3
(1)

Biz tarozida ko‘radigan vaznning har kuni o‘zgarib turishi yog‘ to‘qimalarining kamaygani yoki ko‘payganini bildirmaydi. Unga qarab faqat to‘rtta omil haqida xulosa qilishimiz mumkin, bular: najas va peshob massasi, uglevodlar iste’moli va qon hajmi.

ozish

Ammo vazn o‘zgarib turishining asosiy sababi — glikogen, ya’ni organizmda glyukozaning bosh zaxirasi sifatida xizmat qiluvchi polisaxarid qatlami. Agar uch kun davomida past uglevodli ovqatlarni yesak, glikogen miqdori uchdan ikki qismga kamayib ketishi mumkin. Bu esa umumiy vaznda o‘z aksini topadi, axir glikogen jigarimiz og‘irligining 5—10 foizini, mushaklar og‘irligining esa 2 foizini tashkil etadi.

Organizmimizda o‘rtacha 500 grammcha glikogen bo‘ladi, shu tufayli, har kuni iste’mol qilinadigan uglevodlar miqdori siz tarozida ko‘radigan raqamlarda sezilarli tarzda aks etadi.

Olimlar nima deydi?

So‘nggi tadqiqotlar har kuni vaznini o‘lchab ko‘rgan ishtirokchilarning vazni sezilarli ravishda kamayganini ko‘rsatdi. Natijalar quyidagicha bo‘ldi:

  • Olti oy davomida har kuni o‘zini taroziga tortgan kishilar nazorat guruhidan ko‘ra, olti kg ko‘proq vazn yo‘qotgan.
  • Nazorat guruhining hatto haftasiga besh marta vaznini o‘lchagan ishtirokchilari ham har kuni taroziga chiqqan kishilarga nisbatan kamroq vazn yo‘qotgan.
  • Har kuni o‘zini taroziga tortgan kishilar eng ko‘p sog‘lom hayot tarziga rioya qilishga intilgan (masalan, kamroq fastfud yeb, televizor qarshisida kamroq o‘tirgan).

Demak har kuni o‘zini taroziga tortib ko‘rish ozishga yordam berarkanda?

Barchasi har bir kishiga bog‘liq

Har kuni vazningizni o‘lchab, barqarorlik bilan ozayotgan vaqtingizda, aynan tarozida tortilish natijalarga ta’sir qilayotgandek tuyuladi. Ammo bir kungina ortiqcha ovqat yeb qo‘ysangiz, ertasi kuni vazningizni o‘lchagingiz kelmaydi. Va agar har kuni kimgadir hisob berishingiz kerak bo‘lmasa, vaqt o‘tgani sari nafaqat taroziga tortilishni, balki to‘g‘ri ovqatlanishni ham tashlab qo‘yishingiz ehtimoli katta.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Qumga ko‘milish ozishga yordam beradimi?

Bundan tashqari, vaqt o‘tishi bilan har kun vazn o‘lchashdan charchashingiz, bu joningizga tegib qolishi mumkin. Buni tadqiqot ham tasdiqladi: tajriba boshlanganidan keyin bir yarim yil o‘tgach, har kuni vazn o‘lchab ko‘rishdan samara ham ancha kamaygan.

Quyidagi maqolalarni ham o‘qishingizni tavsiya etamiz:

© Wclub / Daryo