Ushbu video lavha orqali siz “Vakuum” mashqini bajarish texnikasi bilan tanishishingiz mumkin.
“Vakuum” mashqi qorinning ko‘ndalang mushaklarini chiniqtirishga yordam beradi. Shug‘ullanmagan odamlarda bu mushaklar o‘z tonusini yo‘qotadi. Shu sababdan qorin devorlari cho‘ziladi va qorinning hajmi kattalashadi. “Vakuum” mushaklarni tonusga keltirishga yordam beradi va bu mashqlardan keyin yog‘li qatlamlar yo‘qolishidan oldin qorin kichraya boshlaydi.
Diqqat!
“Vakuum” mashqini yurak-qon tomir kasalliklarida, oshqozon va ichakning har qanday xastaliklarida, homiladorlik va tug‘riq davrida bajarish mumkin emas!
Ushbu lavhalarni ham tomosha qiling:
Planka mashqini bajarish texnikasi
«O‘tirib-turish» mashqlarini to‘g‘ri bajarish qoidalari
Ushbu maqolani ham o'qing:
Vitaminlar haqida batafsil ma’lumot