Kuz va qish fasli kelishi bilan yuzlarimiz va terimiz tobora quruqlashib boradi. Bundan bexabar bo‘lgan ko‘pchilik tashvishga tushib qoladi. Bu tabiiy hol ekanligini unutmang. Shu sababdan bugun sizlarga quruq yuz terisi va uni qanday parvarishlash lozimligi haqida maslahatlar berib o‘tmoqchimiz.
Quruq yuz terisi yog‘li yuz terisiga qaraganda birmuncha yupqa, silliq va noziqdir. Har bir quruq yuz terisi turlicha ko‘rinishga ega bo‘ladi. Yoshlikda bu teri u qadar muammoli hisoblanmasada, tashqi muxit, ya’ni shamol, sovuq, issiq, oftob nuri, turli xil parfyumeriya vositalari bunday teriga salbiy ta’sir qiladi. Bu teri vaqti-vaqti bilan namlantirib va oziqlantirib turilishi, lozim. Aks holda yuzga erta ajin tushishi, tortishib qolishi, yalig‘lanishi mumkin. Ertalab yuzni 1 litr suvga 1stakan sut qoshib yuvish afzal hisoblanadi. Yuz terisining xaddan tashqari qurib ketishi organizmda A, C vitaminlarining etishmasi yoki jigar va oshqozon osti bezi xastaliklaridagi yog almashuvining buzlishidan darak beradi.
Quruq yuz niqoblari:
100 g asal bilan 1 dona limon sharbati aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan ushbu massa toza yuzga, yupqa qatlamda surtiladi. 5 10 daqiqadan so‘ng sovuq suvda yuvib tashlanadi.
1 choy qoshiq asal, 2 osh qoshiq un va 1 dona tuxum oqini xamirga o‘xshash holatga kelgunga qadar obdon aralashtiriladi. So‘ng yuzga surtib, 15 daqiqa ushlab turiladi, keyin iliq suvda yuviladi.
2 osh qoshiq spitrga 2 osh qoshiq suv qo‘shiib, unga 1 choy qoshiq asalni olovda bir oz isitib yaxshilab aralashtirib yuboriladi. Kechki payt 12 daqiqa yuzga surtiladi. Ushbu niqob yuzni tozalaydi, uni turli mikroblardan dizenfeksiya qiladi va terini yumshatadi.
35 g asal, 90 g arpa uni va 1 dona tuxum oqini ko‘piksimon holatga keltirib, yaxshilab aralashtiriladi. So‘ng teriga surtib, 15 daqiqa turadi. Ajin tushishning oldini oladi.
1 choy qoshiq asalni 10 ml yangi uzilgan pomidor sharbatiga aralashtirib yuboriladi. Tayyor bo‘lgan ushbu vositani yuzga surtib, 30 daqiqa ushlab turiladi, So‘ng suvda yuvib tashlanadi. Ajin tushishini oldini oladi, yuzdagi dog‘larni ketkazadi.
Bir choy qoshiq miqdordan asal, gliserin va bita tuxumini sarig‘ini obdon aralashtiring. Teringizni oziqlantirish uchun surasiz.
2 osh koshiq iliq suvda bir choy qoshiq miqdorda asalari mumini eritasiz. Bir qoshiq o‘simlik moyida qizil qalampirning bir bo‘lagini ezib olasiz. Ikkala aralashmani qo‘shasiz va quriqshab borayotgan teriga surasiz. Teri yosharganday bo‘lib ketadi.
Erkaklar soqollarini olgandan keyin 1 choy qoshiqdagi asalni qaynatib ilitilgan 50 ml suvda aralashtirib yuzga sepsalar teri parvarishi yaxshilanadi.
2 choy qoshikdagi asal solib tayyorlangan vannada 20 daqiqa yotib tursangiz asabiylikdan charchashdan xalos bo‘lasiz, teridagi mayda ajinlar tekislanadi.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Skolioz bo‘lgan qiz homilador bo‘la oladimi?