Bizning madaniy ovqatlarimiz shilimshiq hosil qiladi
Xozirgi zamon ovqatlari shilimshiq hosil qiluvchi ozuqalardir. Ko‘pchilik madaniylashgan parxezlar xam qovurilgan ozuqalardir. Barcha qovurilgan ozuqalar esa shilimshiq xosil qiladilar. Sutli taomlar xam shilimshiq paydo qiladi. Voyaga yetgan birorta jonivor sut bilan oziqlanmaydi. Zamonaviy parhezga o‘ta yog‘li, yog‘ maxsuloti, margarin, gidrogenizatsiyalashgan va qattiq yog‘lar, xullas, tanaga singmaydigan ozuqalarni o‘z ichiga oladi. Tijorat yarim tayyor ozuqalarining 90 foizchasi gidrogenlashgan yog‘lar asosida tayyorlanadi. Bizning tanamiz normal xolatda selsiy bo‘yicha 36.6 darajani tashkil qiladi. Bunday yog‘larni qayta ishlash va xazm qilish uchun esa 150 darajali harorat kerak. Bizning sivilizatsiyalashgan ozuqamizda ko‘p miqdorda qayta ishlangan va sintetik pishloq mavjud, tabiiy pishloqlarda esa nixoyatda tuz ko‘p (tuzning zarari haqida yuqorida aytildi). Xolesterin deb nomlangan yog‘larga boy bo‘lgan tuxumni biz iste’mol qilamiz. Bizning ozuqamiz tarkibida ko‘p go‘sht bo‘lib, uning katta qismi yana gidrogenlashgan yog‘da qovuriladi. Go‘shtda ko‘rinib turgan va yashirin xoldagi yog‘lar ko‘p bo‘ladi. Shunday qilib, barchamizga ayon bo‘ldiki, zamonaviy ovqatlar shilimshiq paydo qiluvchi ovqatlardir.Och yurish davrida shilimshiq peshobda ham borligi kuzatiladi
Inson qonida qancha shilimshiq borligini peshobni kuzatib aniq bilishimiz mumkin. Uch kun och yuring va bir kunda o‘rtacha 2-3 litrdan faqat distillangan suv iching. Ertalabki ilk peshobni oling, uni idishga solib sovitish xamda tindirish uchun salqin joyga kuying. Bir necha kundan keyin shu peshobda bulut singari bir qancha shilimshiq paydo bo‘ladi. Peshobni qancha ko‘p ushlasangiz, shunchalik ko‘p shilimshiq paydo bo‘laveradi. Mening fikrimcha, 24 soatlik ochlanish natijasida ham ko‘p miqdordagi shilimshiqdan xolos bo‘lasiz. Ayrim miqdordagi shilimshiq qoningizda xam ko‘p yillar davomida aylanib yuradi. Qishda odamlar asosan kuchaytirilgan og‘ir ovqatlar bilan oziqlanganliklari tufayli, tana shilimshiqka to‘lib ketganidan, tozalash tanazzuliga tushib qoladi. Ortiqcha shilimshiq tashqariga ham chiqa boshlaydi. Bu, ko‘pincha, tumov tufayli burundan chiqariladi. Tanamizda qanchalar murakkab jarayon ketayotganini kamdan-kam kishilargina tasavvur qila oladilar. Tana - o‘zini-o‘zi tozalaydigan mexanizm. U kuchi yettanicha zaxar va shilimshiqlarni chiqarib tashlaydi. Lekin tananing kuchi yetmay qolganini odamlar qanday biladilar? Ular isitma chiqqanini sezadilar. Isitma - bu tabiatning tabiiy munosabati. O‘liklarda isitma chiqmaydi, faqatgina tiriklarda, xayotiy quvvatga ega bo‘lgan kishilardagina isitma chiqishi mumkin va u tabiatning tozalovchi o‘chog‘i sifatida ishlaydi. Bechora nodon inson oyog‘im suvga tushib ketuvdi, yoki yelvizakda o‘tiribman, yoki jempir yoki paltoni o‘z vaqtida kiymaganim uchun shamollab qolibman, deydi. Lekin bular ilmiy tushuntirish emas. Qishgi shamollash - tabiatning organizmda to‘planib qolgan oshiqcha toksinli shilimshiqdan insonni xalos etishga urinishlaridir. Ichki tozalanish mexanizmi shunday. Men shunday shamollab qolish mumkin emasligini isbotlayman. Asr boshlarida jismoniy tarbiya asoschisi shifokor Bernord Makfedden bilan birga ishladim. U “oq ayiqlar” deydigan bir gurux tashkil qildi. Shanba va yakshanba kunlari xamda bayramlarda sovuq vaqtlarda Nyu-Yorkning Koni-Aylend qirg‘oqlariga borardik va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanardik. Keyin esa muzday sovuq Atlantika okeani suvlariga sho‘ng‘irdik. Cho‘milayotganlardan birontasi bir marta bo‘lsayam tumov bo‘ldimi! qachon! Jempir va po‘stinlar kiyib olgan va Koni - Aylend qirg‘oqlarida sayr qilayotganlar bizning muzday suvda sho‘ng‘iyotganimizni va suzayotganimizni suqlanib kuzatar edilar. “Oq ayiqlar” emas, aynan