5
(1)

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) kasallikning yanada oshishini prognoz qilmoqda, u o‘z ichiga aholi keksayishini, turmush tarzining xususiyatlarini va noinfeksion kasalliklar ulushi oshishini kirituvchi demografik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishidan kelib chiqqan. JSST mutaxassislarining fikriga ko‘ra, xavfning modifikatsiyalovchi omillariga ta’sir ko‘rsatib va kasallik kuchayishini va asoratlar rivojlanishini to‘xtatish imkonini beradigan ikkilamchi profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirib, 80% infarkt va insultlarning oldini olish mumkin ekan.

Diagnostika va davolash bo‘yicha tavsiyalarga ko‘ra, arterial gipertenziyasi, yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda YuIKning ikkilamchi profilaktikasi uchun AAF ingibitorlari/angiotenzin II retseptorlar blokatorlari, b-adrenoblokatorlar, sekin kalsiy kanallari blokatorlari, antitrombotsitar preparatlar, nitratlar va statinlar qo‘llaniladi. Gemodinamik va neyrogumoral regulyatsiyani yaxshilashga qaratilgan vositalardan tashqari, miokard ishemiyasida o‘zgaradigan metabolizmni to‘g‘rilash uchun hujayra metabolizmiga ta’sir ko‘rsatuvchi va energetik almashuvni yaxshilovchi sitoprotektorlar tavsiya etiladi.

Organizm va organlarning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun ehtiyojlarga mos keladigan energota’minot zarur bo‘ladi, u hujayralar darajasida AAF hosil bo‘lishi jarayonlari bilan ta’minlanadi. Miokardda hujayraga zarur bo‘lgan AAF mitoxondriyalarda ikkita yo‘l orqali sintezlanadi:b -yog‘li kislotalarni oksidlanishida va glikolizda.  Miokard me’yorda qon bilan ta’minlangan sharoitlarda energiya hosil qilishning ikkita muqobil yo‘li muvozanat holatida bo‘ladi. AAF molekulalari aksariyat sonining sintezi asosan (60-80%) asosiy kislorod sarflovchi yo‘llar hisobidan sodir bo‘ladi — karnitin ishtirokida yog‘li kislotalarning oksidlanishi hisobidan (b-oksidlanish). Qo‘shimcha — glikoliz, kam unumdorli, lekin yanada tejamroq (kislorod xarajatlari 30-40%ga past) yo‘li orqali — kardiomiotsitlarning to‘satdan AAFga bo‘lgan ehtiyojlari vujudga kelganda energiya sarflari to‘ldiriladi.

Stenokardiya xuruji yoki miokard ishemiyasining og‘riqsiz epizodi paytida mitoxondriyalardagi kislorod yetishmovchiligida biokimyoviy buzilishlar kaskadi erkin yog‘li kislotalar (EYoK) konsentratsiyasining oshishiga, kardiomiotsitlarning boshqa energiya manbalaridan (glyukoza, laktat, piruvat) foydalanish qobiliyatini cheklanishiga va AAF sintezini bostirilishiga olib keladi. Shu o‘rinda kalsiy ionlari uchun hujayra membranasining o‘tkazuvchanligi oshadi, oksidativ stress rivojlanadi va membranani shikastlovchi va mitoxondriyalardan hujayra organellalariga AAF tashilishiga to‘sqinlik qiluvchi toksik mahsulotlar to‘planadi.  Faollashtirilgan to‘liq oksidlanmagan yog‘li kislotalar (atsilkarnitin va atsilkoenzim A) konsentratsiyasining oshishi membranalarning parchalanishiga va hujayralarning o‘limiga olib keladi.

To‘liq oksidlanmagan EYoK erkin radikallar hosil qilinishi bilan peroksidli oksidlanishga oson duchor bo‘ladi va hujayra tuzilmalarini parchalashidan tashqari, azot oksidi sintezini ingibirlaydi va baroretseptorlar va qon tomir devori retseptorlarining azot oksidiga bo‘lgan sezgirligini pasaytiradi.

