3.8
(27)

Bu maqolam orqali ozishni juda ham xohlaydiganlar uchun bir sirni ochaman, deydi «Sanduvoch» gazetasi muxbiri Fotima Madrahimova. Gap ozish haqida borganda, xayolingizdan jismoniy zo‘riqishlar, kuchli diyetalar, ko‘proq suv ichish va shunga o‘xshash fikrlar kechishi mumkin. Lekin so‘z oddiygina ichimlik sodasi haqida boradi. Ozish bilan soda orasida qanday bog‘liqlik bor ekan, deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz kerak. Quyida siz «Sanduvoch» gazetasi muxbiri Fotima Madrahimovaning «sodainfo.ru» sayti ma’lumotlari asosida tayyorlagan maslahatlarga boy maqolasini o‘qishingiz mumkin.

Soda bilan ozish mumkinmi?

Soda – kundalik uy yumushlarini bajarishda uy bekalariga yaxshigina ko‘makchi. Bundan tashqari, u inson tanasidagi ortiqcha yog‘larni eritishda ham ishtirok etishi mumkin. Biz sodani iste’mol qilish haqida emas, balki sodali vanna qabul qilish, uni qanday tayyorlash haqida gaplashamiz. Ichimlik sodasini aslo iste’mol qilib bo‘lmasligini yodingizdan chiqarmang. U oshqozonda kislota ko‘payib ketishi va oshqozon faoliyati ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Natijada siz anchagina muddat davomida shifokorlar nazoratida bo‘lib, parhez qilib yurishingizga to‘g‘ri keladi. Bunda ham ozish mumkin, lekin sog‘lom bo‘lib ozishga nima yetsin?

Soda yordamida qanday ozish mumkin?

Kerakli natijaga erishish uchun 10 marotaba kunora 20-25 daqiqa davomida sodali vanna qabul qilish kerak. Suv 37-39 gradus issiqlikda bo‘lishi kerak. Suv haroratining pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymang.soda bilan ozish Suv qanchalik issiq bo‘lsa, yog‘larning erish jarayoni ham shuncha tez kechadi. Agar tez va oson ozishni istasangiz quyidagi ko‘rsatmalarimizga amal qiling:

  • Vanna suv bilan to‘ldirilgach, 300 gr ichimlik sodasiga 500 gr dengiz tuzini (morskoy sol) solasiz. Yaxshilab aralashtiring. Ozish jarayoni tezroq kechishi uchun bir necha tomchi efir moyini ham qo‘shishingiz mumkin.
  • Suv harorati 37-39 gradusni tashkil etishi shart. 20-25 daqiqa davomida suv haroratini bir maromda ushlab turish ham juda muhim.
  • Vanna qabul qilgandan so‘ng artinish mumkin emas. Kattaroq sochiqqa o‘ralib yoki maxsus xalat kiyib olib bir, bir yarim soat davomida yotish kerak. Bu muddatda tanangiz tinch va xotirjam holda bo‘lsin. Chunki ozish jarayoni davom etayotgan bo‘ladi. Bu muolajani uxlashdan oldin o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Emizikli davrda ozish mumkinmi?
Diqqat! 10 martalik kursdan so‘ng faqat 2 oydan keyingina ushbu kursni takrorlashingiz mumkin.

Bir martalik muolajada 2 kilogrammgacha ortiqcha vazndan xalos bo‘lishingiz mumkin. Juda oz vaqtdan so‘ng o‘zingizni ancha yengil his qilasiz. Bu usuldan foydalanganlar 10-12 kilogrammgacha ortiqcha vazindan xalos bo‘lishganini alohida ta’kidlab o‘tishim zarur. Shu bilan birga sodali vanna faqatgina ozish uchun yordam beribgina qolmasdan, teringizni mayin va yumshoq qiladi. Shuningdek, organizmni ortiqcha suvlardan va toksinlardan xalos qiladi. Sodali vanna qabul qilayotganingizda to‘g‘ri ovqatlanishga harakat qiling. Juda yog‘li taomlar, ko‘p miqdordagi shirinliklar iste’mol qilish va uxlashdan oldin ko‘p ovqatlanish mumkin emas. Aks holda bu muolajalar kerakli natijani bermaydi.

Sodali vannani qanday holatlarda qabul qilish mumkin emas?

Sodali vanna qabul qilish mumkin bo‘lmagan holatlar:

Yuqorida bergan maslahatlarimiz sizga uy sharoitida oson, zararsiz va tez ozish imkoniyatini beradi. Har gal ko‘zguga qaraganingizda, qomatingizdan zavqlaning. Har bir inson go‘zal bo‘lishga xaqli.