“Men jonim bilan och yurgan bo‘lardim, chunki ochlik o‘zining ajoyib mo‘’jizasi bilan yordam qilishiga ishonaman. Lekin och yurishning birinchi uch kunidagi azoblarga chiday olmayman”. Men o‘z ma’ruzalarimda ochlik mo‘’jizalari xaqida gapirganimda bunday so‘zlarni ko‘p eshitganman. Bunday kishilarga bitta maslaxatim bor “Tishni tishga bosib bo‘lsa-da, kuling”; “Men bir safar och yurib ko‘rdim, lekin shunday darmonsizlandim va o‘zimni shunday yomon xis qildimki, natijada ovkatlanib qo‘ydim.” Mana bu men doim eshitadigan xangomalardan yana biri.
Men shu kitobning biron joyida ochlikni o‘tkazish oson deb aytmadim. Ovqat xayotimizda shu darajada muxim o‘rin olganki, agar ovqatni olib qo‘yib, och yurasan deyishsa, ular jismoniy va ruhiy jixatdan qattiq qiynaladilar. Ochlikning keng yoyilishi yo‘lidagi asosiy to‘siq - shu! Odamlar odatlarning qulidirlar. "Men xar zamonda Gavaya orollaridagi yangi va ajoyib Rokfeller mexmonxonasida bo‘laman. Bu yaxshi amerika mexmonxonasida yashash va ovqatlanish uchun birdaniga pul to‘lash lozim bo‘ladi. Ertalabki nonushta 7.30 da, tushlik 12.30 da va kechki soat 7 da. Xar safar men oshxona yonidan shu vaqtlarda o‘tsam mehmonlar eshik oldida oshxonaga kirish va qorinlarini tezroq to‘ydirish uchun sabrsizlik bilan kutishayotganini ko‘raman.
[su_quote cite="Tomas Edison"]Kelajak shifokori mijoziga dori bermaydi, lekin unga mos parhez bilan qiziqtiradi. [/su_quote]
Bu odamlar ayni shu vaqtda och edilarmi? Qanaqasiga shunday bo‘lishi mumkin? Ko‘pchilik plyajda ag‘nab yotish, karta o‘ynash yoki kitob o‘qishdan boshqa biron ish qilmaganlar. Ular ovqat yeyish uchun umuman hech qanday ish qilmaganlar, lekin mana shu aniq vaqtlarda ovqat yeyish lozimligiga ishonchlari komil. Xuddi shunday holat men Kaliforniyaga qaytayotgan kemada xam sodir bo‘ldi. U yerda ham bir to‘da odamlar oshxonaning eshigi qachon ochilishini sabrsizlik bilan kutardilar.
Yeyish uchun yashamang, yashash uchun yeng
Ovqat! Ovqat! Ovqat! Ehtimol bu insoniyatning, shukronasidir, lekin g‘amxonasi ham bo‘lishi mumkin. Meyoridan ko‘p ovqat yeb qo‘yish inson tanasiga ko‘plab zarar keltiradi. Lekin bir kun kelib ovqatni xazm qilish tizimi meyoridan ortiqcha ishni bajarishdan bosh tortadi. Buning oqibati esa o‘ta qayg‘uli. Ovqatni xazm qilish tizimining kasalligi xozirgi zamon kishilarining ofatidir. Bu kasalliklar ro‘yxatini boshida ich qotish turadi. Tonnalab tabletka, paroshok va boshqa dorilar ichakda to‘planib qolgan zaxarlarni tozalash uchun ishlatiladi. Rivojlangan zamon odamlari oshqozonlarini shu darajada ko‘p oziqlantiradiki, ularni hazm qilish va ajratish muchalari qayta ishlay va chiqarib tashlay olmaydilar. Buni hamma imkoniyatidan foydalanib bo‘lingan avtomashinadan yanada tezroq yurishni talab qilishga o‘xshatish mumkin. Ich qotishlar ko‘p kasalliklarga bosh sababchiligiga shubha yo‘q. Buning isboti uchun bir tajriba o‘tkazing. Tushlik qiladigan hamma ovqatingizni tayyorlab oling va yemang, ularning barchasini bir idishga solib suvli idishning ichiga quying. Bunda issiqlikning 38° bo‘lishini ta’minlang. Haroratning doimiy shunday bo‘lishiga e’tiborni qarating. Endi, sakkiz soatdan keyin ovqatingiz qanday ahvolda bo‘lishini bir ko‘ring. Birinchi, e’tiboringizni tortadigani - og‘ir ko‘ngilsiz hid. Keyin ovqat achib, gaz chiqara boshlaydi. Gaz bosimi insonga ko‘p ko‘ngilsizliklar olib keladi. U diafragmaga bosim o‘tkazishi va yurak o‘ynog‘i yoki boshqa ko‘ngilsizliklarga olib kelishi mumkin. Agarda tanada achigan ozuqalar uzluksiz toksinlar ishlab chiqaraversa, bosh og‘rig‘i va boshqa organlarda ham og‘riq turishiga olib keladi. Boshlang‘ich bakterialogiya guvohlik beradiki, yo‘g‘on ichakdagi hazm bo‘lmagan ovqat bakteriyaning ko‘payishi uchun eng yaxshi muhitdir. Shunday qilib, biz, o‘zimiz, o‘z organizmimizga ko‘p zararlar keltiradigan katta hajmdagi dushmanlarimizni ko‘paytirar ekanmiz. Agarda siz tez-tez shamollab turish kasaliga yuliqqan bo‘lsangiz, bilingki, ich qotish ana shu kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilarining yashashi va ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratadi. Xaddan tashqari ko‘p ovqat yutishingiz, ayniqsa ko‘plab , zararli ovqatlar yeyishingiz natijasida hosil bo‘ladigan toksin moddalari eng muxim muchalardan biri-jigarni ishdan chiqarishi mumkin. Tana uchun jigarning ahamiyati qanchalik muhim ekanligini har birimiz bilmog‘imiz lozim. Jigar - o‘zicha ulkan ximiyaviy laboratoriya bo‘lib, juda ko‘p vazifalarni bajaradi. U nafaqat o‘t ishlab chiqaradi, balki organizmni tozalovchi asosiy a’zo xisoblanadn. Ovqat hazm qilishning umumiy yagona jarayonida jigar va ichak xamkordirlar. Agarda shulardan biri xavf ostida qolsa, ikkinchisi unga yordamga shoshiladi. Agarda bunday holat tez-tez takrorlansa, mucha vayron bo‘ladi. Agar jigar va ovqat xazm qilish yo‘lining faoliyati buzilsa, odam jiddiy kasal bo‘ladi. Ana shuning uchun xam jigar kasallanishi va ko‘plab boshqa ko‘ngilsizliklar ich qotish bilan bog‘liq bo‘ladi. Tanani tozalash maqsadida ochlikka kirishganingizda ovqatdan tiyilish ancha qiyinchilik bilan kechadi. Ochlanganingizda tananing xayotiy quvvati zararli moddalarni qo‘zg‘atadi va modda almashinuvchi jarayoniga kiritib, oqibatda zararsizlantiradi. Ana shu zararli moddalar umuman chiqib ketgandan keyin, siz o‘zingizni ancha yaxshi xis qilasiz. Ochlanaverganingiz sari xar kuni sharoit o‘zgaradi. Tanangizdan ko‘p miqdorda zaxarli moddalar chiqayotganida siz o‘zingizni yomon xis qilasiz. Lekin shuni xam esda saqlash lozimki, uch kunlik ochlikka nisbatan, yetti kunlik ochlikdan keyin o‘zingizni yaxshiroq xis qilasiz. Sizga kulfatlar keltirgan toksin - moddalari ko‘proq chiqib ketganligi tufayli ana shunday bo‘ldi. O‘n kunlik ochlikning oxirida men boshlanishiga nisbatan o‘zimni kuchliroq xis qilaman. Tana qancha ko‘p tozalansa, xayotiy quvvat shunchalik ko‘p qo‘shilaveradi. Shuning uchun xam tanani tozalash davridagi barcha ko‘ngilsizliklarga bardoshli bo‘lib, tishni tishga bosib tabassum qiling. Chunki siz bilasizki, tozalanib bo‘lishingiz bilan o‘zingizni kuchliroq sezasiz. [su_quote]Tabiatni ayblamang, u o‘z vazifasini bajarayotir, o‘zingizni ayblang![/su_quote]© Pol Bregg «Ochlik mo‘jizasi» kitobi. Ziyouz.uz
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mustahkam salomatlik ovqatlanishga bog‘liq ( 30-qism )