Shunday qilib, miokard gipoksiyasi jismoniy va emotsional zo‘riqishda katexolaminlarning yuqori chiqarilishi ta’sirida vujudga keladigan ishemik shikastlanish jarayonlarini og‘irlashtiradi. Ushbu jarayonni bartaraf etish uchun miokard qon ta’minotini yaxshilash yoki to‘liq oksidlanmagan EYoKdan foydalanish jadalligini belgilovchi asosiy omil — karnitin sintezini cheklash zarur.

Hujayradagi energetik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi dori preparati, sitoprotektor, meldoniy – Mildronat® (Grindeks, Latviya), EYoKlarning tashilishiga ta’sir ko‘rsatib, mitoxondriyalardan tashqarida ularning jadalligini b- oksidlanishini tartibga soladi.  Uzun zanjirli EYoKlarni mitoxondriyalarga tushishini cheklab, shu bilan birga qisqa zanjirli EYoKlarning kirishiga va oksidlanishiga to‘sqinlik qilmasdan, meldoniy EYoKlar ishtirok etuvchi energetik jarayonlarni qo‘llab turishga yordam beradi va kardiomiotsitlarni to‘liq oksidlanmagan yog‘li kislotalar parchalanish mahsulotlarining salbiy ta’siridan himoya qiladi.  Meldoniy g-butirobetaingidroksilaza fermentini raqobatli ingibirlash hisobiga g-butirobetaindan karnitin sintezini bloklaydi, shu bilan mitoxondriyalarda EYoKlarning karnitinga bog‘liq tashilishini pasaytiradi. Natijada oksidlanishi kislorodxarjli bo‘lgan EYoKlarning mitoxondriyalarga kelib tushishi cheklanadi. Hujayradagi metabolizm glyukoza iste’molini oshirib, qo‘shimcha- glikolizli yo‘l tarafga siljiydi.

Karnitin konsentratsiyasi pasayishi tufayli azot oksidini indutsiyalovchi, erkin radikallarni bog‘lovchi va meldoniyning periferik qarshilikni pasaytirish, trombotsitlar agregatsiyasini to‘xtatish, eritrotsitlar membranalarining elastikligini oshirish kabi samaralarini asoslovchi g-butirobetain tarkibi oshadi.

Karnitin- mustaqil samaralari tufayli meldoniy to‘qimalardagi mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi, azot oksidi kuchli vazodilatatorlarga taalluqli bo‘lganligi tufayli, subendotelial bo‘shliqqa kirib borib, u hujayra ichidagi kalsiyni silliq mushakli hujayralarga pasaytirish hisobiga bo‘shashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Meldoniy o‘g‘irlash sindromini keltirib chiqarmasdan, noradrenalin va angiotenzin II ta’sirida vujudga kelgan koronar arteriyalar spazmini kamaytirib, miokardning ishemiyazatsiyalangan sohalariga protektiv ta’sir ko‘rsatadi va o‘zgarmas miokardga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Klinik amaliyotda meldoniyning 30 yildan ortiq qo‘llanilishi ko‘p sonli eksperimental va klinik tadqiqotlar bilan asoslangan. Meldoniyning turli dozalarini II -III fuknsional sinfi barqaror stenokardiyasidagi jismoniy yuklamaga bo‘lgan bardoshlikka ta’siri prospektiv randomizatsiyalangan ikkitalik ko‘r plasebo-nazorat qilinadigan tadqiqotda o‘rganilgan (Mildronat va barqaror stenokardiya – MILSS I).   To‘rtta mamlakatning 72ta klinik markazlaridagi beshta parallel guruhlarning patsiyentlari 12 hafta davomida 100, 300, 1000, 3000 mg dozadagi meldoniy va plasebo majmuasidagi standart terapiyani olgan. Veloergometrik proba natijalari bo‘yicha jismoniy yuklamaning davriyligiga va ko‘tara olinishiga ta’sir qiluvchi eng samarali doza barqaror stenokardiyaning standart terapiyasi bilan majmuada sutkada 2 marta 500 mg dan etib belgilangan.

