Tizzada nega og‘riq paydo bo‘ladi? Bu qanchalik jiddiy? Va hokazo shu kabi savollarni har birimiz ertami kechmi beramiz. Statistika bo‘yicha tizza bo‘g‘imi kasalliklari bilan aholining 50 % i zararlanadi va bu holat eng ko‘p tarqalgan patologiyalardan biri hisoblanadi. Tizzada og‘riqlar kuzatila boshlasa, birinchi navbatda uning sababini aniqlash zarur.
Tizza og‘rishi sabablari
Odatda og‘riq tizza bo‘g‘imining o‘zi zararlanganda paydo bo‘ladi, ammo bu har doim ham emas. Quyida tizza og‘rishiga olib keluvchi sabablar haqida batafsil ma’lumot beramiz:- Tizza bo‘g‘imi artrozi (gonartroz) – bo‘g‘im to‘qimalarining degenerativ buzilish jarayoni, uzoq muddat davom etganda bo‘g‘imlar deformatsiyasiga va uning harakati cheklanishiga olib keladi.
- Tizza bo‘g‘imi artriti (gonartrit, gonit) – yallig‘lanishli jarayon. Mustaqil kasallik ko‘rinishida ham, boshqa kasallik simptomi yoki asorati sifatida ham kelib chiqishi mumkin.
- Meniskopatiya – menisklarning jarohatlanishi. Jarohat natijasida kelib chiqadigan o‘tkir va kuchli og‘riq. Patologiyani davolamasa, surunkali shakliga o‘tadi va deformatsiyalangan bo‘g‘im artrozlariga olib keladi.
- Qon tomirlarda buzilish tufayli og‘riq – bo‘g‘imlarning patologiyasi emas, lekin bu muammo bilan 10 % ga yaqin bemorlar ortoped-shifokorlarga murojaat qilishadi.Bunda bo‘g‘imda qon aylanishi buzilgani hisobiga og‘riq kelib chiqadi va bir umr bezovta qilishi mumkin.
- Tizza bo‘g‘imi payining yallig‘lanishi (periartrit) – tizza ichi sohasida og‘riq bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi, zinadan tushganda va chiqqanda og‘riq kuchayadi. Ko‘pincha 40 yoshdan oshgan, semiz ayollar kasallanadilar.
- Chanoq-son bo‘g‘imi artrozining tizza bo‘g‘imida “akslanishi” (koksartroz) – bunday holatda tizza bo‘g‘imida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi, harakatlanish chegaralanmaydi, rentgenogrammada tizza bo‘g‘imi o‘zgarmagan bo‘ladi. Ushbu simptom bilan 3-4 % bemorlargina aziyat chekishadi.
- Jarohat natijasida;
- Tug‘ma patologiyalar;
- Autoimmun kasalliklar;
- O‘sma kasalliklari.
Og‘riqning xarakteriga qarab, tizza og‘rig‘i sababini aniqlash mumkinmi?
Og‘riqning taxminiy sabablarini, og‘riqning xarakteriga qarab aniqlab olsa bo‘ladi. Masalan, to‘mtoq, surunkali, harakatlanganda og‘riq kuchayishi, ertalab uyqudan uyg‘onganda kelib chiqadigan og‘riq va bo‘g‘imlarda “qarsillash” belgilari bo‘lishi – artrozdan dalolat beradi.- Agar tizza bo‘g‘imida shish va mahalliy harorat oshishi kuzatilsa – bu artritdan dalolat berishi mumkin.
- Doimiy yoki tez-tez takrorlanuvchi (ayniqsa, tunda kuchayadigan), simillovchi og‘riqlar – oyoq venalarining trombozidan dalolat beradi. Bu kasallik jiddiy bo‘lib, hatto inson hayotiga xavf solishi ham mumkin. Shuning uchun kasallik belgilari kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat etish kerak.
- Agar og‘riq kuchli va to‘satdan kelib chiqsa – bu menisklar jarohatlanganidan dalolat beradi.
- Tizza bo‘g‘imining har ikkalasida ham simmetrik og‘riqlar kuzatilishi – revmatizm, revmatoid artrit va boshqa kasalliklardan darak bo‘lishi mumkin.
