Ayollar va erkaklardagi bosh aylanishni ilmiy tilda «vertigo» deb ataladi. Bosh aylanishini his qilmagan odam, ayniqsa ayollar bo‘lmasa kerak. Kimlardadir u jiddiy patologiya oqibati hisoblansa, kimlardadir oddiy charchoq hisobiga kelib chiqadi. Har qanday holatda ham bosh aylanishi bir soatdan ortiq davom etsa va tez-tez qaytalanib tursa nevropatolog maslahatiga borish kerak.
Bosh aylanishi sabablari
- Ayollar emotsional jihatidan labil (xissiyotli) bo‘lgani uchun turli stresslar va psixik zo‘riqishlar natijasida rivojlanadi;
- Ozish maqsadida diyeta qilish natijasida qonda temir miqdorining kamayishi va kamqonlik hisobiga;
- Hayz siklini cho‘zilishi va arterial qon bosimini pasayishi;
- Vegetativ qon tomir distoniyasi natijasida qon harakati buzilishi;
- Homiladorlik hisobiga organizmni gormonal qayta qurilishi (toksikoz, gormonal disbalans, bachadon kattalashuvi va bosh miya gipoksiyasi);
Qanday holatda vrachga murojaat qilish kerak?
- Bosh aylanishi hushsizlik yoki muvozanatni buzilishiga olib kelsa;
- Bosh aylanishi qandli diabet va arterial qon bosimi ortadigan bemorlarda kuzatilsa;
- Umumiy holsizlik va bosh og‘rishi bilan kechsa;
- Tana haroratini ortishi va qusish bilan kechsa;
- Quloqlarda shovqin va ko‘ruv hissini xiralashuvi kuzatilsa.
Bosh aylanishi diagnostikasi va davolash
- Ayollarda bosh aylanishini nevrolog davolaydi;
- Bosh aylanishi sababini aniqlash uchun magnit rezonansli tomografiya (MRT), ultratovushli tekshiruv (UTT), rentgen diagnostikasi va qonning biokimyoviy laborator tahlillari o‘tkaziladi.
- Bosh aylanishini davolash maqsadida mustaqil ravishda o‘zboshimchalik bilan dorilar ichish ma’n qilinadi.
- Homiladorlarda bosh aylanishi dorilar bilan davolanmaydi, balki tabobat usullari yordamida ayolning umumiy holati yaxshilanadi.
© Gepamed.uz
Ushbu maqolani ham o'qing:
Skolioz bo‘lgan qiz homilador bo‘la oladimi?