 Miokard ishemiyasida Mildronat®  ning ta’sir etish mexanizmi, fiziologik va klinik samaralarining sxemasi

Shifokor konsultatsiyasi

Diagnostika

Barqaror stenokardiyada standart terapiya bilan majmuada jismoniy yuklamani ko‘tara olishda va meldoniy xavfsizligida samardorlikni o‘rganishning keyingi kuzatuvlari MILSS II klinik tadqiqotida davom ettirilgan.  Ikkitalik ko‘r plasebo-nazorat qilinadigan tadqiqot to‘rtta mamlakatning (Latviya, Litva, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina) 37ta markazlarida o‘tkazilgan, kuzatish davri 13 oyni tashkil etgan. Asosiy guruhga 317 nafar ambulator patsiyentlar (erkaklar va ayollar) kiritilgan, II–III funksional sinfdagi barqaror stenokardiyasi bo‘lgan ularning o‘rtacha yoshi 60,96 yoshni tashkil etgan, plasebo guruhida — 100 nafar, o‘rtacha yoshi — 62,61 yosh bo‘lgan.  Birlamchi skrining va randomizatsiyadan keyin patsiyentlar 12 oy davomida sutkada 2 marta 500 mg dozada mildronat qabul qilgan. Jismoniy yuklamaga bo‘lgan tolerantlikni baholash uchun dastlab va meldoniy bilan davolanish fonida 12 oydan keyin veloergometrik test qo‘llanilgan.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Yurak sog‘lomligi uchun muhim tavsiyalar

Davolashni asosiy guruhdagi 278 nafar patsiyentlar va plasebo olgan guruhdagi 141 nafar patsiyentlar yakunlagan. Jismoniy yuklamaning davomiyligi meldoniy olgan guruhda davolanishdan keyin dastlabki qiymatga va plasebo guruhiga nisbatan tegishli ravishda 6,5%ga va 10,6% ga oshgan; ikkala qiymat uchun — r<0,001.  Tadqiqotchilar angioz og‘riq va ST segmenti depressiyasi paydo bo‘lgunga qadar vaqtning oshishini qayd etishdi.

Preparatni qo‘llash davomiyligini hisobga olgan holda (12 oy) xavfsizlik profili o‘rganildi: nojo‘ya reaksiyalar ro‘yxatga olingan va laborator ko‘rsatkichlar monitorlangan. Meldoniy olgan va plasebo guruhlarining ko‘rsatkichlarida statistik ahamiyatli farqlar aniqlanmagan, bu esa preparatning xavfsizligi va yaxshi ko‘tara olinishidan dalolat beradi.

Shunday qilib, standart terapiya bilan majmuada meldoniy II va III funksional guruhi barqaror stenokardiyasi bo‘lgan patsiyentlarning jismoniy yuklamaga bo‘lgan tolerantligini oshishiga, turmush sifatining yaxshilanishiga yordam bergan va uzoq qo‘llanilishida yaxshi ko‘tara olingan.

Meldoniyning ta’sir etish mexanizmi YuIK va surunkali yurak yetishmovchiligida (SYuE) endotelial disfunksiyani me’yorlashtiruvchi -butirobetainni kuchli sintezlash hisobiga azot oksidi hosil bo‘lishini indutsiyalashni o‘z ichiga oladi. Eksperimental tadqiqotlarda meldoniyning endoteliprotektiv va kardioprotektiv aniq ta’sirining dalillari olingan.

Klinik amaliyotda ishemik genezdagi SYuEda oqimga qaramli vazoditalatsiyani aniqlash bilan endoteliy funksiyasiga meldoniyning ta’siri ikkitalik ko‘r tadqiqotda o‘rganilga. Barqaror kechishli va chap qorinchaning past otish fraksiyasi (ChQ OF <45%) bilan II–III funksional sinfdagi SYuE bo‘lgan, standart terapiya (diuretik, AAF ingibitori, b-adrenablokator va h.z.) va meldoniy olgan 30 nafar patsiyent kuzatilgan (o‘rtacha yoshi — 52,1±4,9 yosh).

