Frontit – peshona boʻshligʻi shilliq qavatining yalligʻlanishi. Kasallikning asosiy belgisi qoshlar usti sohasida ogʻriq, uning chakka, tepa sohalariga tarqalishi, burundan shilliq oqishi yoki ekssudat kelishi, intoksikatsion sindrom, hid bilishning pasayishi hisoblanadi. Diagnostika anamnez yigʻish, umumiy koʻrik, rinoskopiya, rentgenografiya yoki KT, boʻshliq endoskopiyasi tekshiruvlari asosida qoʻyiladi. Frontit kasalligini davolashda antibakterial davo, dezintoksikatsion muolajalar, burun boʻshligʻi shilliq qavati anemizatsiyasi, peshona boʻshligʻini drenajlash va fizioterapevtik chora tadbirlardan iborat.

frontit

Frontit – keng tarqalgan otorinolaringologik kasallikdir. Boʻshliqlarda uchraydigan yalligʻlanish kasalliklarining 3-5 % ini tashkil etadi va sinuslarda (boʻshliqlarda) uchraydigan barcha kasalliklar ichida ikkinchi oʻrinni egallaydi. MDH davlatlari orasida har yili tahminan 1-1,3 mln. kishi ushbu kasallik bilan kasallanishi qayd etiladi. Kasallik asosan oʻtkir shaklda, kamdan kam, tahminan 2-5 % holatlarda kasallik surunkali koʻrinishda kechadi. Bemorlar asosan oʻrta yoshlarda – 16 dan 35 yoshgacha boʻlganlarni tashkil etadi. Kasallik koʻproq erkaklarda uchraydi.

Frontit kasalligi sabablari

Peshona boʻshligʻida oʻtkir yalligʻlanish kelib chiqishida OʻRVI kasalliklarining oʻrni katta, uni chaqiruvchilarga rinoviruslaradenoviruslarkoronaviruslar yoki nafas yoʻllari boshqa infeksiyalari kiradi. Kasallikning surunkali koʻrinishida infeksion omil sifatida bakteriyalarni keltirsa boʻladi, masalan kokklar oilasiga kiruvchi koʻpgina bakteriyalar (Staphylococcus aureusStreptococcus pneumoniae).

Kam hollarda kasallikka sabab pnevmokokk bakteriyalari, psevdo boʻgʻma (difteriya) qoʻzgʻatuvchisi, hamda patogen zamburugʻlar ham boʻlishi mumkin. Frontit rivojlanishida xavf omillariga quyidagilar kiradi: yuqori nafas yoʻllari kasalliklari – oʻtkir va surunkali rinitadenoidit, faringit, tonzillitgaymorittubootit va boshqa patogen mikroflora oʻchoqlari. Bundan tashqari, adenoidlar va yaxshi sifatli oʻsmalar ham boʻshliqni yopib qoʻyishi natijasida yalligʻlanish rivojlanishi ham mumkin.

Immun tanqis holatlar – frontit organizm reaktivligi pasaygan holatlarda ham rivojlanishi mumkin. Bunga sabab OITS, yomon sifatli oʻsma kasalliklari, antibiotiklardan uzoq muddat foydalanish, nur yoki sitostatik muolajalar, gemoblastoz, nasliy anomaliyalar, qandli diabet, gipotireoz, autoimmun kasalliklar boʻla oladi. Travmatik jarohatlar – peshona boʻshligʻi shilliq qavatlari yalligʻlanishida travmatik jarohat olish yoki jarrohlik amaliyotlari oqibatida boʻshliq yoʻli yopilib qolishi ham muhim rol oʻynaydi. Masalan burun toʻsigʻi qiyshiqligini toʻgʻirlash, suyak labirint deformatsiyasi va oʻrta quloq sohasida oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotlari.

Frontit patogenezi

Peshona boʻshligʻi yalligʻlanishida asosiy omil boʻshliqning normal ventilyatsiyasi buzilishidir, bunga sabab esa burun boʻshligʻi shilliq qavati shishi, burun toʻsigʻi deformatsiyasi yoki chiqaruv kanallarining berkilib qolishidir. Buning natijasida burun yoʻllari orqali havo normal aylanmaydi va shilliq bilan toʻlib boraveradi. Bu yoʻllardan esa qon tomirlar oʻtgan boʻlib, ular boʻshliqni qon bilan taʼminlaydi. Shish natijasida qon oqimi ham buziladi.

Boʻshliqda qolib ketgan kislorod shilliq qavatga soʻriladi va boʻshliqdagi parsial bosim pasayadi. Gipoksiya natijasida aerob glikoliz anaerob turiga oʻtadi va chala parchalangan mahsulotlar toʻplanadi. Bu esa kislotali muhitni yuzaga keltiradi va boʻshliq “drenaj” funksiyasini yanada pasaytiradi. Bu kabi jarayonlarning barchasi patogen mikroflora uchun qulay muhit yaratadi va yalligʻlanish jarayoni boshlanadi.

Frontit kasalligi klassifikatsiyasi

Peshona boʻshligʻi yalligʻlanishi oʻz navbatida yalligʻlanish reaksiyasi, morfologik oʻzgarishlar, patologiyaning davomiyligi va kasallikning faolligiga asoslanib tavsiflanadi. Kasallik klinik koʻrinishining oʻziga xosligiga qarab davo taktikasi qoʻllaniladi. Kasallikning quyidagi turlari farqlanadi:

  • Oʻtkir. Kasallik belgilari 12 hafta davomida saqlanib turadi. Toʻgʻri davo muolajalari qoʻllanilsa, patologiya butunlay tuzaladi, hech qanday asoratlar qolmaydi.
  • Qaytalanuvchi. Bunda kasallik belgilari 1 yil davomida kamida 1 yoki 4 marotaba takrorlansa, belgilarning xuruj qilish oraligʻi 2 oydan kam boʻlmagan holatlar kuzatiladi.
  • Surunkali. Kasallik belgilari davo muolajalari oʻtkazilganda ham 12 haftagacha saqlanib qoladi, bunda faqatgina operativ usul yordam bera oladi.

Frontit kasalligining morfologik oʻziga xosligiga qarab zamonaviy B. S. Preobrajenskiy boʻyicha klassifikatsiyasi farqlanadi:

  • Ekssudativ. Turli xil koʻrinishdagi ekssudat ajralishi bilan oʻziga xos (kataralseroz va yiringli).
  • Produktiv. Peshona boʻshligʻi shilliq qavati giperplastik jarayonlar bilan xarakterlanadi va quyidagi koʻrinishlarda namoyon boʻladi: boʻshliq devorining yupqalashishi, polipozkistoz.
  • Alternativ. Bunda boʻshliqda anatomik destruksiyalar kuzatiladi va quyidagicha boʻladi: kazeoznekrotikatrofik.
  • Aralash. Yuqorida sanab oʻtilgan klinik koʻrinishlar barchasi bir vaqtning oʻzida namoyon boʻladi (yiringli-polipozseroz-kataralseroz-polipozgiperplastik-polipoz va h.k).
  • Vazomotor va allergik. Kasallikning bu koʻrinishi allergik jarayonlar va vazomotor rinit bilan bogʻliq boʻladi.

Frontit belgilari

Kasallik klinik belgilari patologiyaning ogʻirlik darajasiga bogʻliqdir.

frontit kasalligi

Yengil darajada mahalliy oʻzgarishlar ustun boʻladi, yaʼni burun bilan nafas olish qiyinlashuvi, hid bilish buzilishi, peshona sohasidagi kuchsiz bosh ogʻrigʻi, burun yoʻllaridan shilliq ajralishi.

Ayrim bemorlar koʻzning medial burchagida diskomfort yoki oʻtkir sanchiqli ogʻriqga shikoyat qiladilar. Intiksikatsiya belgilari kuzatilmaydi. Kasallik belgilari 5 kungacha saqlanib qoladi, soʻngra OʻRVI belgilari bilan birgalikda yoʻqoladi.

Oʻrta ogʻir darajasi. Bunda ogʻriq qoshlarning ustida paydo boʻladi, ogʻriq xarakteri loʻqqilovchi, simillovchi boʻlishi mumkin. Ogʻriq koʻz olmasini harakatlantirganda, boshni pastga egganda kuchayadi. Bemor tongda uyqudan uygʻonganda ogʻriq yanada kuchayadi. Koʻpincha ogʻriq chakka sohasiga tarqaladi, “koʻz ortida” bosim hissi seziladi. Umumiy intoksikatsion belgilar namoyon boʻladi, tana harorati 38,0-39,0 oC gacha koʻtariladi, umumiy holsizlik, charchash, ishtahaning yoʻqolishi va uyquning buzilishi kuzatiladi.