shu tomashabinlar tumovdan jabrlanardilar. Biz esa shilimshiqsiz parxez taomga, toza havodagi jismoniy tarbiyaga va muzday okean suvida cho‘milishga ishonardik. Xozirgi kunda men ikkita ajoyib tashkilotga a’zoman. Bular “Oq ayiqlar” va “Aysberglar” bo‘lib, ular yil davomida Koni-Aylendda okeanda cho‘miladilar. Bundan tashqari men Bostondagi qishda cho‘miladiganlar klubining ham a’zosiman. Mana shu guruh xam eng sovuq ob-xavoda cho‘milib shamollamaslik, angina yoki tumov bo‘lmaslik mumkinligini isbotladi. Men Kaliforniya shtatida yashayman va qish oylarida Tinch okean suvlari selsiy buyicha 10 darajagacha tushadi. Mabodo men shu vaqtlarda dunyo bo‘ylab ma’ruzalarim bilan sayoxatda bo‘lmasam, meni yashayotgan joyim Santa-Monika qirg‘oqlarida sovuq vanna olayotganimni ko‘rasiz. Ko‘pgina do‘stlarim shilimshiqdan xolos bo‘lish uchun tabiiy parhezga o‘tganlar. Men bilan birga qishki cho‘milishga boradilar. Organizmni shilimshiqdan xolos qilishda ochlik ulkan vositadir. Men albatta, shilimshiqsiz parxezda yashashga harakat qilaman, menda harqalay to‘planib qolayotgan shilimshiqlarni haftasiga 24 soatlik ochlik yordamida xaydab chiqaraman. O‘z ustingizda bir sinov o‘tkazib ko‘ring: shilimshiq xosil qilgach ovqatlarni bir necha oy yemang va xaftasiga 24 soat ochlaning. Agarda siz uchun imkon bo‘lsa, yetti kunlik ochlanishni o‘tkazing. Peshobingizni diqqat bilan kuzatsangiz, qoningizda shilimshiq to‘planib qolganini ko‘rasiz. Ochlanishdan keyin ovqatingiz yangi meva va sabzavot, shuningdek kraxmali bo‘lmagan qaynatilgan sabzavot bo‘lsin. Mana shu shilimshiqsiz parhezli. Yong‘oq va pistalar shilimshiq xosil qilmaydi, shuning yuqorida aytilganlariga kungaboqar urug‘i, tuzlanmagan yeryong‘oq va yong‘oqning har qanday turini qo‘shsa bo‘ladi. Agarda go‘sht va baliq yeyish lozim bo‘lsa, kamaytiring va xaftasiga uch martadan oshirmaganingiz ma’qul. Xaftasiga uch donadan ko‘p tuxum yemang. Unli ovqatlar va nonni juda ko‘p tanovvul qilmang. Ochlik va shilimshiqsiz parhez sizga qanchalar ko‘p narsa berishi haqida ishontirishga harakat xam qilib o‘tirmayman, o‘zingiz sinab ko‘ring. Peshobingizni o‘rganing. Necha marta dastro‘molingizdan foydalanayotganingizga e’tibor bering. Yetti kunlik ochlik shilimshiqdan tozalovchi ulkan vositadir. Men o‘zimga yetti-un kunlik ochlikni qoida tariqasida qabul qilganman. Buni qish oldidan, oktyabr yoki noyabr oxirida amalga oshiraman. Men shilimshiqsiz parxezda yashashga xarakat qilaman, lekin ma’ruzalarim bilan sayoxatga chiqqanimda, doimiy ovqatlarim bo‘lgan yangi meva va sabzavotlarni topa olmay qolgan vaqtlarim bo‘lgan. Shuning uchun o‘z gunoxlarimni ochlik bilan yuvaman.Ochlik yordamida chekish, alkogol, choy va qahvadan xalos bo‘lish
Ko‘pchilik madaniyatli kishilar u yoki bu turda ximiyaviy zaxarlanganlar. Tamaki, ichkilik, choy va qahva bular narkotikning bir turidir. Shu narsalarda xavfli toksin unsurlari mavjud. Har bir quti sigaretda “chekish sog‘ligingizga zararli”, degan yozuvni uchratasiz. Butun jahonda tamakining inson tanasiga zarari tadqiq etilmoqda. Ijozatingiz bilan men yana bir takrorlayman: TANA - NODONDIR. Tana xamma narsani xohlayveradi! U uglerodli qo‘shilmalarni va tamaki nikotinini istaydi, u alkogolni hohlaydi, u kofe va choyda bo‘lgan kofeni mumini istaydi. Tanada bu zaxar va narkotiklarni zararsizlantiradigan vosita yo‘q. Xavf-xatar haqida ko‘p marta ogoxlantirilgan bo‘lsa-da, inson o‘z vujudini barbod qilishdan o‘zga ish bilan shug‘ullanmayotgandek tuyuladi kishiga. Shuni xam nazarda tutmoq lozimki, ta’kidlangan narkotiklar oldin qo‘zg‘atuvchi vazifasini bajarsa, keyinchalik esa markaziy asab tizimini tushkunlikka olib boradi. Ochlik yomon odatlardan xolis bo‘lishga qaror qilgan insonlar uchun qutqaruvchi vositadir. Ochlik vaqtida bu odatlarning chekinganini ko‘p marta ko‘rdim.
