Yo‘lning bir chekkasiga chiqib, yo‘lovchilarning yurishlarini bir kuzating. Oyoq, tizza, son, umurtqa va boshning erkin emasligini bir qadar notabiiyligini ko‘rasiz. Xarakat jarayonida bo‘g‘inlarning erkin xarakati sezilmaydi. Oyoqlarga bir qarang. Odamlar go‘yo oyoqlarini qiyinchilik bilan ko‘taradilar va yerga lopillatib qo‘yadilar. Tizza bukilmaydiganday, umurtqa va bosh esa tayoqka aylanganday. Butun tana xuddi, egiluvchanligini yo‘qotgandek.
Bo‘g‘inlarda yog‘ o‘rniga sement
Inson tanasidagi bo‘g‘inlarga tabiat katta egiluvchanlik ado etgan. Buni bo‘g‘inlar orasini moylab turuvchi sinovial suyuqligi deb ataluvchi yog‘ ta’minlaydi. O‘n yashar bolaga bir qarang, uning bo‘g‘inlarining yengil egilayotganligiga e’tibor qiling. Nima uchun? Nima deyishingizni bilib turibman: “Bu bola o‘n yoshda, men esa 66 yoshdaman. Men o‘n yoshli bola singari xarakat qila olmayman”. “Nega endi shunday bo‘lmas ekan?”- deyman men. Yashagan yillaringiz bo‘g‘inlaringizni egiluvchan va xarakatchan qilib turadigan sinovial suyuqligi miqdoriga ta’sir qilmaydi. Bo‘g‘inlaringizning xarakatchanligiga ta’sir qiladigan, bir sabab bor. Bu toksin kislotasining kristallari. Umr o‘z-o‘zidan toksinli emas. Siz 40, 50, 60 yoki 70 yil umr ko‘rdingizmi yo‘qmi, farqi yo‘q, sinovial suyuqligi o‘z-o‘zidan kamayib qolmaydi. Toksin kislotalarining kristallari bo‘g‘inlaringizni sementlab qo‘yadi. Men hozir, shu kitobni yozayotganimda, 85 yoshdaman va ancha yoshman degan yigitlardan xam bo‘g‘inlarim yengil xarakatchan ekanligi bilan faxrlanaman. Boshda turgan xolda yoglarning qiyin mashqlarini ham yengil bajara olaman. Mening yoshimda kamdan-kam kishilar bunday qila oladi. Yo‘q, bo‘g‘inlarni tabiat sementlamaydi, mening bo‘g‘inlarim xuddi o‘n yashar bolanikiday ekanligini marxamat qilib tan oling.Tanada toksinli kislota kristallari qanday paydo bo‘ladi?
Oddiy kundalik xayotimizda paydo bo‘ladigan zaxarlarni tanamizdan xaydab chiqaradigan to‘rtta muxim tizim mavjud. Jismimiz talabiga muvofiq biz ovqat yeymiz, suyuqlik ichamiz, xavodan nafas olamiz. Ayrim kishilar och qolganliklari emas, odat tusiga kirib qolganligi uchun ham, haddan tashqari ovqat yeydilar. Ularga ma’lum soatlarda ovqatlanmoq lozim, uzoq yillar tayinlashgan. Men ko‘p yillar davolash tajribamdan bilamanki, bunday kishilar shu batartib iste’mol ozuqani hech xam hazm qila olmaydilar. Ular och-to‘qliklariga qaramay to‘yib ovqatlanishadi, dasturxondagi dudlangan go‘shti, pishirilgan cho‘chqa bolasi go‘shti, tuxum, issiq bulochka tort, marmalad, qovurilgan kartoshka, vafli, kolbasa, kofe, shokalad va xakozalarni paqqos tushiraveradi. Bu yeyilgan ovqatlarni maydalab, qayta ishlash, hazm va oshiqchalarini chiqarib yuborish uchun organizmdagi hayotiy quvvatning kuchi yetmaydi. Bunday vaqtda organizmda toksinli moddalar o‘tirib qoladi. Ular