1
(1)

Siz biror xil taqinchoq (zirak, uzuk, zanjir) sotib olmoqchisiz. Uning sifati qay darajada ekanligi, taqib yurilganda teriga salbiy ta’siri bor-yo‘qligini avvaldan bilishingiz qiyin, albatta. Chunki ayrim taqinchoqlarni taqqanda teri ta’sirlanib, unda qizarishlar paydo bo‘ladi. Buning bir nechta sabablari bor.

taqinchoq

Zirak quloqni og‘ritsa

Taqinchoq teriga zarar yetkazishining sababaliri quyidagicha:

  • Taqinchoqni ulash va qayta ishlash jarayonida uning kuyundisi qolsa, asorat berib, taqqan kishi terisida dermatitni yuzaga keltiradi. Taqinchoqlarni yasashda ishlatiladigan kanifol teriga juda yomon ta’sir qilishi mumkin.
  • Taqinchoqlar sotiladigan do‘konlarda mahsulotlar xaridorlarga taqib ko‘rish uchun beriladi. Birgina zirak yoki zanjir sotib olmoqchi bo‘lgan xaridor bir nechta taqinchoqni taqib ko‘radi. Qarabsizki, taqinchoqlarning ko‘pchiligi xaridorlardagi teri xastaliklari infeksiyalari bilan “boyiydi”. Shu jarayon orqali ham taqinchoqlar allergiyasi vujudga keladi.
  • Taqinchoq taqish uchun noqulay yasalgan bo‘lishi mumkin Aksariyat hollarda ayollar quloqqa yopishib turadigan yoxud quloqni og‘ritadigan ziraklarni taqib olishadi. Bunda quloq terisi ta’sirlanib, shu sohada og‘riq turadi.
  • Bir qator metallar teriga tekkanda xususiyatini o‘zgartiradi. Shu sababli teri yallig‘lanadi, toshma toshib, yaraga aylanadi, hatto teri qizarib, pufakchalar hosil bo‘ladi.

Taqinchoq arzon bo‘lsa, ziyoni ko‘p

Metalldan yasalgan arzonbaho taqinchoqlar nechog‘li chiroyli ko‘rinmasin, ularning zarari ham borligini unutmang. Tanaga tegib turadigan ayrim metallarning nojo‘ya ta’siri tufayli allergiya kelib chiqishi mumkin. Arzon taqinchoqlarning ko‘plab turlarida toksinlar(zaharlar) borligi aniqlangan.

Kiyimga mos qilib taqiladigan turli rangdagi ziraklar qanchalik yirik va og‘ir bo‘lsa, quloq solinchaklariga shunchalik ko‘p zarar yetkazadi. Og‘ir ziraklar terini tortadi, quloqdagi teshikni yanada kattalashtiradi.

Ko‘pincha og‘ir ziraklarni muntazam taqib yurish tufayli quloq terisi yirtilib, oqibatda jarroh aralashuvi zarur bo‘ladi.

Ayrim taqinchoqlar ikki-uch haftadan keyin allergik reaksiya beradi, oqibatda teri qichishadi va boshqa yoqimsiz holatlar kuzatiladi. Bunday paytda asosiy davo zirakni quloqdan yechib, asorat tezroq bitishi uchun shifokor tavsiya etgan maxsus mazlardan foydalangan ma’qul.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Homiladorlik taqvimi: 10-hafta

Urfga ergashib, sog‘liqni yomonlashtirmang

So‘nggi urfga ko‘ra kiyinib yasanadigan qiz-juvonlar ba’zan o‘z sog‘liqlariga ziyon yetkazayotganini bilishmaydi. Taqinchoqlardan tashqari ochiq-sochiq tikilgan liboslar, hatto ba’zi poyabzal turlari va badanni siqib turuvchi maxsus ich kiyimlarning zarari ham yo‘q emas.

“Slansi” poyafzalini endilikda faqat qizlargina emas, balki katta yoshdagi ayollar ham kiyib yurishadigan bo‘ldi. Ammo uning zararini hamma ham bilavermaydi. Bunday poyafzal kiyilgach oyoq kafti erkin harakatlana olmaydi, shuningdek, poyabzal yechilib ketmasligi uchun barmoqlar o‘rtadagi birgina ipni doimo siqib turishga majbur bo‘ladi va oqibatda zo‘riqadi.

Zo‘riqishdan so‘ng tizza, boldir va belda og‘riqlar paydo bo‘ladi. Demak, bu poyabzal turini xush ko‘ruvchilar undan voz kechishsa yoki ayrim paytlardagina kiyishsa yaxshi bo‘lardi.

Korreksiyalovchi (qattiq siqib turuvchi) ichki kiyimlar badanning yog‘ to‘planib, “bo‘rtgan” nuqsonlarini ko‘zdan nari qilishi mumkin. Lekin ular muntazam kiyilsa nerv tolalari siqiladi, terida taram-taram chiziqlar xosil bo‘ladi. Nafas olish qiyinlashishi, qorin sohasi ezilishi tufayli ichaklar ishi yomonlashishi, hatto terida zamburug‘li infeksiyalar rivojlanishi ham mumkin.

Demak so‘nggi urfdagi liboslarni kiyib, turli zeb-ziynatlardan foydalanadigan qiz-juvonlar avvalo ularning zarari kamrog‘ini tanlaganlari ma’qul.

 

Allergiya alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Teriksdir.

Teriks bu – qobiq bilan qoplangan 10 mg n10 (1×10) tabletkalar (blister ko’rinishida).

1 ta qobiq bilan qoplangan tabletka tarkibi:

Faol modda: cetirizin dihidroxlorid 10 mg. Yordamchi moddalar: Makkajo’hori kraxmali, monogidrad laktoza, PVP K30, magniy stearat, Sheffcoat white 04 5X00257/5X00266 (Gidroksipropilometilsellyuloza, titan dioksid, polietilen glycol / makrogol).

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/teriks

Allergiyada keng qo’llaniladigan boshqa preparatlar: Zodak, Fenistil gel, Allerkaps, Alsetro, Aldes, Zefeksal, Klaridol va hk.

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Quloq oqqanda ona sutini sog‘ish to‘g‘rimi?

© Mehribon QURBONOVA,
dermatolog-venerolog shifokor.
«Sihat-salomatlik» jurnali.