Biz ayollar tashqi ko‘rinishimizdan kamchilik topishga usta bo‘lamiz. Kipriklarim kalta, lablarim yetarlicha qizilmas... Yuzdagi tuklar ham mana shunday kompsleklarimiz sirasiga kiradi. Hatto, ko‘pchilik ularni terdirish kerak degan qarorga kelib, terining tabiiy himoya qatlamidan xalos bo‘lishga qat’iy kirishganlar. Biz esa o‘ylanib qoldik, yuzdagi tuklar aslida ham shu qadar katta muammomi? Bu haqda kosmetolog Mahbuba MAMANOVA bilan "Sug‘diyona" gazetasi muxbiri Saodat suhbatlashib, ma’lumot tayyorladi. Quyida shu maqolani batafsil o‘qishingiz mumkin.
«Voy, soqolga aylanadimi?»
Aslida, har bir insonning terisini mayda, ko‘z ilg‘amas tukchalar qoplab olgan. Yuz ham bundan mustasno emas. Ular yuzning nozik terisini chang, quyosh nurlari kabi tashqi ta’sirlardan himoyalab turadi. Ammo buni tushunmagan ko‘pchilik ayollar o‘z himoyachilariga «xujum»ga o‘tadilar. Chunki, bu qarorlari teriga ziyon yetkazishi mumkinligi haqida o‘ylamaydilar. Qanday qilib deysizmi? Hammasi oddiy, muntazam ravishda yuzdagi tuklarni terish teri ostidagi keratin qavatiga ziyon yetkazadi. Natijada xizmatini o‘tab bo‘lgan xujayralar tushib ketmaydi va teri dag‘allashib qoladi. Yuzdagi tuklar ham qattiq va to‘q rangli bo‘lib chiqa boshlaydi. Oxir-oqibat terish amaliyotini muntazam o‘tkazib turishga majbur bo‘lasiz. Vaziyat murakkablashmasidanoq muammolarning oldini olganingiz ma’qul.Mutaxassisga murojaat qiling
Agar yuzdagi tuklar ko‘p miqdorda va to‘q rangda chiqayotgan bo‘lsa-chi? Ko‘pincha bu holat labning ustida mo‘ylov tarzida uchraydi. Agar bu hol siz va yaqinlaringizni tashvishga solayotgan bo‘lsa, albatta, endokrinolog shifokorga murojaat qilishingiz lozim. Chunki, odatda organizmda gormonlar muvozanatining buzilishi shu turdagi muammolarni keltirib chiqaradi.Teriga ziyon yetqazadi
Ayollar o‘rtasida yuzdagi tuklardan ip yoki vosk yordamida xalos bo‘lish keng tarqalgan usullardan hisoblanadi. Agar ip bilan terib tashlamoqchi bo‘lsangiz, bilingki, mexanik ta’sir natijasida teringizda ziyon yetishi, natijada qizarish, qichishish va yallig‘lanish asoratida paydo bo‘ladigan husnbuzarlar paydo bo‘lishi mumkin. Buning oldini olish uchun amaliyotdan avval terini antiseptik vosita yoki oddiy furatsilin eritmasi bilan tozalab olish talab etiladi. Tuklardan xalos bo‘lgach esa tinchlantiruvchi niqoblar va kremlardan foydalanish lozim. Dorixonalarda sotiladigan chaqaloqlarning nozik terisi uchun mo‘ljallangan kremlar ayni muddao. Ikkinchi usul – vosk yordamida tuklarni olib tashlash yozning quyoshli kunlarida aslo tavsiya etilmaydi. Bu amaliyotdan keyin terining melonin qavati ochilib qoladi. Bu esa quyosh nurlari ta’sirida yuz terisida pigment dog‘lar paydo bo‘lishiga olib keladi. Agar teriga ziyon yetishining oldini olishni istasangiz, bu amaliyotni kechki payt bajaring.Lazer yordamidachi?
Lazerli epilyatsiya ham bugungi kunda keng qo‘llaniladigan usullardan biri hisoblanadi. Ammo bizning quyoshli kunlarimizda bu usulning teriga foydasidan ko‘ra zyoni ko‘proq. Shuning uchun yozning jazirama kunlarida unga murojaat etish tavsiya etilmaydi.Mavzuga aloqador maqolalar:
Ushbu maqolani ham o'qing:
Skolioz bo‘lgan qiz homilador bo‘la oladimi?