Soch parvarishi

MAQOLALAR

ico
Soch to‘kilsa, nima qilish kerak?
Avvalambor, ushbu savolni berish chog‘i vahimaga tushmaslik lozim. So‘ngra sochlaringiz chindan ham patologik ravishda to‘kilyaptimi yoki shunchaki eski sochlarning yangilariga fiziologik almashinuvi sodir bo‘l­yaptimi, buni aniqlab olish zarur. Kuniga 30 tadan 100 tagacha soch tolasi to‘kilishi meyor sanalib, bunda o‘z umrini «yashab bo‘lgan» tolalar to‘liq ravishda yangilanadi.

Soch to‘kilishini aniqlash testi

Sochlaringizning bir tutamini qattiq ushlab, shoshmasdan ohista pastga qaratib siltamasdan torting. Agar shundan so‘ng qo‘lingizda 6-7 dona tola qolsa, soch to‘kilishining boshlang‘ich bosqichi yuz berayotgan bo‘lishi mumkin. Sochning patologik to‘kilishining ko‘p uchraydigan sababi soch follikulalari o‘sishi qismidagi qon tomirlarining tez-tez va davomli ravishda qisilishi (spazm) hisoblanadi. Tomirlarning siqilishi stress yoki sochlarga sovuq haroratning ta’siri (sovuq kunlarda bosh kiyimsiz yurish) oqibatida ro‘y berishi mumkin. Eng kam uchraydigan sabab boshda zamburug‘ infeksiyasi (mikrosporiya, trixofitiya), shuningdek, kim­yo­terapiya o‘tkazilishi bo‘lishi mumkin.

Damlamalardan foydalaning

  • Soch o‘sishini tezlashtiruvchi damlamalardan biri chakamug‘ ildizidir. 10-15 g ildizni 0,5 litr qaynoq suvga damlang. Ushbu damlamadan avvaliga haftada 2-3, keyinchalik 1 marotaba foydalanishingiz mumkin.
  • Soch ildizi mustahkamlanib, o‘sishi uchun terak kurtagi, qayin kurtagi va barglari (1 stakan giyoh 1 litr suv nisbatida) damlamasini qo‘llang.
  • Tuyatovon va qichitqi o‘t (50:50) damlamasi bilan sochlaringizni chayib turing.
  • Har kuni sarxil aloe sharbatini boshingizning soch to‘kilayotgan qismlariga suring.
  • Sochlaringiz mayin, qalin va jilokor bo‘lishi uchun 1 ta tuxumga  2 osh qoshiq kanakunjut yog‘i, 1 choy qoshiq sirka aralashmasi va 1 choy qoshiq glitserin qo‘shib ko‘pirtiring. Niqobni bosh teringizga surib, sochlaringizni issiq sochiq bilan o‘rang. Biroz vaqt bug‘ vannasida o‘tirib, so‘ngra yuving.
  • Yuvilgan sochlaringiz orasidan farq ochib, 0,5-1 osh qoshiq tuzni surib chiqing va 15 daqiqaga polietilen shapka kiying. So‘ngra iliq suvda chayib oling. Ushbu niqobni 6-10 marta qo‘llaganingizdan ke­yin sochlaringiz to‘kilishdan to‘x­taydi.

Massaj muolajasi

Zamburug‘ infeksiyasi va qon bosimi bilan bog‘liq xastaliklarida boshni uqalash aslo tavsiya etilmaydi. Qolgan holatlarni massaj muolajasi haftasiga 2-3 marta, albatta yuvilgan boshda yoki sochlarni yuvishdan oldin o‘tkaziladi. Bosh barmoqlaringizni quloqlaringiz ustiga qo‘yib, qolgan barmoqlaringiz bilan peshanadagi bosh terisidan boshlab, (o‘z navbati bilan boshning chakka va tepa qismlarini ham) ensaga qarata aylana harakatlar yordamida uqalashni boshlang. Boshning qon tomirlari joylashuvini hisobga olib, harakatlar albatta peshanadan ensa, gardan tomonga yo‘naltirilishi lozim. Shuningdek, massajni xuddi shu yo‘­sinda tibbiy cho‘t­ka yordamida amalga oshirish mumkin. Mavzuga aloqador foydali maqolalar: 

 © "Bekajon" gazetasi.

