2.5
(2)

Homiladorlik davrida bolaning rivojlanishi jaddal ravishda davom etishi tufayli bu davr o‘ta muhim hisoblanadi. Shuning uchun homiladorlik davri yaxshi kechib, bolaning salomatligiga zarar yetkazmaslik uchun ba’zi maslahatlarga amal qilish foydadan xoli bo‘lmaydi.

Shifokor konsultatsiyasi

Diagnostika

Ginekolog huzurida muntazam ravishda bo‘lish

Ba’zilar homiladorlikning ilk oylarida shifokorga bormay yuradilar. Bu noto‘g‘ri, chunki aynan ilk davr (1 trimestr)da bolaning deyarli barcha tana a’zolari shakllanishni boshlaydi, bunda onaning salomatligi, xususan gormonal holati muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun homiladorlik aniqlangach, ginekolog huzurida kerakli analizlar topshirib tekshiruvlardan o‘tish lozim.

Toza havo bilan nafas olish

Sigaret va yong‘in tutuni homilador ayol organizmi uchun va o‘sayotgan homila salomatligi uchun xavflidir. Aylanish uchun imkon boricha park, o‘rmon va mashina kam bo‘lgan boshqa joylarni tanlash tavsiya etiladi.

Suvsizlanmaslik

Homilador ayol keraklikcha suyuqlik iste’mol qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mineral yoki filtrlangan suv, ko‘k choy va qaynagan sovutilgan suvni kun mobaynida ichish kerakligi haqida unutmaslik kerak. Shirali va gazlangan ichimliklardan homiladorlik davri davomida voz kechgan ma’qul.

To‘g‘ri va foydali ovqatlanish

Kalsiy, temir va foliya kislotasiga boy mahsulotardan ko‘proq iste’mol qilish. Bug‘doy va danaklarning ham foydasi katta. Go‘shtdagi yog‘larni iste’mol qilmaslik kerak.

Toksin(zahar)lardan xoli bo‘lish

Uy tozalash vositalari, poroshok, chivin va hashoratlarga qarshi vositalar toksinlarga boy bo‘ladi. Imkon boricha ularning o‘rniga zararsiz vositalardan (masalan, soda) foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bo‘yoqlar, o‘gitlar va o‘simliklar dorivorlari homilador ayol va homila salomatligiga zarar keltirishi mumkin. Undan tashqari ba’zi kosmetika vositalari ham kuchli kimyoviy moddalardan tashkil topgan bo‘ladi. Masalan, soch bo‘yoqlarining homilaga zarar keltirishi mumkinligi haqida ilmiy tadqiqotlar mavjud. Shuning uchun homilador kimyoviy vositalardan foydalanayotganda nihoyatda ehtiyot bo‘lishi yoki umuman foydalanmasligi tavsiya etiladi. Ularning o‘rniga tabiiy vositalarni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Ayol go‘zalligi

Uzbaby.uz

Avitsenna.uz saytida mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin: