Ayollar va erkaklardagi bosh aylanishni ilmiy tilda «vertigo» deb ataladi. Bosh aylanishini his qilmagan odam, ayniqsa ayollar bo‘lmasa kerak. Kimlardadir u jiddiy patologiya oqibati hisoblansa, kimlardadir oddiy charchoq hisobiga kelib chiqadi. Har qanday holatda ham bosh aylanishi bir soatdan ortiq davom etsa va tez-tez qaytalanib tursa nevropatolog maslahatiga borish kerak. ayollarda bosh aylanishi

Bosh aylanishi sabablari

  • Ayollar emotsional jihatidan labil (xissiyotli) bo‘lgani uchun turli stresslar va psixik zo‘riqishlar natijasida rivojlanadi;
  • Ozish maqsadida diyeta qilish natijasida qonda temir miqdorining kamayishi va kamqonlik hisobiga;
  • Hayz siklini cho‘zilishi va arterial qon bosimini pasayishi;
  • Vegetativ qon tomir distoniyasi natijasida qon harakati buzilishi;
  • Homiladorlik hisobiga organizmni gormonal qayta qurilishi (toksikoz, gormonal disbalans, bachadon kattalashuvi va bosh miya gipoksiyasi);

Qanday holatda vrachga murojaat qilish kerak?

  • Bosh aylanishi hushsizlik yoki muvozanatni buzilishiga olib kelsa;
  • Bosh aylanishi qandli diabet va arterial qon bosimi ortadigan bemorlarda kuzatilsa;
  • Umumiy holsizlik va bosh og‘rishi bilan kechsa;
  • Tana haroratini ortishi va qusish bilan kechsa;
  • Quloqlarda shovqin va ko‘ruv hissini xiralashuvi kuzatilsa.

Bosh aylanishi diagnostikasi va davolash

  • Ayollarda bosh aylanishini nevrolog davolaydi;
  • Bosh aylanishi sababini aniqlash uchun magnit rezonansli tomografiya (MRT), ultratovushli tekshiruv (UTT), rentgen diagnostikasi va qonning biokimyoviy laborator tahlillari o‘tkaziladi.
  • Bosh aylanishini davolash maqsadida mustaqil ravishda o‘zboshimchalik bilan dorilar ichish ma’n qilinadi.
  • Homiladorlarda bosh aylanishi dorilar bilan davolanmaydi, balki tabobat usullari yordamida ayolning umumiy holati yaxshilanadi.
Agar Sizda birdaniga kuchli bosh aylanishi kuzatilsa boshga qon aylanishini ko‘paytirish uchun yostiqsiz karovotga yoting. Agar bosh aylanishi uydan tashqarida kuzatilsa – tayangani joy topib, keskin harakatlar qilmasdan ko‘zlaringizni biroz yumib turing. Va shifokorga murojaat qiling. Quyidagi maqolalarni ham o‘qishingizni tavsiya etamiz: Bosh aylanishi. Qanday holatlar yoxud kasalliklar alomati?

© Gepamed.uz