Oyoq terlashi

MAQOLALAR

ico
Oyoq terlashi va hidlanishining sabablari hamda davolash usullari
Oyoqlar nega terlaydi? Ushbu savol deyarli barcha aholini qiynaydi. Oyoqlar terlash bilan birga yoqimsiz hidlar ham taratadi, bu esa hamma uchun yoqimsizlik holatini chaqiradi. Oyoqlar ko‘p ter ajratishiga turli xil sabablar bor.

Oyoq terlashi va hidlanishi haqida umumiy ma’lumot

Organizmning umuman ter ajratish xususiyati ikki muhim vazifani bajaradi: organizmdan ter orqali zaharli (toksin) moddalarni chiqarish va tana haroratini me’yorlashtirish. Oyoqlar terisida ham ter ajratuvchi bezlar bo‘lib, ular uzoq muddat yopiq oyoq kiyim kiyganda va paypoqlar toza bo‘lmaganda funksiyasi kuchayib ketadi. Bunday holat esa bakteriyalarning ko‘payishi uchun qulay sharoit hisoblanadi. [caption id="attachment_11095" align="aligncenter" width="655"]Oyoq terlashi Foto: NewBranch.info[/caption] Sog‘lom odam terisida maxsus hidlar beruvchi fermentlar ajralib chiqmaydi. Qandaydir bir patologik holatlarda ushbu fermentlar ter bilan ajralib chiqa boshlaydi va ular kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar ko‘payishi uchun sharoit bo‘lib xizmat qiladi. Bakteriyalarning hayot faoliyati davomida ajratgan toksinlari tashqi muhitga ajraladi: poyabzal, paypoqlarda yoqimsiz hid tarqatadi. Ayniqsa, poyabzal sifatsiz materialdan tayyorlangan va shamollash (ventilyatsiya) tizimi yo‘q bo‘lsa, terlash va hidlanish darajasi yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, ter ajralishi ortishi jismoniy mashq bajarganda, stress vaqtida, issiq sharoitda, uyquda qalin yopinchiqlardan foydalanganda ham kuzatiladi. Xo‘sh, qaysi holatda oyoq terlashiga qarshi jiddiy chora ko‘rish kerak? Agar oyoqlar toza paypoqlar va sifatli materialdan tayyorlangan poyabzalda bo‘lsa, gigiyena qoidalariga rioya qilinganda ham ter ajralishi ko‘p bo‘lsa, demak bu patologik holatdan dalolat beradi.

Oyoq terlashi va hidlanishi sabablari

Gipergidroz (ter ko‘p ajralishi) ko‘pincha ikkilamchi, ya’ni kasallik natijasida kelib chiqadi. Bu holatga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
Ayollarda oyoqlarning terlashi ularning fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqadi ya’ni hayz ko‘rish paytida gormonlar nisbati o‘zgaradi, moddalar almashinuvi buziladi, nostabil kayfiyat, uyquning buzilishi va ichki organlar funksiyasida o‘zgarishlar bo‘ladi. Nasliy omil ham oyoqlar terlashida rol o‘ynaydi. Bundan tashqari ayrim dori preparatlari, antibiotiklar va antidepressantlarni uzoq muddat qabul qilish ham oyoqlarda ter ajralishini kuchaytirib yuboradi. Ter ajratuvchi bezlarning funksiyasini ayrim iste’mol mahsulotlari ham buzishi mumkin: achchiq, sho‘r, dudlangan mahsulotlar, shirinliklar, sarimsoq kabilar. Vitaminlar yetishmasligi organizmda umumiy ish faoliyatini buzilishiga olib keladi.

