Parijlik mashhur mutaxassis Kristof Robinning sochlar har doim chiroyli va sog‘lom bo‘lib turishi uchun nimalar qilish kerakligi haqida bir necha maslahatlari bilan tanishing. sochni yuvish

Birinchi qadam

Yuvishdan keyin tarash oson bo‘lishi uchun boshida ularni tarang. Kristof Robin avvalo sochlarning uchini, keyin esa ildizlarini tarashni tavsiya qiladi.

Ikkinchi qadam

Sochlaringizning uchlariga biror-bir tabiiy yog‘ suring va ularni yana tarang. Toza bodom yoki argan yog‘lari juda mos keladi. Aslida ularni sochlaringizda bir kecha qoldirsangiz maqsadga muvofiq bo‘lar edi, lekin buni istamasangiz 15 daqiqa ham yetadi.

Uchinchi qadam

Sochingizning turiga mos keluvchi shampundan foydalaning. Mutaxassisning fikricha, bo‘yalgan sochlarni yaxshisi sulfatsiz shampunlar bilan yuvganingiz ma’qul. Sulfatli shampunlarni esa bo‘yalmagan va ildizlari yog‘li bo‘lgan sochlar uchun ishlatish mumkin. Jingalak sochlilar esa ularning sochlari quruqlikka moyil bo‘lgani uchun tozalovchi konditsionerlardan foydalanishlari mumkin. Va eng asosiysi, shampunni (bir choy qoshig‘i yetarli bo‘ladi) sochning uchlariga emas balki ildizlariga surish kerak.

To‘rtinchi qadam

Shampunni yaxshilab yuvib tashlang. “Ko‘pchilik bu jarayonga yetarlicha vaqt sarflamaydi va yuvish vositasini to‘liq ketkazmaydi, — deydi Kristof. — Sochlar tozalikdan g‘ichirlashlari kerak”. Sochlar parvarishiga oid qiziqarli ma'lumotlarni saytimizning "Trixologiya" bo‘limi orqali o‘qishingiz mumkin.

Wday.ru / Daryo.uz