Hozirgi yoshlar negadir quyuq va kalta qilib soqol qo‘yishning payiga tushib qolishgan. Soqolni qirtishlab, yuzdan nur taratib turishga nima yetsin. Quyuq soqolni kimdir erkaklik ramzi deb ham qabul qiladi. Kim uchundir u ortiqcha dahmaza.
Siyrak soqol muammosi ko‘pincha irsiyatga bog‘liq. Siyrak soqolning boshqa sabablari testeron yetishmovchiligi, nosog‘lom turmush tarzi, terining sog‘lom bo‘lmasligi bo‘lishi mumkin.
Garchi irsiyatni o‘zgartirib bo‘lmasa ham, turmush tarzini o‘zgartirish, sog‘lom ovqatlanish va boshqa quyidagi tavsiyalar yordamida bu maqsadga erishish mumkin.
Soqolni qalinlashtirish uchun tavsiyalar
- To‘yib uxlash yuz terisining ham rivojiga ijobiy ta’sir qiladi. Ayni o‘smirlik yoshida kamida 6-8 soat uxlash kerak. Bunday uyqu rejimida teri to‘qimalari o‘z vaqtida rivojlanib, soqol va mo‘ylab tez rivojlanadi.
- A, B, C, E vitaminlariga boy bo‘lgan mahsulot va mevalarni ko‘proq iste’mol qiling. Ular soch va soqolning o‘sishi uchun foydali.
- Sport bilan shug‘ullaning. Jismoniy faollik ham siyrak soqolni bartaraf etishning samarali usuli.
- Yuzni har doim toza tuting. Toza terida tuk tez va oson unadi. Har kuni tongda va kechki mahal yuzni iliq suvda yuving.
- Sigareta cheksangiz, bundan voz keching. Nikotin va sigareta tarkibidagi 4800 ta kimyoviy modda teri tarkibini zaharlab, soqolning siyraklashuviga olib keladi.
- Ko‘pchilik go‘zallik va salomatlik sohasi ekspertlari tomonidan qayd etilishicha, xotirjam va xursand kayfiyatdagi insonlarda soqol tezroq o‘sar ekan. O‘zingizni tushkunlik kayfiyatidan himoya qiling.
- Taomnomangizda go‘sht, baliq, tuxum, yong‘oq kabi oqsilga boy mahsulotlar ulushini oshiring.
- Kosmetolog bilan maslahatlashib, yuzingizda mavjud o‘lik teri to‘qimalarini har hafta bir marotaba tozalab turing.
Soqolni uy saroitida quyuqlashtirish (Bonus)
- Yuzdagi qon tomirlarining rivojlanmasligi ham soqolning quyuq bo‘lib o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Yuzga massaj olish qon aylanishini ham yaxshilaydi va soqolning quyuq o‘sishini ta’minlaydi.
- Yumshoq va nam yuzda soqol tezroq o‘sadi. Shuning uchun yuzga mo‘ljallangan maxsus krem vositalaridan foydalaning.
- Yuzda o‘smay qolgan soqollar ham bo‘ladi va ular boshqalarining o‘sishiga xalaqit qiladi. Mutaxassis bilan maslahatlashib, yuzni ulardan tozalab tashlang.
- Taomnomada B1, B6 va B12 vitaminlariga boy sabzavot mahsulotlarini qo‘shing.
- Mutaxassislar ko‘proq suv ichishni ham maslahat berishadi.
Soqol o‘stirish uchun dorilar
- Dorixonalardan teri va soch-soqol uchun foydali bo‘lgan turli yog‘larni so‘rab ko‘ring. Ushbu yog‘ bilan yuzingizni massaj qiling va 15-20 daqiqadan so‘ng sovuq suv bilan yuvib tashlang.
- Soqolni qirtishlagandan keyin ham ushbu yog‘lardan surishga odatlaning.
- Diqqat qiling, bu kabi yog‘larni ishlatishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing!
Soqolni tez o‘stirish uchun foydali tavsiyalar
- Mo‘ylab va soqol endigina sabza urganida ularni qirtishlamang. Aks holda, ularning tomiriga jiddiy shikast yetadi. Bunday vaziyatda tuk to‘kuvchi gidrokortizon kremidan foydalangan ma’qul. (Qarshi ko‘rsatmalar mavjud, ishlatishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing!)
- Shu bilan birga, foliy kislotasiga boy bo‘lgan don-dun, ko‘kat va sabzavotlar, no‘xatdan ko‘proq iste’mol qiling.
- Biotin moddasiga boy bo‘lgan jigar, loviya, sabzi, banan, tuxum sarig‘i, mevalarni ham ko‘proq iste’mol qiling.
Gormonlar miqdori muhim!
- Testeron yetishmovchiligi ham soqolning siyrak o‘sishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois, magniy, D vitamini ham bu vaziyatda foydali bo‘ladi.
- D vitaminiga tuxum va baliq mahsulotlari boy bo‘ladi. Rux moddasiga boy go‘sht, brokolli, ismaloq iste’mol qiling. Bodom va yong‘oq, shuningdek suyakli qaynatma ham magniy vitaminiga boy bo‘ladi.
- Poliz ekinlaridan qovoqni ko‘proq iste’mol qiling.
© Shuhrat Sattorov. Erkak.uz
Ushbu maqolani ham o'qing:
Jinsiy munosabat va hayot