Qin disbakteriozi

Bakterial vaginoz kasalligining asosiy muammosi uning aksariyat hollarda yaqqol ko‘rinmaydigan alomatlar bilan kechishidir. Biroq, hidli jigarrang ajralmalarning ko‘plab kelishi bilan bog‘liq noqulayliklar, bu holatning jinsiy aloqadan keyin kuchayishi ko‘pgina mijozlarni shifokor ko‘rigiga borishga majbur qiladi.

Bakterial vaginoz (yoki qin disbakteriozi) tanosil va yallig‘lanish xastaliklariga kirmaydi. «Bakterial» degan iboraning o‘zi qin ajralmalarida ko‘p miqdorda «keraksiz» bakteriyalarning borligini ko‘rsatadi. «Vaginoz» so‘zi esa yallig‘lanish alomatlari yo‘qligidan so‘zlaydi.

Boshqa foydali achitqi bakteriyalariga keladigan bo‘lsak, ular qinda nordon muvozanat hosil qilib, begona mikrofloradan himoya qiladi va bakterial vaginozda ularning miqdori kamayib ketadi. Qindagi nordonlik darajasi kamayar ekan, foydali bakteriyalar o‘rniga turli noxushliklar keltirib chiqaradigan, ayniqsa immunitet past bo‘lganda kasallik chaqiruvchi bakteriyalar ko‘payib ketadi.

Darvoqe, kasallikni biron-bir bakteriya emas balki, me’yoriy mikroflora va kasallikka sabab bo‘ladigan zararli bakteriya o‘rtasidagi mutanosiblikning buzilishi keltirib chiqaradi. Shu sababli vaginoz yuqumli kasallik sirasiga kirmaydi va jinsiy yo‘l bilan yuqmaydi. Me’yoriy holatda qin ichki jinsiy a’zolarni tashqi ta’sirlardan himoya qiladi. Shunday ekan davolanish birinchi navbatda eubiotiklar (me’yoriy laktofloraga ega bo‘lgan preparatlar) yordamida qindagi me’yoriy mikroflorani tiklashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Hozirda kompleks ta’sirga ega dorilar mavjud bo‘lib, ba’zi vaziyatlarda antibakterial terapiyadan qochish imkonini beradi.

Ayrim holatlarda kasallik chaqiruvchi bakteriyalar bilan kurashishda antibakterial preparatlar qo‘llaniladi. Bunda mahalliy terapiya ma’qul hisoblanadi, ammo ba’zida tabletka shaklidagi antibiotiklar belgilanadi (homiladorlikda antibiotiklar qo‘llanilmaydi). Antibakterial terapiyani faqat shifokor belgilaydi. Bu davolanishning samaradorligini oshirishga, asoratlar bo‘lmasligiga va ortiqcha sarf-xarajatdan saqlanish imkonini beradi. Antibakterial vositalardan tartibsiz foydalanish oqibatida bakterial vaginozning davolanishdan bir oy keyin takrorlanish chastotasi 30 foizni, 9 oydan keyin esa 80 foizni tashkil qiladi.

Bakterial vaginozni davolashning asosiy tamoyili qindan ajralmalar kelishini to‘xtatish va qin surtmasini me’yoriga keltirish hisoblanadi.

Ma’lumki, kasallikni davolagandan ko‘ra uning oldini olgan ma’qul. Shu sababli bakterial vaginoz profilaktikasida jinsiy va gigiyena qoidalariga rioya qilish hamda antibiotiklarni tartib bilan qo‘llash zarur bo‘ladi. Masalan, betartib jinsiy hayot bilan yashaydigan ayollarda bakterial vaginoz ko‘p uchraydi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Uy sharoitida tirnoqlarni parvarishlash

Tibbiyot xodimining to‘g‘ri tashhisi qin surtmasi va qin ekmasi natijalariga asoslangan bo‘ladi. Bunda kasallik qo‘zg‘atuvchilarning miqdorini va ularning antibiotiklarga ta’sirchanligini aniqlash muhimdir. Agar vaginoz tashhisi tasdiqlansa kasallikni albatta davolash kerak.

Xastalikka olib keluvchi sabablar:

  • Zamonaviy hayot tarzi organizmni odatdagidan ancha tezroq ishlashga majburlaydi va jinsiy a’zolar tizimi ham bundan mustasno emas.
  • Intensiv jinsiy hayot.
  • Jinsiy sherikni tez-tez o‘zgartirish.
  • Tampon va prokladkalardan foydalanish, sintetik ich kiyimlarni kiyish, qinni chayish.
  • Keng ta’sir doirasiga ega antibiotiklarni ichish.
  • Stress.

© Zulxumor QUTLIYEVA, oliy toifali shifokor.
«Salomatlik sandig‘i» gazetasi.


Hayz siklingizni nazorat qilishni istaysizmi? Homiladorlik uchun unumdor kunlarni bilib, homiladorlikni rejalashtirishni istaysizmi? Unda “Lalu — ayollar kundaligi” mobil ilovasini bepul yuklab oling!

Ilova sizga hayz siklingiz xarakterini tushunib, uni kuzatib borishingizda, ovulyatsiya kunini aniqlashda, homiladorlikni rejalashtirishingizda yordam beradi.
Bundan tashqari, ilova orqali hayz oldi sindromi haqida bildirishnoma olish, sikl buzilishi, fertil kunlar kabi holatlarni prognozlash va kuzatib borish, ginekologiya sohasiga oid maʼlumotlar olish imkoniyati mavjud.

Hoziroq bepul yuklab oling

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Yuklanmoqda...

Tegishli maqolalar

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button