Ogʻir darajasi. Kasallikning ushbu darajasida kuchli, baʼzida chidab boʻlmas darajadagi ogʻriq, intoksikatsion sindrom belgilari yaqqol namoyon boʻlishi, qovoqlarning shishi, peshona boʻshligʻi sohasidagi teri qoplamalarining qizarishi va shishi bilan namoyon boʻladi. Bemorlarda koʻpincha fotofobiya (yorugʻlikka qaray olmaslik), koʻz yosh ajralishi va koʻrish oʻtkirligining pasayishi ham kuzatiladi.

Kasallikning surunkali kechuvida remissiya davrida belgilar namoyon boʻlmaydi yoki kuchsiz yuzaga chiqadi. Xuruj qilish vaqtida esa peshona sohasida “qizish” hissi paydo boʻladi. Soʻngra toʻmtoq, simillovchi ogʻriq paydo boʻladi. Ogʻriq boshni pastga egganda, jismoniy zoʻriqishda kuchayadi, baʼzida pulsatsiya ham berishi mumkin. Intoksikatsion sindrom belgilari kuchsiz yuzaga chiqadi.

Kasallik asoratlari

Kasallikning asoratlari notoʻgʻri davo muolajalari oʻtkazilishi yoki oʻz vaqtida boshlanmaganligiga bogʻliq. Koʻpincha infeksiya burun boʻshligʻi koʻchib oʻtishi natijasida gaymoritetmoiditsfenoidit rivojlanishi mumkin. Peshona boʻshligʻi pastki devori destruksiyasi natijasida patologiya koʻz kosasiga oʻtishi va qovoqlar flegmonasiabsses, koʻz kosasi osteoperiostit rivojlanishi mumkin. Patologiya oʻz vaqtida davolanmasa, koʻz nervi ishemiyasi rivojlanishi va koʻrish qobiliyati bilan bogʻliq boʻlgan jiddiy oʻzgarishlarga, hatto butunlay koʻrlikka ham sabab boʻlishi mumkin.

Peshona boʻshligʻining orqa yoki yuqori devori zararlanishi oqibatida bosh miya asoratlari shakllanadi, masalan araxnoidit, meningit, ensefalit, bosh miya toʻqimalari absessivenoz sinuslar trombozi. Ogʻir koʻrinishlarida mikroorganizmlarning qonga tarqalishi, sepsis, turli aʼzolarda infeksion oʻchoqlar paydo boʻlishiga olib keladi. Bu kabi asoratlarning barchasi inson hayoti uchun xavfli boʻlib, zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatilishini talab etadi, bemor reanimatsiya boʻlimida davolanadi.

Frontit kasalligini tashxislash

Kasallik diagnozi anamezfizikal tekshiruvlar, umumiy laborator analizlarga asoslangan holda aniqlanadi. Bemordan anamnez yigʻilayotganda uning shikoyatlari, oʻtkazgan jarohatlari, peshona yoki burun sohasida oʻtkazilgan operativ jarohatlar ham eʼtiborga olinadi.

Fizikal koʻruv. Viziual koʻruvda qoshlar osti sohasida giperemiya, shish aniqlanishi mumkin. Shu soha palpatsiya qilinganda yoki bosib koʻrilganda ogʻriq hissi seziladi. Boshni pastga egganda burundan suyuqlik oqishi koʻpayadi va ogʻriq kuchayadi.

Rinoskopiya. Burun boʻshligʻini tekshirib koʻrganimizda “yiringli plastinkalar”ni yaqqol koʻrishimiz mumkin, koʻrinib turgan shilliq qavat biroz shishgan va giperemiyalashgan holda koʻrinadi.

Burun boʻshligʻi va peshona boʻshligʻi sohalari rentgenografiyasi. Kasallikni tashxislashda eng muhim boʻlgan tekshiruv hisoblanib, bunda burun boʻshligʻi va peshona boʻshligʻi old, yon va orqa proyeksiyalarda rentgemografiya qilinadi.