Nazorat guruhiga o‘xshash jihatli yoshdagi 30 nafar klinik sog‘lom kishilar kiritilgan. Yelka arteriyasining endoteliyga bog‘liq va endoteliyga bog‘liq bo‘lmagan funksiyalari reaktiv giperemiyali proba yordamida baholangan. Dastlab reaktiv giperemiyali proba paytida yelka arteriyasi diametrining nisbiy o‘sishi klinik sog‘lom odamlarga qaraganda SYuE bo‘lgan patsiyentlarda pastroq bo‘lgan. 1000 mg meldoniy vena ichiga yuborilganda SYuE bo‘lgan patsiyentlarda fiziologik eritmaning 100 ml da oqimga qaramli vazodilatatsiyaning ishonchli oshishi kuzatilgan, shu bilan birga plasebo yuborilganda bunday reaksiya kuzatilmagan. Tadqiqotchilar biri — qon tomir devorida butirobetain konsentratsiyasini oshishi, ikkinchisi — uning erkin-radikal faollashuvining jadalligi pasayishi va azot oksidining erishimliligi oshishi natijasida to‘qima nafas olishini yaxshilanishi bo‘lgan ikkita mexanizmlar hisobiga samara borligini taxmin qilib, gemodinamik barqaror SYuE va past ChQ OF bo‘lgan patsiyentlarda meldoniy endoteliy funksiyasini yaxshilaydi degan xulosaga kelishdi.

Ma’lumki, meldoniyning muhim xususiyatlari uning aktioksidantli samaralari hisoblanadi. Preparatning antioksidantli ta’siri organizmning antioksidantli tizimi faollashuvining oshishi, yog‘li kislotalarning karnitin-qaramli oksidlanishini pasayishi natijasida lipidlarning erkin radikalli oksidlanishini ingibirlanishi tufayli amalga oshiriladi.

Meldoniy ta’siri ostida qonda lipidlar va antioksidant tizimlarning peroksidli oksidlanish holati koronar shuntirlash yoki teri orqali koronar aralashuv yoki koronar arteriyalarni stentlash bajarilgan, barqaror stenokardiyasi bo‘lgan patsiyentlarda o‘rganilgan.   Tadqiqotga II–III funksional sinfi barqaror stenokardiyasi bo‘lgan 41-75 yoshdagi 149 nafar patsiyentlar kiritilgan (114ta erkak va 35ta ayol).  Birinchi guruh patsiyentlariga (n=79) standart terapiyaga koronar arteriyalardagi aralashuvga qadar uch kun mobaynida sutkada 750 mg dozada, aralashuvdan keyin — haftada 2 marta 750 mg dan meldoniy qo‘shilgan. Ikkinchi guruhda patsiyentlar standart terapiyani olgan. Lipidlarning peroksidli oksidlanish holati dastlab va jarrohlik aralashuvidan keyin qon zardobida malonli dialdegid (MD) konsentratsiyasi bo‘yicha baholangan, organizm antioksidant tizimlarining holati — qon eritrotsitlarida glutationperoksidaza (GP) va superoksiddismutaza (SOD) antioksidant fermentlarning tarkibi bo‘yicha baholangan.

Tadqiqot natijalari jarrohlikdan oldingi davrda koronar shuntirlashdan oldin meldoniyni qo‘llash qonda GP va SOD antioksidant himoya fermentlarining faolligini oshishi tufayli kelib chiqqan erkin radikallar konsentratsiyasining pasayishi bilan kuzatilishidan dalolat bergan.  Ballonli angioplastikani bajarishdan va koronar arteriyalarni stentlashdan oldin meldoniyning qo‘llanilishi nazorat guruhidagi patsiyentlarga qaraganda barqaror stenokardiyasi bo‘lgan patsiyentlarda lipidlarni peroksidli oksidlash faolligini kamayishiga (GP va SOD konsentratsiyasini oshishi) va aralashuvdan keyin dastlabki sutkalarda MD darajasini pasayishiga olib kelgan.

Meldoniy farmakodinamikasining xususiyatlari va qon tomir devoriga universal ta’sir ko‘rsatishi YuIKni davolashda eng muhim bo‘lgan vazoprotektiv va antioksidantli samaralarga olib keladi.

