Tarvuzli diyeta – bu boshqa diyeta turlariga qaraganda xaqiqatanda shafqatsiz diyeta turi hisoblanadi. Bu diyetada faqat tarvuzdan foydalanamiz. Siz gavdangizga qarab 10 kg og‘irligingizga 1 kg tarvuz go‘shtini iste’mol qilishingiz kerak. Masalan, agar siz 60 kg bo‘lsangiz, unda siz kuniga 6 kg tarvuz yeyishingizga to‘gri keladi. Buni yegandan so‘ng to‘yganingizni his qilasiz.
Bu diyeta vaqtida tarvuzdan boshqa narsa yeyish mumkin emas, xatto oz miqdorda ham yeyish kerakli natijani bermaydi. Siz hohlagan vaqtingiz tarvuz yeyishingiz mumkin, ammo boshqa narsa emas.
Spirtli ichimliklar mumkin emas!
Chanqasangiz oddiy gazsiz yoki qaynatilgan suv ichishingiz mumkin, spirtli va gazli ichimliklar ichish taqiqlanadi. Tarvuzli diyeta davrida tanadagi ortiqcha vaznni suyuqlik orqali chiqarib tashlanadi. Bu diyeta kuchli diyeta hisoblanib, bu diyetani ko‘proq vazn yo‘qotish maqsadida 5 kundan ortiq tutish yaxshi oqibatga olib kelmaydi. Aksincha, tarvuzli diyeta davomida o‘zingizni yomon his qilishni boshlasangiz, bu diyetani to‘xtatishga harakat qiling. Bu diyetaning arzigulik tomoni shundaki buni amalga oshirish oson va bu diyeta samarali. Bundan tashqari, tarvuz deyarli hammaga birday yoqadi, jonga ham tegmaydi, asosiysi ozishga och qolib yoki kam yeyish bilan erishmaysiz. Ushbu maqolani ham o'qing:
Skolioz bo‘lgan qiz homilador bo‘la oladimi?