Qadim zamonlardayoq ichki a’zolar faoliyatining buzilishi va teridagi toshmalar orasidagi bog‘liqlik aniqlangan. yuzdagi toshmalar

Peshona

Peshonadagi har qanday toshmalar asab tizimi faoliyatining muammolari, shuningdek hazm qilish a’zolarining, ayniqsa jigar va o‘t pufagi faoliyatining buzilishi oqibatida paydo bo‘ladi. Ortiqcha shirinliklar, yog‘li va kimyoviy qo‘shimchalarga boy taomlarni iste’mol qilishdan voz keching, o‘z vaqtida dam olishga harakat qiling.

Qoshlar o‘rtasidagi soha

Toshmalar asablar tarangligi va eng muhim ehtiyojlaringiz haqida unutganingizdan darak beradi. Albatta sokinlashtiruvchi o‘tli vannalar kursini qabul qiling, yaxshi musiqa tinglang, tabiat qo‘ynida dam oling.

Yonoqlar

Yonoqlardagi toshmalar chekishni tashlash va o‘pka faoliyatiga e’tibor qaratish kerakligidan darak beradi. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullaning, shuningdek ichaklaringiz faoliyatiga e’tibor bering, balki uni davolash kerakdir.

Burun

Burun ustidagi toshmalar yurakdagi yoki qon bosimi muammolaridan darak beradi. Shifokorga ko‘rining, shuningdek qahva va spirtli ichimliklar ichishni to‘xtating. Ko‘proq tomirlar holatini yaxshilovchi oziq-ovqatlar: yong‘oqlar, zaytun yog‘i, achchiq shokolad va baliq iste’mol qiling.

Lablar

Bu sohadagi yallig‘lanish ichaklar disbakteriozidan, lablarning qonsizligi esa anemiyadan darak beradi. Ko‘proq ko‘katlar, yong‘oqlar va achitilgan sut mahsulotlarini iste’mol qiling.

Iyak

Iyakdagi toshmalar organizmdagi gormonlar muvozanatining buzilganini bildiradi. Malakali endokrinolog, ginekolog yoki androlog yordamidan foydalaning. Uyqu rejimiga amal qiling, qahva va choy o‘rniga toza suv iching.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Husnbuzar turlari va ularni yo‘qotish usullari

© Zdorovie.com / Daryo.uz