Meldoniy ta’sirida qon lipid spektrining, yallig‘lanish omillarining o‘zgarishi va endoteliy funksiyasi YuIK bo‘lgan 60ta patsiyent (o‘rtacha yoshi — 58±7 yosh) kiritilgan bir markazli ochiq nazorat qilinadigan tadqiqotda o‘rganilgan.   Asosiy guruh patsiyentlariga (n=30, YuIK tashxisi koronaroventrikulografiya natijalari bilan tasdiqlangan) standart terapiya fonida 3 oy davomida 1000 mg dozada meldoniy bilan davolash olib borilgan. Taqqoslash guruhida (n=30) patsiyentlar qiyoslanuvchi standart terapiyani olgan (AAF ingibitorlari, b-adrenoblokatorlar, nitratlar, statinlar, aspirin). Davolashni boshlashdan oldin va 3 oydan keyin umumiy xolesterin (XS), triglitseridlar (TG), past zichlikdagi lipoproteidlar xolesterini (PZLP XS), yuqori zichlikdagi lipoproteidlar xolesterini (YuZLP XS), spartataminotransaminaza, alaninaminotransaminaza, kreatinkinaza, S-reaktiv oqsil (SRO), interleykin 6, lipoproteid (a), metabolit oksid azoti (NO) darajasi aniqlangan.    Yelka arteriyasi oqimga bog‘liq vazodilatatsiyasining tadqiqoti bajarilgan.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Qon bosimini to‘g‘ri o‘lchashni bilasizmi?

Meldoniy olgan patsiyentlar guruhida standart terapiya va meldoniyni qo‘llashda nazorat guruhiga qaraganda tadqiqotchilar stenokardiya xurujlari tez-tezligining sutkada 2,3±1,77 dan 1,73±1,31 martagacha va ta’sir ko‘rsatuvchi nitratlarning qo‘llaniladigan dozalari sonini sutkada 1,73±1,62 dan 1±1,41martagacha kamayishini, XS, YuZLP XS va TG konsentratsiyalaridagi ishonchli farqlar yo‘qligini qayd etgan.    Uch oy davolashdan keyin dastlabki qiymatga nisbatan PZLP XS (06±1,32 dan 2,7±1,0 mmol/l gacha; p<0,05) SRO (1,5±1,8 dan 1,0±1,1 mg/l gacha; r<0,01) darajasi pasaygan. Meldoniy bilan davolashdan keyin yelka arteriyasining oqimga qaramli vazodilatatsiyasi oshgan va qon zardobida NO darajasi ko‘tarilgan (33,5±10,0 dan 44,1±32,3 mkmol/l gacha; r<0,05), taqqoslash guruhida ko‘rsatkichlardagi ishonchli farqlar aniqlanmagan.

Tadqiqotlar natijalarining ko‘rsatishicha, uch oy mobaynida standart terapiya bilan birgalikda meldoniy terapiyasi yanada qisqa muddatlarda angioz og‘riq paydo bo‘lish tez-tezligini va nitroglitseringa bo‘lgan sutkalik ehtiyojni kamaytirish, endoteliy funksiyasini yaxshilash imkonini beradi va lipid profilning yaxshilanishiga yordam beradi.

Tadqiqotchilar meldoniyning kardiomiotsitlar membranasi funksiyasining me’yorlashishi va PZLPlarning apoV100 retseptorlari bilan eng yaxshi bog‘lanishi tufayli vujudga kelgan, aniq proaterogenli ta’sir ko‘rsatuvchi PZLP XS konsentratsiyasini pasayishi, SRO darajasini pasayishi — aterosklerozning kuchayishiga va aterosklerotik blyashkalarning destabilizatsiyasiga xos bo‘lgan yallig‘lanish jarayonlari namoyishlarining kamayishi ko‘rishinida qo‘shimcha samaralarini tasdiqlashdi.  

Shunday qilib, YuIK bo‘lgan patsiyentlarda meldoniyni qo‘llash natijalari antianginal, antiishemik samaradan, qon lipid spektrini o‘zgarishi ko‘rinishidagi namoyishlari bilan ateroskleroz rivojlanishini sekinlashtirishga bo‘lgan ta’siridan, yallig‘lanishni ko‘rsatuvchi omil — SRO konsentratsiyasini pasayishidan va endoteliy funksiyasini boshqaruvchi asosiy omil — NO ni oshishidan dalolat beradi.