Tizza og‘rishini davolash usullari
An’anaviy davo
Bo‘gimlardagi og‘riqlar – inson hayot sifatiga salbiy ta’sir etuvchi holat. Ko‘pincha og‘riq kuchi tufayli harakatlanish cheklanadi. Ayniqsa, tizza sohasidagi diskomfortlar tufayli, inson yurish qobiliyati ancha pasayadi. Aholining ko‘pgina qismi ushbu holat bilan uchrashadi va ularning barchasi davo choralari ko‘rish uchun turli xil usullardan foydalanishadi. Xo‘sh, eng samarali va ishonchi usullar qaysilar? Agar sizni tizza og‘riqlari qiynayaptimi – davolashi keyinroqqa qoldiring! Ha, aynan shunday, chunki tizza og‘rishiga asl sababni aniqlash va undan keyingina davolashni boshlash shart. Faqatgina mahalliy qo‘llanuvchi maz va gellar bilan kasallikni butunlay davolab bo‘lmaydi, shifokor tavsiyalariga ko‘ra davoni kompleks ravishda olib borish kerak. Umuman olganda umumiy davo choralari quyidagilarga yo‘naltirilgan:- Og‘riqsizlantirish;
- Og‘riq chaqiruvchi omilni bartaraf etish;
- Bo‘g‘imning normal strukturasi va funksiyasini tiklash.
Xalq tabobati
Albatta, har qanday kasallikni ona tabiat noz ne’matlari yordamida davolasa bo‘ladi. Xalq tabobati usullaridan uy sharoitida ham bemalol foydalansa bo‘ladi. Yaxshisi, xalq tabobatini tibbiy davo choralari bilan birgalikda olib borilsa, ijobiy natijalarga erishish darajasi yuqori bo‘ladi. Tizza bo‘g‘imi og‘riqlarida xalq tabobati bilan davolash – qizdirish va ortiqcha tuzlardan xalos etishga qaratilgan. Bular dorivor o‘simliklardan tayyorlangan vannalar, kompresslar va malham surtishlar. Ko‘pincha xalq tabobatida tizza sohasidagi og‘riqlarni kamaytirish uchun kompress qilib, tabiiy asal va asal mahsulotidan (propolis) foydalaniladi. Tizzaga surtish uchun esa – tabiiy hayvon yog‘laridan, vannalar uchun – tuz, soda, ot quloq, moychechak va boshqa o‘simliklardan tayyorlangan vannalardan foydalanish kerak. Muolaja davomiyligi ehtiyojga ko‘ra va organizm xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Og‘riqni qoldirishda qizdiruvchi maz va kompresslar yaxshi samara berishi mumkin. Ularni uy sharoitida ham tayyorlasangiz bo‘ladi. Quyida bir necha retseptlar tayyorlanishi haqida ma’lumot beramiz:- Bir choy qoshiq tuz va bir choy qoshiq ichimlik sodasini aralashtiriladi, unga 7 tomchi yodli eritmadan tomiziladi. Tizzani iliq suv bilan ho‘llaniladi va aralashmani tizzaga qo‘yiladi. Aralashmani tizzada 15 daqiqa ushlab turilib, so‘ngra iliq suv bilan yuvib tashlaniladi. Undan keyin tizza sohasiga vitaminli kremlar surtiladi. Davo natijasini 5-6 muolajadan so‘ng seziladi.
- 100 gr quruq qalampir (suxoy gorchitsa) va 100 gr kamfora yog‘i aralashtiriladi. 2 dona tuxum chaqib, aralashmaga qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan malhamni tizzaga surtib, junli mato bilan o‘rab qo‘yiladi. Muolajani og‘riq qolgunga qadar davom ettiriladi.
- Achchiq qalampir nastoykasi. Nastoyka hajmiga teng hajmda spirt yoki aroq aralashtirilib va og‘riqli tizza sohasiga kechki vaqt uyqudan oldin surtiladi.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Bo'g'im og'rishi - sabablari, diagnostikasi va davolash usullari