Oyoq terlashi sababini aniqlash

[caption id="attachment_11096" align="aligncenter" width="700"]oyoq hidlanishi Foto: Afrodita.guru[/caption] Oyoqlarning ko‘p terlashini davolash uchun uning keltirib chiqargan sababini yo‘qotish kerak. Bunda dermatolog shifokor davo chorasini buyuradi yoki boshqa mutaxassisga yuborishi mumkin. Asl sababni aniqlash uchun quyidagilar o‘tkaziladi:
  • Biomaterial laborator tekshiruvi. Flyurografiya, umumiy qon, siydik tahlili, qondagi qand miqdorini aniqlash. Qo‘shimcha sifatida EKG, bosh miyaning kompyuter tomografiyasi qilinadi.
  • Kasallikning kechish darajasini aniqlash uchun Minor sinamasi o‘tkaziladi. Oyoqning kaft yuzasiga yod surtiladi. U qurigandan keyin kraxmal surtiladi. Kraxmal ter bilan ta’sirlanib binafsha rangga kiradi. Rang o‘zgarishiga qarab kaft yuzasi hajmi aniqlanadi.
  • Xromotografiya – ter tarkibini tekshirish.

Oyoq terlashini yo‘qotish usullari

Oyoq terlashini yo‘qotish uchun maxsus preparatlardan va xalq tabobatidan foydalaniladi: [caption id="attachment_11097" align="aligncenter" width="578"]Oyoq terlashini yo‘qotish Foto: Sportobzor.ru[/caption]

Oyoq terlashini uy sharoitida davolash

  • Oyoqlarning ko‘p terlashida soda eritmasi bilan kompress qilish tavsiya etiladi. Buning uchun 40 gr ichimlik sodasi olib, 200 ml iliq suvda eritiladi. Eritmani dokaga shimdirib oyoqqa bog‘lanadi. Muolajani 2 hafta davomida olib borish kerak.
  • Pivo bilan vanna qilish. Pivo bilan suvni aralashtirib unda oyoqlarni 15 daqiqa davomida ushlab turiladi, so‘ngra quruq sochiq bilan artib tashlanadi.
  • 9 % li olma sirkasi eritmasi. Sirka eritmasiga shimdirilgan bog‘lamni oyoq sohasiga, barmoqlar orasiga qo‘yish kerak. Muolajani kunning ertalabki qismida o‘tkazgan yaxshiroq, ter ajralishini kamaytirish va yoqimsiz hiddan qutulishga yordam beradi.
  • Romashka va dub ildizi (dorixonalarda topish mumkin) dan tayyorlangan eritma yallig‘lanish, qo‘zg‘alishni yo‘qotib, ter bezlarining funksiyasini yaxshilaydi. Ushbu o‘simliklarning quritilgan va maydalangan kukunlarini suvga solib 15 daqiqa davomida qaynatish kerak, so‘ng uni 3 soat davomida tindirish lozim. Eritmani suv bilan aralashtirib oyoqlarni vanna qilish tavsiya etiladi. Muolajaning samaraligini oshirish uchun uni uxlashdan avval o‘tkazish zarur.
  • Dengiz tuzi (morskoy sol) bilan vanna qilish. Dengiz tuzini iliq suvda eritib, unda oyoqlarni uxlashdan avval 15 daqiqa davomida vanna qilish ter bezlarining poralarini tozalashga yordam beradi va yoqimsiz hiddan xalos qiladi.