Barqaror stenokardiyada meldoniyning kardioprotektiv samaradorligi miokardning tuzilmaviy va funksional xarakteristikalariga ta’sir qiladi. M.V. Baluda va hammualliflar, YuIK fonida rivojlangan SYuE bo‘lgan patsiyentlarni o‘rganib, standart terapiya bilan majmuada 6 hafta davomida sutkada 1000 mg meldoniy olgan patsiyentlarda o‘pka arteriyasida bosimning tushishini, OFni va ChQ ning zarbli hajmini 10% ga oshishini qayd etgan.    Meldoniyni qo‘llash jismoniy yuklamaga bo‘lgan tolerantlikni oshishi bilan kuzatilgan — 6-daqiqalik yurish bilan test natijalari bo‘yicha kuzatuv oxirida o‘tilgan masofa 70%ga oshgan, taqqoslash guruhida (meldoniysiz standart terapiya) — 55%ga oshgan.

Meldoniy ta’siri ostida endoteliyga bog‘liq funksiyaning yaxshilanishi, vazodilitatsiyalovchi xususiyatlar, periferik arteriyalar aterosklerozining rivojlanishini sekinlashishi tadqiqotda namoyish etilgan (MI&CI – Mildronate® – Efficacy And Safety In Patients With Intermittent Claudication). Tadqiqotda standart terapiyani va 24 hafta davomida sutkada 2 marta 500 mg dan meldoniy olgan, oyoq qon tomirlarining aterosklerotik shikastlanishlari bo‘lgan 62 nafar patsiyent ishtirok etgan, nazorat guruhi standart terapiya va plaseboni olgan. Tredmil-test natijalari bo‘yicha (dastlab va 4, 12, 24 haftadan keyin) meldoniy olgan patsiyentlarda kuzatuv bosqichlarining har birida yurishmasofasi oshib borgan. 24 hafta davolashdan keyin masofa o‘sishining o‘rtacha qiymati +62,3%ni tashkil etgan, plasebo bilan patsiyentlarda — 2 barobar past bo‘lgan (+34,4%). Davolash to‘xtatilgandan keyin bir oy davomida mualliflar meldoniyning vazoprotektiv va endotelial funksiyani yaxshilovchi samarasini qayd etgan — tredmil-test bo‘yicha yurish masofasi o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan.  Platsebo guruhida xuddi shu vaqt mobaynida tredmil-testning ko’rsatkichlari yomonlashdi. Tadqiqot natijalari meldoniyning endoteliy holatini yaxshilovchi metabolik sitoprotektorining ta’siri ostida qon tomirlarning aterosklerotik shikastlanishlari va surunkali ishemiyasi bo‘lgan patsiyentlarning funksional imkoniyatlarini yaxshilanishi haqida dalolat bergan.

I.G. Gordeev va hammualliflar II–III funksional sinfi stenokardiyasi bo‘lgan patsiyentlarda koronar qon oqimini tiklash bo‘yicha jarrohlikni o‘tkazishdan oldin va keyin meldoniyning miokard (gibernirlovchi miokard) hayotiyligini saqlab qolishga bo‘lgan ta’sirini o‘rgangan. Tadqiqotda asoratlar rivojlanishining yuqori xavfi bo‘lgan 35-65 yoshdagi, ballonli angioplastika va koronar arteriyalarni stentlash rejalashtirilgan patsiyentlar ishtirok etgan.  Standart terapiya olgan patsiyentlarga qaraganda standart terapiyani va aralashuvdan oldin uch kun mobaynida sutkada 750 mg va jarrohlikdan keyingi davrda haftada ikki marta 750 mg meldoniyni qo‘llash fonida EKG natijalari bo‘yicha stenokardiya xurujlari va ishemiya belgilarining 29,5%ga pasayishi, ChQ miokardi umumiy (ChQ OF +6,86%), mahalliy (mahalliy qisqarish buzilishlari indeksining 3,05%ga kamayishi) qisqarishi ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi qayd etilgan.   Kuzatuv davrida — 8-10 sutka — meldoniy guruhida yakuniy sistolik hajmning, yakuniy sistolik o‘lchamning va yakuniy diastolik o‘lchamning kamayish tendensiyasi qayd etilgan.

