Sil (tuberkulyoz) — yuqumli kasallik bo‘lib, uni ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda bakteriyalar — sil tayoqchalari qo‘zg‘atadi. Kasallik tayoqchalari ko‘p hollarda nafas yo‘li orqali odamga yuqadi, o‘pka to‘qimalarida rivojlanadi va ko‘payadi. Mikroblar bemor yo‘talganda, aksirganda, qattiq gaplashganda, tupurganda balg‘am zarrachalari bilan atrofga tarqaladi. Sil mikroblari bilan barcha a’zo zararlanishi mumkinmi? Bu ko‘zga ko‘rinmas zarralarda minglab sil tyoqchalari bo‘ladi. Ular havoda bir necha soatgacha saqlanishi mumkin. O‘pka sili bilan kasallangan bemor xonada uzoq vaqt qolsa, havoda bakteriyalar ko‘payib, boshqa kishilarning nafas yo‘llariga o‘tadi. Bu esa silni yuqtirishning asosiy sababi bo‘lib, havo-tomchi usuli deb yuritiladi. Ko‘p hollarda sil tayoqchalari o‘pkani zarralaydi. Shuningdek, miya, suyak, bo‘g‘in, buyrak, jinsiy a’zolar, ko‘z, ichak, limfa tugunlarini ham zararlashi mumkin. Quyidagi belgilar paydo bo‘lsa, beparvo bo‘lmang! — Yo‘tal 2 haftadan ortiq davom etsa; — Istima ko‘tarilsa; — Darmon qurisa, tez charchasangiz; — Ozib ketsangiz; — Ko‘krak qafasida og‘riq kabi belgilar paydo bo‘lsa. Yuqoridagilar sezilsa zudlik bilan mutaxassisga murojaat qilish zarur. Sil uzoq davom etadigan kasallik. Uni davolash 6-8 oy muddatni talab etadi. Bu davr davomida shifokor tavsiya etgan dorilarni qabul qilishda tanaffusga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik kerak. Agar bemor davolanish davomida o‘zini yaxshi his etib, dorilar ichishni to‘xtatib qo‘ysa yoki vaqtida ichmasa, sil tayoqchasining bu doriga chidamli bo‘lgan boshqa kuchliroq turlari paydo bo‘ladi. Unutmang, silning bu turlariga qarshi kurashish ancha qiyin kechadi.

© Iqboljon Abdujabborov. Silning-davosi-bor.uz