Tirnoqlaringiz sinuvchan va mo‘rtmi? Hech hijolat chekmang, buni bartaraf qilishning osongina usullari mavjud. Quyida tirnoqlar parvarishi bo‘yicha sinalgan tabiiy usullar haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
- 1 osh qoshiq osh tuzini iliq suvda eritib, 2 tomchi yod eritmasini qo‘shing. Engil aralashtiringda, 15 daqiqaga qo‘llaringizni solib o‘tiring. Tuzli vanna sinuvchan tirnoqlar uchun jyda foydali. Faqat bir sharti bor: muolajadan so‘ng qo‘llar chayilmaydi va 15 kun davomida muntazam bajariladi.
- Yangi archilgan limon po‘sti bilan tirnoqlarni bir sidra artib oling. Bu muolaja nafaqat tirnoqlarni mustahkamlaydi, balki tirnoq atrofidagi terini yumshatib, dag‘allashishidan himoyalaydi.
- Dorixonalarda qavatma-qavat bo‘lib ko‘chib tushayotgan tirnoqlar parvarishi uchun maxsus kremlar mavjud. Bunday kremni tirnoqqa yaxshilab surtib, ertalabgacha qoldiriladi.
- Tirnoq plastinkasi yupqalashib, so‘ng sinib ketaversa, bir haftada 2 marta zaytun yog‘ini yordamga chaqiring. Tirnoq atrofiga zaytun yog‘idan surtib, engil uqalang. Yog‘ tirnoq atrofidagi teri va tirnoq plastinkasiga shimilishi kerak.
- Sinuvchan tirnoqlarni har hafta qaychilab turish lozim. Shunda uchi kaltalanib, asosi mustahkamlanib boraveradi. Yuzasi ko‘chayotganida ahamiyat berilmasa, muammo tirnoq asosiga etib borishi mumkin.
© Darakchi.uz
Ushbu maqolani ham o'qing:
Skolioz bo‘lgan qiz homilador bo‘la oladimi?