 
ico
Sochlarni to‘g‘ri parvarishlash usullari
Soch — ayollar go‘zalligining ajralmas qismidir. Ba’zilarning sochlari tabiatan sog‘lom va ko‘rkam bo‘lsa, ba’zilar bunga erishish uchun sochlarini muntazam ravishda parvarishlab turishiga to‘g‘ri keladi. Biroq shuni ham tan olish kerakki, eng go‘zal sochlar ham yetarlicha e’tibor qaratilmasa, xira va nursiz ko‘rinib qoladi. Muammoni hal qilish uchun eng oson yo‘l — go‘zallik saloniga murojaat qilish mumkin, ammo buni uy sharoitida amalga oshirib, yanada ko‘proq samaraga ham erishish mumkin. [caption id="attachment_10264" align="aligncenter" width="544"]soch parvarishi Foto: Depositphotos[/caption]

Sochlarni yuvish

Sochlarni parvarishlashning eng oddiy usuli — ularni yuvish, biroq bu siz o‘ylaganchalik oddiy jarayon emas. Zarur bo‘lgan natijaga erishish uchun, avvalambor, sochingiz turiga qarab to‘g‘ri shampunni tanlay bilish lozim. Yuvib bo‘lgandan so‘ng, sochga konditsioner yoki balzam suring, bu sochlarning yaxshi taralib, silliq ko‘rinishini ta’minlaydi. Yodda tuting, ushbu vositalarni sochning o‘rta qismidan boshlab suring; ildizidan sursangiz, sochlar yog‘li bo‘lib qoladi. Boshni yuvishda issiq suv ishlatmang, bu keyinroq sochlarning yomonlashib, to‘kilib ketishiga olib kelishi mumkin. Sochlarni iliqqina suvda yuvgan ma’qul, oxirida esa sovuq suvga bir chayib oling.

Sochlarni quritish

Sochni tabiiy usulda quritish eng maqbulidir. Hayotingizni fensiz tasavvur eta olmasangiz, unda issiq havoni sovug‘iga almashtiring. Fendagi bunday rejim sochlarga kamroq shikast yetkazadi. Bundan tashqari, qizdirib taqiladigan bigudi, ployka, soch tekislagichlardan iloji boricha kamroq foydalanishga harakat qiling. Ularni ishlatish chog‘ida sochlaringizga issiqlikdan himoya qiluvchi sprey sepishni unutmang.

Sochni tarash

Sochlarni parvarishlashda to‘g‘ri taroq tanlay bilish muhim omildir. Bosh terisiga zarar yetkazmasligi va sochlarni zaryadlamasligi uchun metall taroqdan foydalanish kerak emas. Eng yaxshisi yog‘och yoki plastmassa taroqdir. Sochlarni tarashni uchidan boshlash va asta-sekinlik bilan ildizigacha olib borish lozim. Sochlar chuvalashib qolgan bo‘lsa, uni qo‘lda ochib, so‘ng tarashda davom etish lozim. Yodda tuting, sochlarni ho‘lligida tarash mumkin emas, aks holda ular qattiq cho‘zilib ketadi, natijada soch tuzilishi buzilib, qoplamasi ko‘chadi va sochlar to‘kila boshlaydi.

Soch uchini tekislab turish

Kiyimga ishqalanish, tarash va iqlim sharoitlaridan eng ko‘p sochlar uchi zarar ko‘rishi tufayli, ularni vaqti-vaqti bilan kesib turish zarur.

Sochlarni himoyalash

Ko‘chaga chiqqan vaqtda, ayniqsa shamolli havoda sochlarni kokil qilib o‘rish yoki rezinka bilan yig‘ishtirib qo‘yish lozim. Bundan tashqari, sochlarni qishda sovuqdan, yozda jaziramadan himoya qilish uchun bosh kiyimi kiyib yurish zarur.

To‘g‘ri ovqatlanish

Sochlar sog‘lom bo‘lishida to‘g‘ri ovqatlanishning o‘rni alohida. Ovqatlanish ratsioningizga albatta asosiy ozuqa guruhlari elementlarini kiriting, bular — dukkaklilar, donlar, qatiq mahsulotlari, go‘sht, baliq, sharbatlar hamda meva va sabzavotlar. Shirinliklar, qovurilgan va achchiq taomlarni kamroq iste’mol qiling,
alkogol va chekishdan voz keching. Va albatta zarur miqdorda toza suv ichib turing.

