Yosharishni istaysizmi?

Ayollar mavzusiga maqola yozishga  kelganda, ularning go‘zallikka, doimo yosh ko‘rinishga intilishiga e’tibor qaratmasak yozilgan  maqolaning, faqat sarlavhasi o‘qilardi xolos, shunday emasmi?! Ayollar go‘zalligiga keladigan bo‘lsak, ularning yuzlari, ko‘zi, sochlari, tishu tirnoqlari shu iforni baxsh etib turadi. Ularning yosh ko‘rinishi ham aynan shu a’zolaga bog‘liq. Biz hozir ana shu a’zolaga foydali bo‘lgan mahsulotlar va ularning xususiyati haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Teri uchun

Zig‘ir yog‘i terini namlantiradi.. U haqiqatdan teridagi qizarishlarni va qat-qat ko‘chishni bartaraf etadi. Chunki zig‘irnig tarkibida Omega-3 yog‘ kislotasi bor. U terining moyini va silliq bo‘lishini ta’minlaydi. Zig‘ir yog‘ini yogurt, turli pishiriqlar uchun tayyorlangan xamir va salatlarga ham qo‘shish mumkin.

Ko‘zlar uchun

Ismaloq ko‘zni tiniqlashtiradi. Bu mahsulot ko‘zlardagi charchoqni oladi va uni tiniqlashtirib, tabiiy oq rangini qaytaradi. Kun davomida 1-2 stakan ismaloq barglarini iste’mol qilish meyor hisoblanadi.

Yuzlar uchun

Kivi yuzni silliqlashtiradi. Ishonavering bu sitrus meva aynan yoshlikni saqlab qolish borasida har doim birinchi bo‘lgan. Agar 40 yoshda ham 25-30 yoshli ayollardek ko‘rinishni istasangiz, muntazam kivi iste’mol qilishga odatlaning. Negaki, kivi tarkibida ko‘p miqdorda C vitamini mavjud, bo‘lib u qarish jarayonini sekinlarshtiradi. Ya’ni ajnlar tushishi kechikadi.

Tirnoqlar uchun

Tuxum tirnoqlar mustahkamligini  ta’minlaydi. Chunki uning asosiy qismi biotin moddasidan tuzilgan. Bu element tirnoqlar mustahkamligini ta’minlaydi. Haftasiga bir necha dona tuxum iste’mol qilishning o‘ziyoq tirnoq bilan bog‘liq muammolar barham topadi.

Tishlar uchun

Har kuni 1 donadan olma yeb yursangiz uzoq vaqt tish shifokori qabuliga bormaysiz, chunki mazkur meva tishlarni choy, qahva va turli dog‘lardan tozalaydi.

Sochlar uchun

Mosh, no‘xat, loviya kabi mahsulotlarni ishlatasizmi?! Endidan, ishlatavering. Chunki bu mahsulotlar tarkibida ko‘p miqdorda kremniy mavjud. U sochlar sog‘lomligi, jilvakorligi va mustahkamligini ta’minlaydi.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Tirnoqlar parvarishi qanday olib borilishi kerak?

Musafolik uchun

Olimlar yuz terisidagi toshmalarni bartaraf etishga qovoq urug‘ining o‘rni beqiyosligini bot-bot ta’kidlashadi. Olib borilgan tajribalardan ma’lumki, kimning organizmida rux moddasi bo‘lsa, uning yuziga husnbuzar va turli toshmalar toshadi. Shu bois kuniga 1-2 qoshiqdan tozalangan qovoq urug‘i iste’mol qilinsa, bu muammodan xalos bo‘lishi mumkin.
Bir gap aytaymi?!

Siz shundoq ham chiroylisiz!!!


Hayz siklingizni nazorat qilishni istaysizmi? Homiladorlik uchun unumdor kunlarni bilib, homiladorlikni rejalashtirishni istaysizmi? Unda “Lalu — ayollar kundaligi” mobil ilovasini bepul yuklab oling!

Ilova sizga hayz siklingiz xarakterini tushunib, uni kuzatib borishingizda, ovulyatsiya kunini aniqlashda, homiladorlikni rejalashtirishingizda yordam beradi.
Bundan tashqari, ilova orqali hayz oldi sindromi haqida bildirishnoma olish, sikl buzilishi, fertil kunlar kabi holatlarni prognozlash va kuzatib borish, ginekologiya sohasiga oid maʼlumotlar olish imkoniyati mavjud.

Hoziroq bepul yuklab oling

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Yuklanmoqda...

Tegishli maqolalar

3 ta izoh

  1. Assalomu alekum sizga savolim ismaloq o’simligi haqida. Ismaloq sovuqlikmi yoki issiqlikmi. Uni istemol qiliwda nimalarga etibor beriw kerak. Foydasi homligida koproqmi yoki taomlarga solib istemol qiliwdami. Iltimos wular haqida ma’lumot bersangiz. Javob uchun oldindan katta raxmat

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button