to‘planishib va kristallanib, harakatchan bo‘g‘inlarga yig‘iladilar. Bu sekin kechadigan jarayon bo‘lib, ko‘pchilik ko‘ngilsiz holatlar boshlanmaguncha uni sezmaydi. Uzok yillar davomida noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida bo‘g‘inlarda to‘planadigan kislota kristallari kalsiyli moddalar bilan to‘yingan holda sinovial suyuqligi o‘rniga joylashib og‘riq paydo qiladi va bo‘g‘inlarning harakatini susaytiradi. Birinchi hujum oyoqqa bo‘ladi. Ularda boshqa joylarga nisbatan harakatchanlik ko‘proq bo‘ladi. Oyoqning barmoqlar tomirida 26 ta harakatchan mayda suyaklar mavjud. Bu yerda toksin kristallari to‘planishi uchun imkoniyat ancha ko‘p. Asta-sekin bo‘g‘inlar xarakatchanligi susaya boradi. Bo‘g‘inlar sementlasha, qota boradi, xarakatchanlik yo‘qola boradi. Oyoq uchi va tovondan toksin kislota kristallari asta-sekin yuqoriga ko‘tarila boradi va tizzalarda og‘riq paydo bo‘ladi. Keyin son suyagining yuqori qismiga o‘tadi.Bel og‘rig‘i - jon azobi
Kamdan-kam kishilardagina bel og‘rig‘i bo‘lmaydi. Egilib turgan o‘rta va katta yoshdagi kishilarni bir kuzating, turayotganda ularning yuzi tirishib ketganini ko‘rasiz. Ulardan deyarli har safar: “voy belim!”- degan so‘zni eshitasiz. Toksin kislotasi kristallari belda to‘planib, to‘xtab qolmaydi, umurtqa bilan yuqoriga ko‘tariladi, yelkasidagi bo‘g‘inlarda xam to‘planadi, bu tirsak va bilak bo‘g‘inlariga, undan xam o‘tib, barmoq bo‘g‘inlariga yetib boradi. Ayrim kishilar shu darajada zaxarlanganlarki, hatto barmoqlarini musht qilib qisa olmaydilar. Ularning barchasi: “men qariyotganim uchun bo‘g‘inlarim og‘riyapti”, deb bir xil nolishadi. Bunga ishonmang. Bosh sababchi - zaharli kislota kristallari. Bo‘g‘inlar og‘rig‘ini pasaytirish uchun amerikaliklar milliardlab dona dori tabletkalarini ichadilar. Minglab kishilar mineral suvlardan najot kutishadilar, og‘riqlardan qutulish uchun boshqa usullarni izlab yurishadilar. Men hech qachon bo‘g‘inlar og‘rig‘iga yo‘liqmaganman. Mening tavsiyalarim bo‘g‘in og‘rig‘i uchun navbatdagi dori-darmon sifatida qabul qilinmasligini xohlardim. Lekin, bu muammo yechimining boshqa yo‘llari borligini ta’kidlamoqchiman.Tozalanish uchun och yurish
Agarda siz 24 soatdan 36 soatgacha yoki uch-un kun mobaynida och yursangiz, sizning tanangizda sog‘lomlantiruvchi kuch ishlay boshlaydi. Yana takror- takror aytamanki, bu kuchlar sizning vujudingizni tozalaydi va yangilaydi. Bu quvvat doimo siz bilan. Agar siz distillangan suvnigina ichib to‘liq ochlanishga o‘tsangiz vujudingizdagi ozuqani maydalash, hazm qilish, singdirish va chiqitlarni ajratib chiqish uchun sarf bo‘ladigan hayotiy quvvat endi badanni tozalash uchungina sarf bo‘ladi. Och yurish bu-chuqur ichki tozalanish, hayotiy quvvatning tiklanishi uchun fiziologik hordiq. Masalan, siz oltmish yoshdasiz va qorningiz ochmi, to‘qmi, lekin uch mahal ovqat yeyishingiz lozim bo‘lgani uchun ovqatlanaverasiz va shu bois toksinli kislota kristallari bo‘g‘inlaringizga kirib boraveradi. Och yurish tufayli tanadagi ichki kuchlar yillar davomida to‘plangan bu kristallarni parchalab tashlaydi.O‘zini xayotga qaytargan nogiron