Bir necha yil muqaddam o‘ta kashanda bo‘lgan chekuvchi ayol xuzurimga keldi. Bu ayol bir kunda kam deganda to‘rt quti sigaret chekar, besh porsiya viski va ko‘p miqdorda choy va kofe ichar ekan. U menga asab tizimi to‘liq ishdan chiqqanligini gapirib berdi. Qalam ushlaganda qo‘li qaltiraydi. Uyqusizlik azob berar, ishtaha yo‘qolgan, ko‘zlar bezovta yaltirar va terisi o‘ta xunuklashgan edi. U o‘zini shunchalar yomon xis qilardiki, xatto o‘z joniga qasd qilishni ham o‘ylab qo‘yardi. Fizoterapiya yordam bersa kerak deb, hakim uni menga yuborgandi. Bu ayol hamma narsaga tayyor va jarlik yoqasiga kelib qolgandi. Birinchi qilgan ishim shu bo‘ldiki, bu ayolga yaxshi ko‘rgan zaxarlarini iste’mol qilishni ta’qiqlamagan holda och yurishni buyurdim. U ilgarigidek chekar va kamroq bo‘lsa ham spirtli ichimlik va kofe ichardi. Uchinchi kun ertalab borib uning organizmi isyon ko‘tardi va tez-tez olib turgan zaharlari endi ko‘nglini ko‘tarar va qayt qilgisi kelardi. Har safar sigaretni tutatganda, har safar ozgina alokogol yoki kofe ichganda qattiq ko‘ngil aynishi va qayt qilish holati sodir bo‘la boshladi. Uning ochligi o‘n kun davom etdi. Bu uning o‘z tanasini o‘zi zaxarlamagan birinchi kunlar edi. Men uni ochlikning o‘ninchi kuni to‘xtatdim. Uning peshobida quyuq sasigan shilimshiq ko‘p edi. Bu zaxarlar qoldig‘i ekanini siz bilasiz. Men bu xonimni o‘n kun shilimshiqsiz parxezga o‘tirg‘izib ko‘rdim va keyin yana o‘n kun ochlandi. Ikkinchi ochlikning xar kungi peshobida ko‘p miqdorda toksinlar bor edi. Bu ayol mening kuzatuvimda o‘n oydan ko‘proq vaqt qoldi.
Men bu xonimni davolanish boshi va oxirida suratga olgan edim, bu ikki surat bir kishiniki ekanligiga ishonish qiyin. Uning teri va muskullari go‘zallashib ketdi, qo‘llari chiroyli va osoyishta bo‘lib qoldi. Azoblangan va unutilayotgan mavjudotdan, baxtiyor va quvnoq insonga aylangan edi. Uning chekish, alkogol, choy, kofega o‘rganishi yo‘qolgan va hozirgi kunda Hollivuddagi eng qobiliyatli ssenariyachilardan biri hisoblanadi. Bu xonimning daromadlari xam ikki barobarga ko‘paydi, jozibadorligi esa shu darajada ortdiki, o‘ziga xushbichim va omadli er xam topib oldi.
Tamaki, alkogol, kofe va choyga ruju qo‘yganlarning jar yoqasiga borib qolgani haqida ko‘plab misollar keltirish mumkin. Lekin ular ochlikka murojaat qildilar va ochlik mo‘’jizalar ko‘rsatdi. Tamaki, alkogol, choy va kofega o‘rganib qolgan xar qanday kishi uchun ulardan xolos bo‘lish yo‘li ochlikdir. Tana tozalangandan keyin zaxarni qabul qilmay qo‘yadi. Toza, sog‘lom, bekamu ko‘st tana zaxarni o‘ziga yaqinlashtirmaydi. Ochlik tozalanishning ulkan usuli bo‘lib, har qanday zaxarli narsalarga faol qarshilik ko‘rsatadi.
[su_quote]Agarda sizning ovqatlaringiz o‘lik bo‘lsa, pishirish jarayonida undagi muhim ozuqaviy elementlar pazandalikka doir jarayonlarda kamayib ketgan yoki umuman yo‘qolgan bo‘lsa, oshqozoningiz to‘la holida ham ochdan o‘lishingiz mumkin.[/su_quote]© Pol Bregg «Ochlik mo‘jizasi» kitobi. Ziyouz.uz