan qismida ishlatilgan tenlar bilan ishlov berib, yumshoq rastushovka qilish kerak.

Pardoz yordamida ko’zlarni kattalashtirish 6 — qadam

  • Yana bir kichik sir — ko’zning ostki shilliq qavatiga och pushti yoki och teri rangli qalam qo’shing. Uni «kayal» deb ham atashadi. Qora qalam shilliq qavatga surtilsa ko’zlarni sezilarli darajada kichraytiradi. Shuning uchun qora qalamni faqat yorqin, kechqurungi pardozlarda yoki sahnada, boshqa ranglar bilan uyg’unlashtirgan holda ishlatish kerak.
Pardoz yordamida ko'zlarni kattalashtirish
Foto: fashion101.ru

Agar siz yorqinroq pardoz qilmoqchi bo’lsangiz, klassik “smoki ays” texnikasini qo’llashingiz mimkin — bu usulda barcha ranglar ikki millimetr chegaradan chiqib, yumshoq rastushovka qilinadi. Qora qayal va ba’zida soxta kirpiklar qo’shiladi. Natijada, ko’zlar nihoyatda katta ko’rinadi.

Ko’rib turganingizdek, barcha sirlar sodda va salonga bormasdan o’zingiz qo’llab ko’rishingiz mumkin. Sizga muvaffaqiyatli tajribalar tilaymiz!

manba: wobs.ua

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Tegishli maqolalar

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button