Taxminan o‘n yillar muqaddam mening xuzurimga mister Evans kelganini yaxshi xotirlayman. U kishi xonamga qattiq cho‘loqlanib kirib keldi. Kaliforniyalik mashxur vrach unga fizioterapiya shifosini yozib bergan. Men xam Kaliforniya shtati Davlat meditsina komissiyasi litsenziyasiga ega bo‘lgan fizioterapevt - shifokorman. Bu kishining tarixi ham millionlab amerikaliklar tarixiga o‘xshash. Bu kishiga ovqat yegisi kelsa ham, ovqatlangisi kelmasa xam bir kunda doimiy ravishda uch marta ovqatlanish zarurligini aytishgan, lekin hech qachon o‘zining orasta organizmi bilan xisoblashishni o‘rgatishmagan. Men bu kitobda bir necha marta takrorladim, TANA - NODONDIR. Uxlagandan tashqari vaqtda oshqozoningizni xar narsalar bilan to‘ldirishingiz mumkin. Ertalab turib kasha, tuzlangan cho‘chqa go‘shti, qovurilgan tuxum va kartoshka xamir ovqatlar yeyishingiz, besh piyolalab kofe ichishingiz mumkin, lekin shularning natijasi o‘laroq azoblarni xam “tatib” ko‘rishingizga to‘g‘ri keladi. Eng avvalo, kundalik yemagingizni ter to‘kib topishingiz, ya’ni bunda shuni tushunmoq lozimki, jismoniy faolligingiz darajasida ovqatlanmog‘ingiz lozim. “Mister Evans esa yoshi ulg‘ayganda xam, yoshligida fermada ko‘p jismoniy mehnat qilgan davrdagiday ovqatlanavergan. Asta-sekin bo‘g‘inlarga to‘plangan toksin kristallari nerv tolalarini siqib qo‘ya boshlagan va chidab bo‘lmas og‘riqlar paydo bo‘lgan. U o‘zining musibatlaridan oson qutilish yullarini axtardi. Men unga: ”juda ko‘p yillar davomida noto‘g‘ri ovqatlanish va xayot tarzi shunday ahvolga olib kelgan va undan qutulish uchun ochlanmoq va ishqorli parxezga o‘tish lozim bo‘ladi",- dedim. U ziyoli kishi bo‘lib, mening so‘zlarimda mantiq borligini ochiq tan oldi. Faqat distillangan suv ichgan xolda uch kunlik ochlik boshladik. Ochlikdan chiqib, ertalabki nonushtaga faqat pishirilmagan sabzavotlar yedi, tushlikda esa yangi salatlar va qaynatilgan sabzavotlar iste’mol qildi. Kechki ovqatgacha esa qirilgan karam va sabzi xamda qaynatilgan sabzavotlardan bir kosa sho‘rvagina ichildi. Go‘sht, baliq, tuxum va sutli maxsulotlardan umuman tiyildi. Tuz, un maxsulotlari va dukkakli ekinlardan tayyorlangan taomlarni yemadi. Har kuni o‘n daqiqagacha 40 daraja issiqlikda vanna qabul qilishni yozib berdim va har kuni piyoda kvartalni aylanib sayr qilish, xar uch kundan keyin esa bir kvartaldan, qushib borish va oxirida doimiiy ravishda xar kuni 9 kilometr masofani piyoda yurishni tavsiya etdim.Ochlik, parxez va jismoniy mashqlar bilan qo‘lga kiritilgan g‘alaba