Ye.Ye. Ilina ishida meldoniy olgan xuddi o‘sha patsiyentlar guruhida koronar shuntirlashdan keyin, jarrohlikdan keyingi dastlabki sutkalarda lipidlarning peroksidli oksidlanish ko‘rsatkichlari tarkibining pasayishi, qonda antioksidantli himoya tizim ko‘rsatkichlari konsentratsiyalarining oshishi, kardiospesifik fermentlar faolligining pasayishi kuzatilgan. Olingan natijalar miokardning jarrohlikdan keyin ishemik va reperfuzion shikastlanish darajasining pasayishidan dalolat bergan. Shunday qilib, jarrohlik revaskulyarizatsiyasidan oldin va keyin qo‘llaniladigan meldoniy, II– III funksional sinfi zo‘riqishidagi stenokardiyaning majmuaviy terapiyasida, miokard ishemiyasi belgilarini kamaytirishga, miokardning umumiy va qisqartiruvchi funksiyasini yaxshilashga yordam beradi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Infeksion endokardit: sabablari, belgilari, kechishi va davolash

IYuK simptomlariga meldoniy ta’sirini o‘rganish davom etmoqda va hozirgi paytda YuIK bo‘lgan patsiyentlarning qorinchali aritmiyasida meldoniyni qo‘llash tajribasi to‘plangan.  S.V. Grigoryan va hammualliflar (2019 yil) YuIK va qorinchali ekstrasistoliyasi (Lown II–IV) bo‘lgan 147 nafar patsiyentlar kuzatilishi haqidagi xabarni nashr etgan. Bitta guruhda  (n=81) patsiyentlar ikki oy davomida meldoniy bilan majmuada standart terapiyani, boshqasida esa — standart terapiyani olgan. Tadqiqot natijalarining taqqoslash tahlili meldoniy guruhida turmush sifatining holati va ko‘rsatkichlari yaxshilanganligini, jismoniy yuklamaga bo‘lgan tolerantlik va miokardning sistolik va diastolik funksiyasi ko‘rsatkichlari oshganligini ko‘rsatgan. Miokard energetik almashuvini optimallashtirish miokard va qorinchali ekstrasistoliya, jumladan alloritmiya ishemiyasi epizodlarining tez-tezligini pasayishiga yordam bergan.

SYuE bilan miokard infarktidan keyin erta tiklash davrining kechishiga meldoniyning ta’siri 45-75 yoshdagi 60 nafar patsiyentlar (erkaklar va ayollar) ishtirokidagi ochiq randomizatsiyalangan tadqiqotda o‘rganilgan.   Tadqiqot II–III funksional sinfi SYuE belgilari bo‘lgan patsiyentlarda boshdan kechirilgan miokard infarktidan 3-4 haftadan keyin bajarilgan. Ikkita guruhga randomizatsiyalangandan keyin birinchi guruh patsiyentlariga (n=30) asosiy terapiyaga qo‘shimcha sifatida 10-14 kun davomida (o‘rtacha 12,4±0,8 kun) sutkada 1000 mg dozada meldoniy tayinlangan, ikkinchi guruh patsiyentlari asosiy terapiyani olgan.

Kuzatuv natijalarining ko‘rsatishicha, miokard infarktidan keyin tiklash davrida meldoniy bilan terapiya ijobiy ta’sir ko‘rsatgan, uning sarasiga belgilarni kamayishi (6-daqiqalik yurish bilan testning natijalari bo‘yicha masofani oshishi) va SYuE funksional sinfini pasayishi, NT- proBNP darajasini, stenokardiya xurujlari tez-tezligini hamda EKGda ishemiya va aritmiya epizodlarini pasayishi kirgan. YuIK rivojlanishi va kuchayishining xavf omillaridan biri qandli diabet hisoblanadi. Qandli diabetga xos bo‘lgan hujayra ichi metabolik buzilishlar barqaror stenokardiya kechishini og‘irlashtiradi, endotelial disfunksiyani kuchaytiradi, erkin radikalli oksidlanishni faollashtiradi, shu bilan arteriyalar va miokard ishemiyasining aterosklerotik shikastlanishini rivojlanishiga yordam beradi. M.Ye. Stasenko va hammualliflar. YuIK va  II–III funksional sinfi SYuE va 2-turdagi subkompensatsiya va kompensatsiya darajasidagi qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda majmuaviy terapiya tarkibida meldoniy ta’sirini (uch oy davomida sutkada 1000 mg) o‘rganish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan]. Mualliflar nazorat guruhiga qaraganda meldoniy qo‘llanilishining glikirlangan gemoglobin darajasining pasayishi, insulinrezistentlik va oksidlanuvchi stressning kamayishi, lipid profilning yaxshilanishi, SYuE simptomlarining kamayishi va jismoniy yuklamaga tolerantlikning oshishi hisobiga turmush sifatining yaxshilanishi ko‘rinishidagi afzalliklarini qayd etgan. Exokardiografik tadqiqot natijalari bo‘yicha diastolik funksiya yaxshilanishi va ChQ miokardi umumiy qisqarish funksiyasining oshishi aniqlangan.

