Uzun va quyuq kipriklar ko‘zlar go‘zalligini yanada yorqinroq ifodalaydi. Shu bois ularga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Kipriklarning tabiiy qalin va uzun, qayrilma bo‘lishi inson organizmi hamda salomatligiga bog‘liq.  Bu — nosog‘lom insonlarda kipriklar qisqa yoki yupqa bo‘ladi degani emas, albatta. Kipriklaringizdan ko‘nglingiz to‘lmayotgan bo‘lsa, tushkunlikka tushmang. Asosiysi, sifatsiz tush, ya’ni kiprik bo‘yovchi vositalardan foydalanmang. Ba’zida esa noto‘g‘ri tanlangan kosmetika vositasi ham bor kiprikni to‘kib yuborishi hech gap emas. Keyin esa ayollar kipriklarni tiklashga harakat qila boshlaydi. Kipriklarni tiklashda maxsus vositalar ham mavjud. Lekin bu davolovchi vositalardan mutaxassis tavsiyasisiz foydalanish maqsadga muvofiq emas. Bundan tashqari, bunday vositalar anchayin qimmat turadi. [caption id="attachment_10230" align="aligncenter" width="750"]kiprik o‘stirish Foto: Woman.ru[/caption] Sun’iy kiprik qo‘ydirishdan oldin o‘zingizning kipriklaringizni o‘stirishga urinib ko‘ring. Bu arzon va ancha foydaliroqdir. Quyida uy sharoitida kipriklarni o‘stirish uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan tabiiy muolajalardan na'munalar keltirib o‘tamiz.

Kiprik o‘stirish uchun chakamug‘ moyi

Chakamug‘ moyi kipriklarni parvarishlab, ularni oziqlantiradi hamda yaxshi o‘sishini ta’minlaydigan tabiiy vosita sanaladi. Moy kipriklarning to‘ilishini oldini olib, ularni qilanlashtiradi. Doimiy qo‘llanilganda birinchi natija ikki haftada sezila boshlashi mumkin. Buning uchun eski tush idishi hamda istalgan dorixonadan topish mumkin bo‘lgan chakamug‘ moyi kerak bo‘ladi. Tush idishini yaxshilab yuvib, unga chakamug‘ moyi qo‘yib qo‘yiladi. Moy har kuni kechqurun kipriklarga suriladi. Agar eski tush idishi bo‘lmasa, doka bilan surish ham mumkin. Yodda tuting: moyning ko‘zni shilliq pardasiga tushmasligiga harakat qiling. Shu bois yog‘ni surgach 10-15 daqiqadan so‘ng kipriklarni quruq doka bilan artib olish mumkin. Bu qovoqlarning shishini oldini ham oladi.

Kipriklar uzun bo‘lishi uchun samarali vositalar

Kanakunjut moyi

Kanakunjut moyi — kipriklarni o‘stirishda samarali va ishonchli vosita hisoblanadi. Kipriklar ustiga moyni cho‘tkacha yordamida ehtiyotlik bilan suring. Uni 15-45 daqiqa qoldiring va keyin makiyajni tozalovchi vosita yordamida yuving. Kanakunjut moyini bir marta surish yetarli bo‘lmaydi. Uni kurslar bilan qo‘llash kerak. Bu amalni bir oy davomida haftasiga bir necha marta takrorlang.

Kipriklar uchun gellar

O‘stirishga va mustahkamlashga yordam beradigan davolovchi gellar an’anaviy rangli tushdan avval yoki u bilan birga ishlatiladi. Birinchi holatda u himoyalash vazifasini bajaradi. Tush kipriklarni quritishi mumkin. Gel himoya qiluvchi to‘siq yaratishdan tashqari kun davomida kipriklarni oziqlantiradi ham

Kipriklari parvarishi uchun tabiiy ne’matlar

Chakanda, kanakunjut hamda zaytun moylari ham kipriklar parvarishida yaxshi natija beradi. Shu bois moylardan almashtirib ham foydalanish mumkin. Uzun kipriklarni o‘stirishda bo‘tako‘z o‘simligi ham yordam bera oladi. Moychechak hamda bo‘tako‘z o‘simligining damlamasi ham kipriklar uchun juda foydali. Bu nafaqat kipriklar, balki ko‘zlar uchun ham juda foydali. Damlama ko‘zlardagi charchoqni olishga qodir. Bir osh qoshiq moychechak yoki bo‘tako‘z o‘simligini 200 ml qaynagan suvga solib, damlama tayyorlanadi. Damlama ma’lum vaqtga tindirib qo‘yiladi. Iliq holdagi damlamaga diskli dokani botirib olib, qovoqlar ustiga 15-20 daqiqaga qo‘yiladi. Bundan tashqari bir nechta foydali o‘tlarni aralashtirib ham damlama tayyorlash mumkin. Buning uchun bir xil miqdorda olingan botako‘z, kalendula hamda yangi damlangan ko‘k choyni aralashtirib damlama tayyorlanadi.

Kipriklarni o‘stirish uchun foydali niqoblar

Bundan tashqari, kipriklarni tiklash hamda parvarishlashda niqoblar juda foydali. Buning uchun bir osh qoshiq kanakunjut moyi, bir choy qoshiq aloe sharbati hamda A vitaminining yog‘li eritmasi kerak bo‘ladi. Barcha komponentlar aralashtiriladi. Niqobni uyqudan 2-3 soat oldin kipriklarga suriladi. Uyqudan oldin kipriklarni dokali disk bilan tozalab olish kerak. Mana shunday oddiygina usullar bilan kipriklaringizni tiklab olishingiz mumkin. Sizdan faqatgina ozgina sabr talab yetiladi, xolos. Lekin bir kunda kipriklaringiz o‘sib qolishini kutmang. Ilk natijalar 2-3 haftada sezila boshlaydi. Foydali maqolalar: