Turli sabablarga ko‘ra ayollar terisining tabiiy tarang holati yo‘qoladi. Albatta, bunday muammoga duchor bo‘lgan ayollar tezda choralar izlab qolishadi. Mana shunday, muammoga chora sifatida biz bugun ayollarimizga 3D mezoiplari orqali yuz terisini torttirish to‘g‘risida ma’lumot beramiz.
3D mezoiplari – bu tibbiyotda ko‘p ishlatiladigan diaksondir. Bu amaliyot kosmetalogiyaga yaqinda kirib kelgani bois ko‘pchilik bundan xabardor emas. Bu muolaja, asoan, ayollarda uchraydigan quyidagi holatlarda :
- Burun va lab o‘rtasidagi teri burmanlari;
- Qosh atrofi terisining osilib qolishi;
- Qorin, bo‘ksa, dumba sohasidagi teri cho‘zilishi;
- Quloq suprasi atrofidagi teri burmalari;
- Peshonadagi vertikal teri burmalari;
- Ko‘krak va bo‘yin sohasidagi teri cho‘zilishlarida tavsiya etiladi.
Va sizning yuzingizda quyidagi ijobiy o‘zgarishlar yuzaga keladi:
- Yuzdagi ajinlar tekislanib, avalgiga nisbatan bilinmaydi;
- Yuz shakli tekislanib, qirralar bilinarli ravishda tartibga keladi;
- Mezoip orqali ta’minlangan terining taranglashuvi 2 yilgacha o‘zgarishsiz, sizning go‘zalligingizga go‘zallik qo‘shib turadi.
- Infektsiyon va onkologik kasalliklarda;
- Qon quyilishi bilan bog‘liq muammolar bo‘lganda;
- Tredlifting qilish rejalashtirilayotgan sohalarda yallig‘lanish jarayoni kuzatilganda;
- Homilador va emizikli ayollarga bu muolajani qo‘llash mumkin emas.
«Darakchi» gazetasi.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Skolioz bo‘lgan qiz homilador bo‘la oladimi?