Oyoq terlashiga qarshi krem va mazlar

[caption id="attachment_11098" align="aligncenter" width="600"]Oyoq terlashini uy sharoitida davolash Foto: Colady.ru[/caption] Dorixonalarda kosmetik preparatlarni dezodarant va sprey ko‘rinishida yoki maz va kremlar ko‘rinishida topish mumkin. Ularga quyidagilar kiradi:
  • “Teymurov pastasi” adsorbent hisoblanadi, mikroblarga qarshi ta’sir qiladi. Ter ajralishi va yoqimsiz hiddan qutulishga yordam beradi.
  • “Nosweyet” sprey ko‘rinishida ter bezlarini bloklab ter ajralishini kamaytiradi, yoqimsiz hidlardan qutulishga imkon beradi.
  • Malavit gel yoki eritma ko‘rinishida bo‘lib, o‘zida ko‘plab foydali o‘simliklar komponentini saqlaydi. Oyoq terisiga kuniga 2 marta qo‘llash tavsiya etiladi, foydalanganda so‘ng yuvib tashlamasa ham bo‘ladi.
  • Formagel antiseptik xususiyatga ega, ter ajralishini kamaytiradi va hiddan xalos etadi. Preparatni oyoq kaftiga surtib 30-40 daqiqa kutiladi, so‘ng yuvib tashlanadi.
  • “5 kun” kremi yallig‘lanish, qichishish, teridagi yoriqlarni yo‘qotadi va zamburug‘lar ko‘payishini oldini oladi.
  • “Mikoseptin” zamburug‘larga qarshi ta’sir ko‘rsatib, yoqimsiz hidni yo‘qotadi.
  • “Chereda” dorivor giyohni suvga solib oyoqlarni vanna qilish, antiseptik ta’sir etadi. Har xil mikroorganizmlar ko‘payishini to‘xtatib qoladi.
[box type="info" align="aligncenter" class="" width=""]Yuqoridagi preparatlarni keragidan ortiq qo‘llash mumkin emas. Chunki ular ter bezlari yo‘lini berkitib, tiqilmalar hosil bo‘lishiga olib keladi.[/box] Agar oyoqlar juda ko‘p terlashda davom etaversa, ionoforez yordamida davolash mumkin. Muolaja har kuni ter ajralishi kamaygunga qadar olib boriladi. Kamdan-kam hollarda operativ chora qo‘llaniladi. Operatsiyada ter bezlarini innervatsiya qiluvchi nerv tolalarini yo‘qotish bajariladi.Bundan tashqari bir necha oylarga yordam beruvchi lazerterapiya ham o‘tkazilishi mumkin.