Soch uchun niqoblar

Uy sharoitida qo‘llash mumkin bo‘lgan niqoblarning turi ko‘p. Ularning eng oddiy va samaralilaridan biri qatiqdir. Qatiqni sal isitib, sochlaringizga suring va 40 daqiqa ushlab turing. So‘ng boshingizni har doimgidek shampun bilan yuvib tashlang. Bunday usul sochni muloyim qilib, uni oziqlantiradi va namlantiradi. Yana bir ommabop niqob asallidir. Undagi mineral va vitaminlar sochning to‘kilishi oldini olib, qazg‘oqdan qutulishda ham asqotadi. Foydali maqola: Sochlarni to‘g‘ri yuvish haqida tavsiyalar

© Daryo.uz

ico
Soch parvarishi. Bunda nimalarga ahamiyat berish kerak?
Boshimizda 100 ming dona atrofida soch tolasi bor. Shundan kuniga 50-100 ta to‘kilishi me’yoriy holat hisoblanadi. Bundan ortiq to‘kila boshlasa, chora ko‘rishga kirishing! Odatda erkaklar sochlari haqida ayollar kabi qayg‘urishmaydi. E’tiborsizlikning oqibati esa og‘ir bo‘lishi mumkin. Vaholanki, oddiygina qoidalar bilan soch umrini uzaytirsa bo‘ladi. Soch parvarishini deyarli har kuni amalga oshirish lozim: sochni yuvish, tarash va quritish. soch parvarishi

To‘g‘ri tanlang

Shampun va balzam sochingiz turiga mos bo‘lsin. Agar bu borada ikkilansangiz, sartarosh bilan maslahatlashing.

Yuvish

Tana kabi sochga ham tozalik kerak. Yog‘li sochni har 2-3 kunda, quruq sochni esa har 5-6 kunda yuvish lozim. Suv juda issiq bo‘lmasin.

Yaxshilab tarang

Sochni har kuni tarab turing. Bu bosh terisida qon aylanashini yaxshilashga va yog‘ bezlari sekretining sochlar bo‘ylab teng tarqalashiga yordam beradi. Sochni ildizidan uchiga qarab tarash kerak. Ho‘l sochni ehtiyotkorlik bilan tarang.

Quritish

Yog‘li va normal sochlarni fen bilan, quriqlarini sochiq bilan quritgan ma’qul.

Muntazam kaltalating

Sochni muntazam ravishda kaltalatib turish nafaqat tashqi ko‘rinish uchun, balki sochning sog‘lomligi uchun ham kerak. Har uch-to‘rt haftada sartaroshga borib turishni unutmang.

Bosh terisiga e’tibor

Bosh terisidagi har qanday o‘zgarishlar, jumladan, qichishish, yallig‘lanish, kepak yoki sho‘ralashishga bee’tibor bo‘lmang. Sochning holati salomatligingiz aksi ekanligini ham unutmang. Soch to‘kilishi, seboreya paydo bo‘lishi yoki boshqa biror salbiy o‘zgarish kuzatilishi bilan shifokor (dematolog)ga murojaat qiling.

Bosh kiyim

Sochlaringizni qishda qaharaton sovuqdan, yozda esa jazirama sovuqdan bosh kiyim bilan asrang. Foydali maqola:
Ayollar uchun sochlarni to‘g‘ri parvarishlash usullari

© Tib.uz nashri

ico
Sochlarning to‘kilishi, "gullashi" va qazg‘oqqa qarshi!
«Ta’bi nozik» soch­larimiz har bir mavsumda,  ayniqsa kuz faslida alohida parvarishni talab etadi.  Shampun tanlashda ikkilansangiz,  qazg‘oq,  soch to‘kilishi yoki yog‘lanib ketishidan shikoyat qilsangiz,  quyidagi tavsiyalarga amal qiling.

Soch «gullaganda»

«Gullab»,  sinib-sinib borayotgan sochlaringizning bir necha santimetridan hech ikkilanmay voz kech­ganingiz ma’qul.  Bu birinchidan,  tartibli ko‘rinish bersa,  ik­kinchidan,  soch ildizi parvarishi buzilganda kaltaroq tolalarni «oziq­lantirish» imkonini beradi.  Endi uy sharoitidagi muolajalarga kirishishingiz mumkin.

Shampun tanlashda adashmang

Birinchi galda vositalarning ikkitasi 1 da («2 v 1») turi — kompleks parvarishdan hozircha,  bahorgacha voz kechib turing.  Shampun va balzam (konditsioner)ni alohida flakonlarda xarid qi­ling.  Bugungi kunda do‘kon rastalaridan shampunь,  balzam,  soch uchun maxsus niqoblarning anvoyi xillarini topishingiz mumkin.  Kunlar soviy boshlaganda boshni harorati balandroq suvda yuvmagan ma’qul.

«Qazg‘oq dastidan do-od! »

Sochdagi qazg‘oqdan xalos bo‘lish va tez sinishining oldini olish uchun tuxum ko‘pigi bilan yuvish tavsiya etiladi.  Bu­ning uchun tuxumni oz­roq suv bilan yaxshilab ko‘pirtirish lozim.  Sochlaringizni ko‘pik bilan yuving,  avval oddiy suv bilan,  so‘ngra nordon (masalan,  limon kislotali) suv bilan obdon chaysangiz kifoya.

Qo‘lbola shampun tayyorlaymiz

Umuman olganda,  doim ham flakondagi shampundan foydalanish shart emas.  Tuxum sarig‘i soch ildizini mustahkamlaydi.  Oqidan ajratilgan tuxum sarig‘ini ko‘pirtirib,  biroz suv va 50 ml aroq qo‘shing.  Tayyor aralashmani bosh terisiga uqalovchi harakatlar bilan surting.  So‘ng iliq suvda  ­cha­yib oling.

Yaxshisi,  qatiq!

Ko‘pchilik xonimlar sochlarini oddiy qatiqda yuvishni amalda sinab ko‘rishgan.  Soch tolalari va bosh terisiga qatiq surtib,  ro‘mol yoki sochiq bilan 10 daqiqaga o‘rab qo‘­yiladi.  So‘ng iliq suvda hech qanday yuvish vositalarisiz yuvib tashlanadi.

Sochlaringiz sog‘­lom ko‘rinishi uchun!

1 choy qoshiq bura (tanakor) va 2 osh qoshiq qir­g‘ichdan o‘tkazilgan bolalar sovunini 1 stakan moychechak damlamasiga aralashtirib,  2 soatga olib qo‘ying.  Aralashmani shampunь o‘rnida qo‘l­lashingiz mumkin.  So‘ng sochlarni kuchsizroq sirkali suv (1 litr suvga 1 osh qoshiq olma sirkasi) yoki nordon (1 litr suvga 0, 5 choy qoshiq limon kislotasi) bilan chayish mumkin.

Soch to‘kilishiga qarshi

2 ta tuxum sarig‘i,  1 choy qoshiqdan sarimsoq sharbati,  asal va aloe sharbatini oling.  Barchasini aralashtiring,  niqobni nam sochlaringizga surtib,  tsel­­­­­­­lofan paket va sochiq bilan o‘rab qo‘ying.  20 daqiqadan keyin boshingizni shampunь bilan yuving.  Sarimsoq hidini yo‘qotish uchun  sochlaringizni quruq xantal aralashtirilgan suvda chayib oling.

Yog‘li sochlar uchun

1: 1: 1 choy qoshiq nisbatda asal,  limon va aloe sharbati,  maydalangan bir palla sarimsoq aralashtiriladi.  Massa nam soch­lar ildiziga surtiladi.  30 daqiqacha sochiq bilan o‘rab qo‘­­­­­yilgandan keyin iliq suvda yuvib olinadi.

«Tim qora sochlarim…»

Agar sochlaringiz rangi to‘qroq bo‘lsa,  ularni chayish uchun qichitqi o‘t,  qulmoq (xmel),  qariqiz,  loviya qo‘zog‘i kabi damlamalardan foydalaning.  Chuningdek,  sochlaringiz yaltirab turishini istasangiz,  2 osh qoshiq choyni 1 litr suvda 5 daqiqa mobaynida qaynating.  Keyin sochlaringizni iliq damlamada chayib oling.

"Bekajon" gazetasi.

ico
Ayollar uchun maxsus: Soch ulatish
Zamona zaylini qarangki, hozirgi kunda kalta sochlarni ham bir zumda uzaytirish imkoni bor. Buning uchun biror go‘zallik saloniga borib, 1-2 soat vaqt sarflashning o‘zi kifoya. Qarabsizki, oylar davomida parvarishlab, «Qachon sochim uzayar ekan?» degan tashvishdan bir zumda xalos bo‘lasiz-qo‘yasiz. Bu qanday jarayon o‘zi? Keling, tanishib ko‘ramiz. soch ulatish

Ulama sochlar qayerdan olinadi?

Natijasi yaxshi chiqishini istaganlar faqat tabiiy ulama sochlarni tanlashadi. Bunday ulama sochlar maxsus firmalardan buyurtma asosida keltiriladi yoki sochini qirqib olishlarini so‘rab murojaat etuvchilardan qabul qilinadi. Ammo ulama soch uchun hammaning ham sochi to‘g‘ri kelavermas ekan. Sog‘lom, muammosiz, qalin va sifatli sochlargina ulama sochlar uchun kesilishi mumkin. Tabiiy soch kesib olingach, maxsus usullarda ishlov berilib, ulama soch ko‘rinishiga keltiriladi.

Soch ulatish

Hozirgi kunda soch ulatishning ikki turi mavjud. Bular:
  1. Boshning orqa tarafidan sochning yuqorigi bir qismi qalpoq sifatida qoldirilib, tag qismidan 30-40 soch tolasi birlashtirilib, bog‘lam ko‘rinishiga keltiriladi. So‘ng har bir bog‘lamga maxsus kapsula (temirli bo‘lishi ham mumkin) yordamida ulama soch biriktiriladi.
  2. Xuddi birinchisi kabi sochning tepa qismidan qalpoq sifatida qoldirilib, tagidan soch tolasi bir necha qismlarga ajratiladi. So‘ng yuqori haroratli maxsus apparat yordamida ulama soch asos sochlarga yelimlab yopishtiriladi.
Soch ulash jarayoni sochning uzunligi va ko‘rinishiga qarab 1,5-2 soat davom etib, bir yilda 4-5 martagacha takrorlash mumkin.

Haqiqiy sochlar uzunligi qancha bo‘lishi kerak?

Ulama sochlarni biriktirishda haqiqiy sochlarning uzunligi ahamiyatli emas. Hatto 5-10 sm. uzunlikdagi sochlarga ham soch ulash mumkin. Istagingizga ko‘ra, sochning uzunligi tanlanib, ixtiyoringizga ko‘ra turmaklanadi. Ulama sochlarni ham xuddi haqiqiy sochlardek jingalak qilish, rangini o‘zgartirish yoki maxsus soch dazmoli yordamida tekislash mumkin.

Kimlarga soch ulatish mumkin emas?

Bu tadbir faqatgina sog‘lom sochlarda bajarilishi kerak.
Soch to‘kilishi, siyraklashishi organizmning ichki holatidan kelib chiqib bezovta qilayotgan bo‘lsa, avval zarur muolajalarni olib, so‘ng soch ulatish mumkin. Shuningdek, teri sezuvchanligi yuqoriligida, kimyoviy terapiya olayotganlarga, kuchli ta’sir etuvchi antibiotiklarni qabul qilish vaqtida soch ulatish tavsiya etilmaydi.

Korreksiyalash...

Sog‘lom sochlar har oyda bir santimetrdan o‘sadi. Demakki, soch ulatgandan so‘ng 3-4 santimetrgacha o‘sishi mumkin. Bir martalik soch ulatishdan 3-4 oygacha foydalanish mumkin bo‘lsa, shundan kelib chiqib, 2,5-3 oyda bir marta ulama sochni korreksiya qildirish kerak. Bu jarayonda ulama soch yechilib, haqiqiy sochning o‘sgan qismi tekislanadi. So‘ng ulama sochga ishlov berilib, o‘sgan soch tolasiga qayta biriktiriladi.

Parvarishlash

Ulama sochlar parvarishi ham xuddi haqiqiy sochlarnikidek. Hatto yuvganda ham soch uchun mo‘ljallangan balzam va shampunlardan bemalol foydalanish mumkin. Soch ulatilganidan so‘ng 2-3 kun biroz noqulay tuyulishi mumkin. Ammo bu tabiiy hol. Sochni tarashda esa avval haqiqiy sochingizni ulangan qismiga tegib ketmasdan taraysiz-da, so‘ng ulama sochlarni tekis ko‘rinishga keltirasiz.

Sochni yechish

Agar sochlaringizni doimo parvarishlab, o‘z vaqtida korreksiyalatishga erinmagan bo‘lsangiz, ulama sochni yechish uchun 50-60 daqiqa vaqt ketadi. Ammo bu ish mutaxassis tomonidan bajarilgani ma’qul. Mutaxassis nazoratida avvaliga sochlarning oson ajralishi uchun maxsus suyuqlik sepilib, so‘ng alohida qisqichlar yordamida soch tolasi asta-sekin ajratiladi.    

© Aziza MIRAHMЕDOVA, stilist. Samira ULUG‘BЕKOVA , jurnalist. «Sug‘diyona» gazetasi.