Har xaftada u 36 soatlik, keyinroq esa bir marta yetti kunlik va bir marta o‘n kunlik ochlikka o‘tdi. Bir yildan keyin bu kishini bazo‘r tanirdingiz. Bunday o‘zgarishdan uning oilasi va do‘stlari xam hayratga tushdilar. Uning bo‘g‘inlari xarakatchan bo‘lib qoldi. U ko‘p yillar suvda suzmagan bo‘lsa xam, yoshlar Xristion assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lib kirdi va xaftasiga 2-3 kun cho‘milib turdi. U ko‘p vaqt velosipedda yurmagandi va endi ko‘plab kilometrni velosipedda bemalol bosib o‘tardi. Xotini bilan o‘yinga tusha boshladi va bir yildan so‘ng esa o‘yin bo‘yicha ko‘rik g‘olibi xam bo‘ldilar. Bo‘g‘inlaridagi azoblardan xalos bo‘lgach, pionina sotib oldi va ajabtovur chala boshladi. Mister Evans yildan yilga yosharib borardi. Og‘riqlar uni tark etdi. Buning xammasiga uning o‘zi erishdi, men faqat uning o‘zi o‘ziga yordam qilishi uchun ko‘maklashdim, xolos. Men unga biron marta ko‘limni ham tekizganim yuk, fizioterapevt shifokor sifatida unga sog‘lom turmush tarzi dasturini tuzib berdim, xolos. Xozir esa u xar xaftada 24-36 soat och yuradi. Xar yili 4 marta, qish, ko‘klam, yoz va kuzda 10 kundan ochlanadi. Uning xarakatlari yigirma yashar yigitniki singari tez va aniq bo‘la boshladi. Bunday yutuqqa erishishi uchun albatta, bir kun, xafta yoki bir oy emas ko‘p vaqt kerak bo‘ldi. Toksin kislotasi kristallaridan to‘liq xalos bo‘lish uchun esa ko‘p vaqt talab qilinadi. Mister Evans qilgan ish xar birimizning qo‘limizdan keladi. Organizm o‘zi-o‘zini davolaydi, tiklaydi va qo‘llaydi. Bizdan talab qilinadigani tabiat qonunlari asosida yashash, shunday qilsak, tabiat bizni xayot quvvatlari bilan siylaydi. Sizning bo‘g‘inlaringizga halal berayotgan toksin kislotasi kristallaridan xalos bo‘lish dasturining asosiy qismi ochlikdir. Siz endi bo‘g‘inlaringiz muddatidan oldin qarib qolishidan o‘zingizni xalos qilishni bilasiz. Paysalga solmay, 24 soatlik ochlikdan boshlang. Bu sizning bo‘g‘inlaringizga qanday ta’sir qilayotganiga o‘zingiz ishonch xosil qilasiz. Hozirning o‘zida boshingizni ikki tomonga chayqab va aylantirib ko‘ring, g‘ichirlaganga o‘xshash ovoz eshitasiz. Bu esa umurtqangizning yuqori qismida toksin kristallarining to‘planib qolganini bildiradi. 24 soatlik yoki 7 kunlik ochlik bu oshiqcha narsalardan birdaniga tozalamasa-da, chiqib ketishining boshlanishi bo‘ladi. Haftada bir marta, bir yilda 52 marta och yurish esa tanangizdagi hayotiy quvvat yordamida bo‘g‘inlaringizni kislota kristallaridan to‘liq tozalash imkonini beradi. Xar bir ochlikdan so‘ng bo‘g‘inlaringizning erkinroq xarakat qilayotganini seza borasiz. Qovushmaganlik o‘rnini yoshlik va yengillik tuyg‘ulari egallab boradi.© Pol Bregg «Ochlik mo’jizasi» kitobi. Ziyouz.uz
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mustahkam salomatlik ovqatlanishga bog‘liq ( 30-qism )