Tug‘ruqdan keyin qin yuzaga chiqib qoladi va bu tabiiy hol. Shuning uchun ham tuqqan ayollar, qin devorlarini toraytirish uchun Kegel ismli doktor maxsus mashq o‘ylab topgan. Bu qin va anusni siqib, so‘ng bo‘shashtirishga asoslangan. Bunday mashqlarni maxsus adabiyotlarda va internet sahifalarida «Kegel mashqlari» nomi ostida ko‘rish mumkin. Qin devorlari va mushaklarni siqib, qo‘yib yuborishni tez va sekin amalga oshirish mumkin. Mashqlarni almashlab turli xillarini bajarsangiz, natija tezroq ko‘rinadi. Ammo buning uchun mashqlarni har kuni bajarish lozim. Mutaxassislar kichik hojatga borganda peshobni ham to‘xtatib turish kerakligini aytishadi. Buni albatta shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Agar tug‘ruqdan keyin bachadon va qin tushishi bilan bog‘liq muammolardan aziyat cheksangiz, ginekolog-xirurgga murojaat qiling. U zarurat bo‘lcf cizdagi muammolarni hal qilish imkonini beruvchi intim plastikasi amaliyotini o‘tkazadi.
Lola Ahrorova, seksopatolog-shifokor.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Skolioz bo‘lgan qiz homilador bo‘la oladimi?