Ideal makiyaj usullari, qoidalari va sirlari

1
(1)

Ideal makiyaj yaratish siz o’ylaganingizdan ancha oson va universal bo’lib, ushbu maqoladagi makiyaj usullari va maslahatlar sizga bunda yordam beradi.

To’g’ri keladigan tonal krem tanlang

Tonal krem tanlash
Foto: shop.inglot.com.ru

Ideal pardoz yaratishda muhim jihat — uning asosidir. Jiloli zarrachalari mavjud tonal kremdan foydalaning, bu terini porlaydigan, tekis, yengil va yorqin ko’rsatadi. Tonal kremni yuzni ichki qismidan tashqi qismiga qaratilgan harakatlar bilan surtish kerak.

To’g’ri keladigan haylayter tanlang

Haylayter bo'yash
Foto: riara.com.ua

Ushbu ajoyib kosmetika sizga yorqinlik beradi. Uni yanoq suyagining yuqori qismini, ko’zning ichki burchagida, yuqori labning burchaki qismiga va qoshlar ostidagi bo’shliq chizig’iga surtish kerak. Bundan tashqari issiq yoz kunlari, haylayterni tanaga surtib, jilo bersa bo’ladi.

Ideal makiyaj uchun qalin qoshlar

Qoshlar makiyaji
Foto: anna-key.ru

Hech narsa ayol yuzini chiroyli yuz shakliga mos qoshlar kabi bezamaydi. Qoshlarni bo’yash uchun eng qulay kosmetika bu — qoshlar uchun maxsus tenlar bo’lib, ular qo’pol chegaralarni qoldirmasdan tabiiy ko’rinadi. Qiya cho’tka bilan asta-sekin qosh sochlari orasidagi bo’shliqlarni to’ldirish kerak. Hozir urf bo’lgan qoshlar shakli — klassik shakl: tekis qoshlar biroz egilib, quloq tomon ketadi. Hozirda qoshlar arkasimon yarim oy ko’rinishida emas, tekis chiziqli bo’lishi kerak.

Yanoqlar uchun pushti-qizil rang — rumyana

Rumyana tanlash
Foto: beauty.ua

Yanoqlarning eng bo’rtib chiqqan qismiga pushti-qizil rang yumshoq cho’tka yordamida asta-sekin surtiladi. Rumyana uchun to’g’ri joyni tanlash uchun, ko’zguga qarab tabassum qiling. Yuzga sog’lom pushti-qizil rumyana tusini berishda kremli rumyanalar yordam beradi. Shuningdek, kosmetikangiz orasida rumyana yo’q bo’lsa va pardozingizni to’liq qilmoqchi bo’lsangiz, lab uchun bo’yogingizni yanoqlaringizga va lablaringizga surtsangiz bo’ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Yuzingiz parvarishiga jadval tayyorladik

Ko’zlarni chiroyli bo’yash

Ko'zlar makiyaji
Foto: takprosto.cc

Kundalik pardozda ko’zlarni bir vaqtning o’zida ochiq lekin yengil ko’rinishi uchun kipriklar qatori chizig’ini bo’yash va kirpiklarni tush bilan bo’yash kerak. Kiprik o’sishi bo’ylab suyuq layner bilan chiziq chizing. Strelka-chiziq va kirpiklar orasida hech qanday bo’shliq qolmasligi kerak. Agar qalam bilan strekla-chiziqni chizsangiz, cho’tka yordamida bir oz qalamni rastushovka qilish mumkin. Pardozning yakuniy qadami — tush.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan makiyaj usullari sizga yordam berishiga ishonamiz, usullaridan birini qo’llab ko’ring va biz bilan bo’lishing!

manba: marieclaire.ru

Ushbu maqola qanchalik foydali?

Baholash uchun yulduzchalardan birini bosing!

O'rtacha baho 1 / 5. Baholar soni: 1

Maqolaga hech kim baho qo'ymagan. Birinchi bo'lib siz baholang!

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


ico
Shifokor konsultatsiyasi

Tegishli maqolalar

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button