Soch parvarishi. Bunda nimalarga ahamiyat berish kerak?
Boshimizda 100 ming dona atrofida soch tolasi bor. Shundan kuniga 50-100 ta to‘kilishi me’yoriy holat hisoblanadi. Bundan ortiq to‘kila boshlasa, chora ko‘rishga kirishing!
Odatda erkaklar sochlari haqida ayollar kabi qayg‘urishmaydi. E’tiborsizlikning oqibati esa og‘ir bo‘lishi mumkin. Vaholanki, oddiygina qoidalar bilan soch umrini uzaytirsa bo‘ladi. Soch parvarishini deyarli har kuni amalga oshirish lozim: sochni yuvish, tarash va quritish.
Mundarija
To‘g‘ri tanlang
Shampun va balzam sochingiz turiga mos bo‘lsin. Agar bu borada ikkilansangiz, sartarosh bilan maslahatlashing.
Yuvish
Tana kabi sochga ham tozalik kerak. Yog‘li sochni har 2-3 kunda, quruq sochni esa har 5-6 kunda yuvish lozim. Suv juda issiq bo‘lmasin.
Yaxshilab tarang
Sochni har kuni tarab turing. Bu bosh terisida qon aylanashini yaxshilashga va yog‘ bezlari sekretining sochlar bo‘ylab teng tarqalashiga yordam beradi. Sochni ildizidan uchiga qarab tarash kerak. Ho‘l sochni ehtiyotkorlik bilan tarang.
Quritish
Yog‘li va normal sochlarni fen bilan, quriqlarini sochiq bilan quritgan ma’qul.
Muntazam kaltalating
Sochni muntazam ravishda kaltalatib turish nafaqat tashqi ko‘rinish uchun, balki sochning sog‘lomligi uchun ham kerak. Har uch-to‘rt haftada sartaroshga borib turishni unutmang.
Bosh terisiga e’tibor
Bosh terisidagi har qanday o‘zgarishlar, jumladan, qichishish, yallig‘lanish, kepak yoki sho‘ralashishga bee’tibor bo‘lmang. Sochning holati salomatligingiz aksi ekanligini ham unutmang. Soch to‘kilishi, seboreya paydo bo‘lishi yoki boshqa biror salbiy o‘zgarish kuzatilishi bilan shifokor (dematolog)ga murojaat qiling.
Bosh kiyim
Sochlaringizni qishda qaharaton sovuqdan, yozda esa jazirama sovuqdan bosh kiyim bilan asrang.
Foydali maqola: Ayollar uchun sochlarni to‘g‘ri parvarishlash usullari
© Tib.uz nashri
Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!
assalomu alaykum!
Meni oyog’im terlaydi. Shu sababdan bir nicha marta har xil balnitsada teri dispansirlariga ko’rindim. Lekin foydasi bo’lmadi. Hamma doktorlar asab tizimi yoki boshqa sabab bor diyishmoqda. Shu kasalllik bo’yicha kimga uchrashib, qanaqa analizlar topshirsam bo’ladi.
oldindan rahmat.
Sochimga kepak kopayib ketadi nina qilish kerak
Ushbu maqolani o’qib chiqishingizni tavsiya qilamiz: http://avitsenna.uz/sochni-qazgoq-bosishi-giperkeratoz/
Assalomu alaykum oyog’im terlaydi iltimos yordam berilar nima qilishni bilmayapman
Saytimizda bu borasida maqolalar bisyor. Iltimos, saytimizni ko’zdan kechirib chiqing.