Homiladorlik davrida kandidoz kasalligi homilador bo‘lmagan ayollardan ko‘ra 2 3 barobar ko‘proq uchraydi. Bunga sabab homiladorlik davrida qindagi kimyoviy muhit bakteriya uchun qulay bo‘lib qolishi, immunitetning pasayishi va ona organizmidagi gormonal o‘zgarishlardir.
Kandidoz ( molochnitsa ) alomatlari:
- tashqi jinsiy organlarda qattiq qichishish (ayniqsa uyqu payti va suv tekkanda qichishish kuchayadi);
- qindan oq rangli, tvorogsimon suyuqlik ajralishi;
- jinsiy aloqa davomida og‘riq;
- siyish davomida og‘riq.
Homiladorlik davomida kandidozni davolash:
Odatda vrach kandidoz kasalligi onaga homiladorlik davomida jiddiy qiyinchilik keltirmayotgan bo‘lsa, davolamaydi. Lekin tug‘ishdan oldin qinni barcha infeksiyalardan holi qilish shart. Chunki bola onaning jinsiy organlaridan o‘tayotganda, u yerdagi mavjud infeksiyalarni o‘ziga yuqtirib olishi mumkin. [su_quote]Davolash usulini shifokorning o‘zi homilador ayolning organizmiga va kasallik darajasiga qarab belgilaydi. Uy sharoitida, reklama qilinadigan dorilar bilan o‘z holicha davolanish mumkin emas.[/su_quote] Agar kandidoz homiladolikning boshida namoyon bo‘lsa (dori ichish mumkin bo‘lmagan davr) u holda kasallik simptomlarini yengillashtirish uchun oddiy brilliant yashili (zelyonka)dan foydalanish mumkin. Buning uchun toza dokadan tampon qilib, brilliant yashiliga botirib, qin devorlarini va tashqi jinsiy organlarni artib chiqish lozim. Undan tashqari, iloji boricha shirin, achchiq va xamirli yeguliklarni kamaytirib, ko‘proq qatiq va qatiqdan tayyorlangan yeguliklardan iste’mol qilganingiz ma’qul bo‘ladi. Homilador ayollar uchun immunitetni oshiruvchi maxsus polivitaminlarni ham shifokor bilan maslahatlashgan holda qabul qilishingiz foydadan holi bo‘lmaydi.© Uzbaby.uz nashri.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Skolioz bo‘lgan qiz homilador bo‘la oladimi?