Meldoniyning avtonom kardial neyropatiya simptomlariga bo‘lgan ta’sirini baholashda davolashning 16 haftasidan keyin yurak ritmi variabelligining kamaygani (24 soat davomida RR oralig‘ini standart og‘ish vaqtini taqqoslash guruhidagi 20% ga nisbatan 46% ga oshishi), regulyator tizimlarning yumshatish indeksi — taqqoslash guruhidagi 12% nisbatan 28% ga oshishi (p<0,05) qayd etilgan.  Yurak ritmi spektral tahlili ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijalari ikkala guruhda ham asosiy komponentlar nisbatining buzilishidan dalolat bergan, ular orasida meldoniy bilan davolash fonida past chastotali ko‘rsatkich qiymatiga bo‘lgan ishonchli ta’siri aniqlangan (LF). Meldoniy guruhida vegetativ regulyatsiyaning yuklamalarga bo‘lgan moslashish qobiliyati natijalari yaxshilangan (ortostatiktest, Valsalva probasi va h.z.). Vegetativ disbalans namoyishlarini kamaytirish YuIK va 2-turdagi qandli diabetda asoratlarni ikkilamchi profilaktika qilish omillariga kiradi — o‘tkir koronar sindromning, yurak aritmiyalarining rivojlanish xavfini pasaytirish.

Mitral klapani prolapsi (MKP) bilan birikma to‘qimalarining ko‘p omilli nasliy buzilishlari (BTNB) fonida somaformli vegetativ disfunksiyasi bo‘lgan yosh odamlarning holatiga meldoniy ta’sirini o‘rganishga bir nechta tadqiqotlar bag‘ishlangan. O‘n yillik davr davomida vegetativ disbalans kamayishini, turmush sifati, gemodinamik xarakteristikalar, jismoniy yuklamalar ko‘tara olinishi yaxshilanishini va aritmiyalarning elektrokardiografik belgilari va metabolik buzilishlar chastotasining kamayishini ko‘rsatuvchi natijalari bilan BTNB bo‘lgan shaxslarda meldoniyni qo‘llash tajribasi to‘plangan.

Original Mildronatning Ò universal xususiyatlari SYuE bilan YuIKda inson organizmida preparatning ta’sir etish mexanizmlarini aniqlaydi va antianginal, antiishemik va vazoprotektiv samaralarini keltirib chiqaradi.   Kislorod sarfini pasaytirish bilan hujayra ichi metabolizmini tuzatish ishemik prekonditsionerlash jarayonlarini ta’minlaydi va miokardning ishemik shikastlanish xavfini, aritmiyalar rivojlanishini pasaytiradi.  Amalga oshirilgan tadqiqotlarning natijalari barqaror stenokardiyada, koronar qon oqimini jarrohlik tiklashdan oldin va keyin, SYuEda, o‘tkir miokard infarktidan keyingi tiklanish davrida MildronatÒ qo‘llanilishining samaradorligini va xavfsizligini ko‘rsatdi.    Tadqiqotda preparatning aniqlangan qo‘shimcha xususiyatlari (uglevodli va lipidli almashuvga ta’siri), vegetativ disbalansning kamayishi YuIK va komorbid foni bo‘lgan patsiyentlarni davolash natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Muallif haqida

Trisvetova Ye.L.,tibbiyot fanlari doktori, Belorussiya davlat tibbiyot universiteti ichki kasalliklar 2-chi kafedrasi professori, Minsk

Yurak kasalliklarda eng kop qollaniladigan dori vositalari mazkur sahifada keltirilgan.

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.