Ortiqcha vaznni yo‘qotish uchun tutgan parhezlar kor qilmayapdimi? Biz sizga bu borada yordam beramiz. Biz turli parhez turlarini bilganimiz bilan, uning o‘ziga yarasha sirlari bor. Bugun sizlar bilan shu sirlar haqida sirlashamiz. Ishonamiz bu sizlar uchun juda ishonchli usul bo‘ladi.
Birinchi sir: Nonushta
Ertalabki nonushtada voz kechish to‘grimi? Parhezshunoslar saharliktaomni iste’mol qilish- qilmaslik borasida ko‘p tortishgan. Bu bahslardan bir haqiqat tug‘ilgan: yaxshi nonushta qilgan odam kun bo‘yi ko‘proq ovqat yer ekan. xo‘sh und anima qilish kerak? Nonushta paytida ortiqcha yeb yubormang. Ertalabki nonushtaga bir bo‘lak non bilan tvorog tanovvul qilsangiz yetadi. Ozish uchun kun bo‘yi qancha kaloriya iste’mol qilganingiz muhim, qachonligi emas.Ikkinchi sir: Sabzavotlar
Sabzavot, sabzavot, sabzavot va yana sabzavot: shu to‘grimi? Sabzavotdan boshqasiga ro‘yxushlik bermaslik – eng noto‘gri taktika! Chunki o‘simliklarni iste’mol qilganingizdan 2 soat o‘tgandan so‘ng, organizmda och qolish hissi uyg‘onadi. Oqsilga boy mahsulotlar (sut, go‘sht, baliq) esa qorinni 4 soatgacha to‘q tutadi. Bundan tashqari oqsil organism uchun foydali va nihoyatda zarur. Shuning uchun yog‘siz go‘sht yoki sut, kurka hamda tovuq go‘shti yoki tvorog iste’mol qilishni kanda qilmang.Uchinchi sir: Ichimliklar
Parhez qilayotgan odam qanday suyuqlik ichayotganiga ham e’tiborli bo‘lishi kerak. Masalan, 1 stkan apelsin sharbatiga 120 kkal bor. Shunday ekan, limonad va mevali sharbatli suvlar o‘rniga ko‘proq oddiy yoki gazsiz suvlar ichgan ma’qul.To‘rtinchi sir: Olma
Olma yordamida ozmoqchi bo‘lsangiz, och qolasiz. Shirin olmalar esa qonda insulin va qand miqdorini oshiradi. So‘ng ularni keskin tushib ketishi oqibatida qorin tatalab ketadi. Yaxshisi, siz olma o‘rniga oqsilga boy yogurt yoki barra bodiring yeganingiz ma’qul.Beshinchi sir: Tarozi
«Meni bir o‘lchangchi!» ozayotgan odam taroziga chiqayotganda paydo bo‘ladigan raqamlarni ilhak kutadi. Avvaliga ular kamaygan bo‘lsa, keyinchalik tarozi strelkasi bir nuqtada uzoq turib qoladi. Chunki organizm bu vaqtda parhezga ko‘nikayotgan bo‘ladi. Xo‘sh unda nima qilish kerak? Ovqatlanish ritmini buzmagan holda, jismoniy yuklamalarni ko‘paytiring: suzing, raqs tushing, yuguring. Hadeb taroziga chiqavermangda, santimetrni olib, bo‘ksa va belingizni o‘lchang. Natija aynan shu a’zolarda bilinadi.Oltinchi sir: Kamroq yeng!
«Birinchisiga nima yesam ekan?» degan narsa sizga yod bo‘lishi kerak. Agar birinchisiga suyuq ovqat ichsam, ikkinchisiga kamroq ovqat yeyman, deb o‘yliysizmi? Bu noto‘gri. Suyuq ovqat juda tez hasm bo‘lgani uchun, me’dani to‘q tutmaydi. Sho‘rvani o‘rniga suyuq ovqat yeng, qanchalik quyuq ovqat yesangiz, uzoqroq muddat och qolmaysiz. Natijada ko‘p ovqat yemaysiz.Yettinchi sir: Uyqu
Uyquchilar ortiqcha yog‘dan boshqalarga nisbatan tezroq halos bo‘lishadi. Ammo ozish vaqtida hammadagidek kechadi. Kam uxlaydiganlarda esa mushak massasi qisqaradi. Buning uchun nima qilish kerak? Tunda uyqu uchun ajratiladigan eng ideal vaqt 7-8 soat. Odam uxlaganda ham energiya sarflaydi, aniqrog‘i har soat uchun 70 kkal.Sher Mukhammad.
"Ozish" mavzusiga oid boshqa qiziqarli va foydali maqolalarni saytimizning "Ozish" rukni orqali ham o‘qishingiz mumkin. Ushbu maqolani ham o'qing:
Har kuni vaznni o‘lchash ozishga yordam beradimi?