Oyoq terlashini oldini olish choralari

Muammoni bartaraf etishdan ko‘ra uning oldini olgan yaxshiroq. Ayniqsa, ichki organlar surunkali kasalliklari, endokrin sistemasi kasalliklarini davolash zarur. Kunlik gigiyenik qoidalarga rioya etish, prisipka (kukun)dan foydalanish, toza paypoqlar, sifatli poyabzallar tanlash, sport oyoq kiyimlarini faqatgina jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanayotganda kiyish zarur.
  • Ko‘p terlaydigan oyoqlarni kuniga kamida 2 marta yuvish, yuvganda xo‘jalik sovunidan foydalanish zarur. Oyoqlarni chayganda iliq yoki biroz salqinroq suv bilan yuvish kerak.
  • Oyoq kiyimni kiyishdan oldin oyoqlar, paypoqlar va poyabzalning quruqligiga ishonch hosil qilish kerak.
  • Poyabzallar tabiiy materialdan tayyorlangan bo‘lishi kerak, ular “nafas olib turishi” shart.
  • Terlaydigan oyoqlarda kiyilgan poyabzallarni kuniga bir marta antiseptik vositalar bilan ichki qismini tozalash kerak, masalan, bor kislotasi (bornaya kislota).
  • Har kunlik oyoq gimnastikasi va oyoq mashqlari oyoqda qon aylanishini yaxshilaydi.
  • Stressdan saqlanish, emotsiyalarga berilmaslik zarur.
Oyoqlarning kuchli terlashiga ko‘plab sabablar bor. Shuning uchun o‘z boshimchalik bilan diagnoz qo‘yib, uni davolashni boshlab yuborish mumkin emas. Shifokor dermatolog yoki endokrinolog tavsiyalarini olish kerak. Chunki ular kasallikning aniq sababini aniqlaydi va aniq davo choralarini qo‘llaydi. Doimo salomat bo‘ling! Mavzuga aloqador maqola: Ko‘p terlash azobidan holi bo‘lish
ico
Bolangiz oyoqlari sog‘lom bo‘lishini istaysizmi?
Tovondagi nuqson kishi qaddi-qomatidagi buzilishlarning sababchisi ekanini ko‘pchiligimiz bilamiz. Ammo bilasizmi, 98% yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning tovonida hech qanday fiziologik og‘ishlar kuzatilmaydi. Lekin 60% kattalarda ana shu og‘ishlar mavjud. Ushbu buzilishlarning oldini olish va farzandingizni undan himoyalash uchun bola hayotining ilk oylaridanoq uning oyoqlarini ehtiyot qilish va ularni to‘g‘ri parvarishlash zarur. Iloji boricha ertaroq aniqlangan muammoning profilaktikasi kelajakda bu boradagi muvaffaqiyatning garovi hisoblanadi. Go‘dakning oyoqchalari sog‘lom bo‘lishi to‘la-to‘kis ota-onalarning diqqat-e’tiboriga bog‘liq. Xo‘sh, ota-onalar aynan nimaga e’tibor berishlari kerak? Eng keng tarqalgan muammolar – bu oyoqlarning terlashi, yassi tovonlik va o‘sayotgan tirnoqning barmoq etiga kirib og‘ritishi hisoblanadi. Keling ularni ko‘rib chiqamiz. Oyoq terlashi Oyog‘i ko‘p terlaydigan bola bir nechta muammolarni orttirishi mumkin. Ularga oyoq poyabzalda sirpanishi natijasida kelib chiqadigan oyoq qavarishi, qadoq bosishi ham, mikozlar va oyoq osti so‘gali ham kiradi. Odatda ter bezlari tuzilishining individual o‘ziga xosligi va faoliyati yoki vegetativ-tomir distoniyasi kuchli terlash sababchisi bo‘ladi. Uning oldini olish oddiy. Qumda, massaj gilamida va boshqa g‘adir-budirli yuzada oyoq yalang yurish juda foydali. Shuningdek go‘dakning tovonini yaxshi havoda tez-tez ochiq qoldirish ham foydadan holi emas. Bundan tashqari ketma-ket iliq va salqin suvda bola oyoqchalarini vannachaga solish ham yaxshi natija beradi. Bunday bolalar uchun «nafas oladigan» materiallardan tayyorlangan poyabzalni xarid qilish lozim. Paypoqlar esa tabiiy paxta yoki ipakdan tayyorlangan bo‘lishi shart. Paypoqlarni tez-tez almashtirish va tovonlarni shamollatib turish ham zarar qilmaydi. Davolovchi muolajalar individual tarzda va faqat dermatolog hamda nevrolog bilan maslahatlashgandan keyingina tayinlanadi. Yassi tovonlik Yassi tovonlikning ikkita asosiy sababchisi bor – salbiy nevrologik mavqe va bola tovonining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olmagan holda tayyorlangan noto‘g‘ri poyabzal. Buning oldini olish uchun vaqti-vaqti bilan nevrolog va ortoped qabuliga borib turishni unutmang. Tashriflar go‘dak 1 oyligida, 3 oyligida, 6 oyligida va 1 yoshida amalga oshirilishi kerak. Keyin esa yiliga bir marta. Yassi tovonlikda g‘adir-budur yuzada oyoq yalang yurish juda foydali, ammo hech qanday holatda ham tekis polda oyoq yalang yoki paypoqda yurmaslik kerak, bu yanada katta asoratlarga olib kelishi mumkin. Raqs, yengil atletika va badiiy gimnastika bilan shug‘ullanishdan ham voz kechgan ma’qul. Bunda oyoq joyida mahkam va to‘g‘ri turishi uchun qayishqoq tagcharmli, orqasi mustahkam va bog‘ichli poyabzalni tanlash lozim. Poyabzal patagi anatomik, ya’ni o‘rtasida supinatorli bo‘lishi shart. Davolovchi gimnastika individual tarzda ortoped-shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng tayinlanadi. Tirnoqning barmoq etiga kirib og‘ritishi Bunga irsiyat, tor poyabzal va tirnoqlarni noto‘g‘ri olish sababchi bo‘ladi. Buning oldini olish uchun bolaning tirnoqlarini to‘g‘ri va tekis olib tashlash va tirnoq chetlarini ozroq egovlash kerak bo‘ladi. Poyabzal aynan bola oyog‘ining anatomik xususiyatlarini hisobga olgan holda xarid qilinadi. Oyoqlar botinkada siqilmasligi va shu bilan birga poyabzal keng bo‘lmasligi lozim. Poyabzal patagining ichki uzunligi go‘dak tovoniga qaraganda 3 mm.ga uzunroq, eni esa 1,5 mm kengroq bo‘lishi kerak. Buning uchun uyda karton qog‘ozga oyoq yalang barmoqlari to‘g‘ri turgan farzandingizning tovonini chizish juda qulay. [highlight]Avitsenna.uz saytida mavzuga aloqador quyidagi maqolalarni o‘qishingiz mumkin:[/highlight]