Frontit kasalligi belgilari rentgenogrammada – boʻshliqning qoralashuvi, boʻshliq konturlari xira boʻlishi, suyak devorlaridagi deformatsiyalar holida koʻrinadi.

Kompyuter tomografiyasi. Rentgenologik tekshiruv kerakli maʼlumotlar bermaganda oʻtkaziladigan tekshirish usulidir. Ayniqsa, frontit asoratlari sifatida rivojlanuvchi – orbital va intrakranial yalligʻlanishlarni aniq koʻrsatib beruvchi usuldir.

Peshona boʻshligʻi endoskopik tekshiruvi. Kasallikni aniq tashxislay olamagan holatlarda, peshona sohasidagi boshqa kasalliklar bilan differensial diagnostika oʻtkazish maqsadida peshona boʻshligʻi endoskop yordamida vizual koʻriladi.

Bakteriologik tekshiruv. Umumiy taʼsir etuvchi antibiotiklarning natijasi boʻlmagan holatlarda, burun boʻshligʻi suyuqligidan surtma olinadi va uni oziqaviy muhitda oʻstirilib maxsus bakteriya aniqlanadi. Aniq boʻlgan mikroblarga qarshi taʼsir etuvchi antibiotiklar tanlab olishda keng foydalaniladi.

Frontit davosi

Oʻrta ogʻirlikdagi va ogʻir darajali frontit kasalligi – shifoxonalarda otolaringologiya boʻlimida davolanadi. Yengil darajali frontit ambulator sharoitda ham davolansa boʻladi. Davo muolajalari asosan – boʻshliq drenaji va aeratsiyasi, patologik massasi yoʻqotish va asoratlarni oldini olishga qaratiladi. Davo muolajalari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Medikomentoz davo. Bunda asosan antibiotik davo, yalligʻlanishga qarshi antigistamin va gormon preparatlari, mahalliy antiseptiklar hamda vitamin komplekslari qoʻllaniladi. Antibiotiklarni tanlashda mikroorganizmlarning antibiotiklarga boʻlgan sezuvchanligini inobatga olinishi zarur. Intoksikatsiyalarni davolash uchun infuzion davo oʻtkaziladi.

Operativ davo. Boʻshliqni zondlash, boʻshliq trepanopunksiyasi oʻtkazish yoʻli bilan olib boriladi.

Fizioterapevtik, konservativ davo muolajalari. Elektroforezfonoforez yordamida antibiotiklar, mahalliy antiseptiklar va gormonal preparatlar yuboriladi. Bemorlarga burun boʻshligʻini tuzli suv yoki antiseptik vositalar bilan yuvib turish buyuriladi.

Frontit oqibati va profilaktikasi

Kasallikning erta davrlarida tashxislash va toʻgʻri davo choralarini qoʻllash natijasida kasallik oqibati – ijobiydir, asoratlar bergan holatlarda esa kasallik oqibati – shubhali. Frontit kasalligini maxsus profilaktikasi hozirgi kunda mavjud emas, kasallikni oldini olish uchun rinitsinusit va nafas yoʻllarining boshqa kasalliklari, OʻRVI, tugʻma nuqsonlarni bartaraf etish, organizm immun tizimini ragʻbatlantirish va yuz-peshona sohalarini turli xil jarohatlardan himoya qilish kerak boʻlladi.

Burundagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Otrivindir.

Otrivin bu – burun bo'shlig'iga purkaydigan tomirlar toraytiruvchi dori vositasi (sprey va tomchi shaklida mavjud)

1 ml Eritma tarkibida: faol modda: ksilometazolin gidroxloridi 1 mg. Yordamchi moddalar: natriy fosfat monobazik dihidrat, natriy fosfat ikki asosli o'n ikki suvli, natriy xlorid, dinatriy edetat, benzalkonium xlorid, metilgidroksipropil tsellyuloza 4000 mPa.S, sorbitol 70%.tozalangan suv

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi -https://apteka.uz/uz/product/otrivin

Nafas yo'li yallig’lanishida keng qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Ksilometazolin,Rinostop,Galazolin,Nosilin,Rinokta,Ksilofakt va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.