Pankreatit me’da osti bezi to‘qima hujayralarining yallig‘lanishi bo‘lib, uning o‘tkir va surunkali turi farqlanadi. Surunkali pankreatit mustaqil kasallik bo‘lmay, balki o‘tkir pankreatitning davomi yoki natijasi sifatida qarash mumkin. Ushbu maqolamiz orqali surunkali va o‘tkir pankreatit haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
Pankreatit turlari
O‘tkir pankreatit - oshqozon osti bezi to‘qimalarining o‘z fermentlari tasiri ostida "o‘z-o‘zini yemirishi" oqibatida yuzaga keladigan o‘tkir yallig‘lanish jarayonidir. Surunkali pankreatit esa mustaqil kasallik bo‘lmay, balki o‘tkir pankreatitning davomi va natijasi bo‘lgan bosqichi hisoblanadi. O‘tkir pankreatit bilan kasallanganlarning deyarli 70 % ini ayollar tashkil qiladi. Kasallik, ayniqsa, 50-70 yosh ayollarda ko‘proq kuzatiladi. So‘nggi o‘n yilliklarda surunkali pankreatit bilan og‘rigan bemorlar soni ham ortib bormoqda.O‘tkir pankreatit
O‘tkir pankreatit rivojlanish sabablari turli-tuman bo‘lib, barcha etiologik omillar zamirida bezning normal faoliyatining buzilishi yotadi. Bunda oshqozon osti bezi ishlab chiqarayotgan, ovqat hazmlanishi uchun zarur bo‘lgan fermentlar o‘n ikki barmoqli ichakka tushmay qoladi va o‘z-o‘zini yemira boshlaydi. Shuningdek, ajralayotgan ferment va zaharli moddalar qonga tushib, boshqa a’zolarga ham zarar yetqazishi mumkin. Shuni ham unutmaslik kerakki, oshqozon osti bezi qondagi qand moddasi miqdori oshib ketmasligi uchun mas’ul bo‘lgan gormon - insulinni ishlab chiqaradi.O‘tkir pankreatit sabablari:
- O‘t pufagi va o‘t yo‘llari kasalliklari;
- Surunkali alkogolizm va politoksikomaniya
- Oshqozon osti bezining jarohatlari;
- Infeksion kasalliklarning bir qancha turlari (gepatit, parotit)
- Bez yo‘lining toshlar yoki o‘sma hujayralari bilan bekilib qolishi;
- Me’da osti bezida qon aylanishining buzlishi (tromboz, emboliya, qon tomirlar bog‘lanishi);
- Uzoq muddat gormonal preparatlarni qabul qilish;
- Sistemali qizil yugurigi, revmatoid artrit kasalliklari oqibati;
- Ovqatlanish tartibini buzish;
O‘tkir pankreatit simptomlari
Kasallik aksar hollarda to‘sh osti sohasida sohasida va chap qovurg‘alar ostida og‘irlik sezgisi hamda og‘riq, kekirish, qorinning o‘rta darajada dam bo‘lishi kabi buzilishlardan keyin boshlanadi. Og‘riq o‘tkir pankreatitning asosiy va doimiy belgisidir. Og‘riq bemorda to‘satdan paydo bo‘ladi. Xarakteriga ko‘ra og‘riq juda kuchli, simmillovchi, kamroq vaqt davomida tutadi. Og‘riq shu darajada kuchli bo‘ladiki, hattoki, bemor hushidan ketib qolishi ham mumkin. Og‘riq ko‘pincha belbog‘simon ko‘rinishda bo‘lib, yelkalar ustiga, to‘sh suyagi orqasiga o‘tadi. Buni ba'zida bemor ham shifokor ham miokard infarti deb yanglishishi mumkin. Bemor qorni tobora shishib boradi, ich kelmaslgi va yel chiqmasligi kuzatiladi. Kasallik rivojlangani sari tana harorati ham ko‘tarilishi mumkin. Aksariyat hollarda bemorda sariqlik holati kuzatilib, o‘t suyuqligining normal oqishining buzilishi va jigardagi og‘ir zaharlanish holatidan dalolat beradi.Kasallikni davolash
O‘tkir pankreatitni davolash shifokor tomonidan kasallikning darajasiga, bu kasallik bilan birga kelgan hamroh kasallik bor yoki yo‘qligiga, bemorning umumiy ahvoliga va boshqa ko‘plab jihatlarga qarab tayinlanadi. Davolash konservativ va operativ usullar orqali amalga oshiriladi.O‘tkir pankreatit asoratlari
- Shok;
- O‘tkir yurak yetishmovchiligi;
- Peritonit;
- Hazm tizimi a'zolaridan qon ketishi;
- O‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
O‘tkir pankreatit profilaktikasi
- Spirtli ichimliklar ichmaslik;
- To‘g‘ri ovqatlanish;
- Ruhiy zo‘riqishlardan chetlashish zarur.
- Guruchli - oshqozon devorini o‘rab, og‘riqni kamaytiradi, organizmdan zararli moddalarni tez chiqaradi.
- Grechixali - yurak va qon tomirlariga quvvat bo‘ladi.
- Bug‘doy (manniy) yormali - oshqozonni zo‘riqtirmagan holda to‘ydiradi.
- Suli yormali - qonda qand miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
- Qatiq, tvorog, zardoblar.
- Mevali murabbo, kompot, na’matak yoki qora zirkdan tayyorlangan damlamalar.
- Yog‘li, qovurilgan taomlar (palov, qovurilgan tovuq, qazi-qarta,yog‘li go‘sht, qo‘y go‘shti)
- Yog‘li qaynatmalar, o‘tkir va achchiq ta’mli salatlar, ketchup va mayonezlar, tuzlamalar.
- Kolbasa, sosiska, kalla-pocha mahsulotlari.
- Yong‘oq, pista, dukkaklilar (mosh, loviya, no‘xat).
- Yangi pishgan non, shirinliklar.
- Gazli ichimliklar, qahva, qora choy, spirtli ichimliklar.
- O‘tkir hidli ziravorlar va ko‘katlar,nordon ta’mli mevalar.
- Sabzavotlardan(turp, rediska, sholg‘om).
O‘xshash maqola: Pankreatit — oshqozon osti bezi kasalligi
© Urazbayev Mansur. Maqolani tayyorlashda tibbiy adabiyotlardan foydalanildi. Avitsenna.uz
Ushbu maqolani ham o'qing:
Qabziyatni uy sharoitida qanday qilib bartaraf qilish mumkin?