Qora zira — uyqusizlikka qarshi vosita

Immunitetni mustahkamlash, buyrak va o‘t pufagida toshlarni maydalash uchun

0,5 stakan maydalangan qora zira, 1 stakan asal, 0,5 stakan maydalangan zanjabil ildizi (yoki sarimsoq)ni aralashtirib, ertalab nahorga 1 choy qoshiqdan ichiladi.

Oshqozon-ichak yo‘li kasalliklarida

3 osh qoshiq maydalangan qora zira, 2 osh qoshiq maydalangan qizilmiya ildizi, 1 osh qoshiq maydalangan arpabodiyon (anis) urug‘ini aralashtirib, choy kabi damlang. Ta’bga ko‘ra asal qo‘shish mumkin.

Uyqusizlik, nevroz, stressda

1 choy qoshiq maydalangan qora zira urug‘iga bir stakan issiq sut quyib, 30 daqiqa dam yediring. Uyquga yotishdan oldin qultumlab ichasiz.

© Tib.uz nashri.

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Tegishli maqolalar

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button