Revmatoid artrit – biriktiruvchi to‘qimaning surunkali autoimmun yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, asosan bo‘g‘imlarning zo‘rayib boruvchi eroziv poliartriti sifatida namoyon bo‘ladi. Buning oqibatida bo‘g‘imning tuzilishi va funksiyasi jiddiy talafot ko‘radi. Tez orada bemorlarning mehnat faoliyati pasayib, nogironlik guruhiga chiqishadi. Asosan bu kasallik 20-50 yoshlarda, aksariyat 75 foiz ayollarda uchraydi. Kasallikning birinchi 3 yilida 50 foiz bemorda nogironlik guruhi qayd qilinadi.
Kasallikni keltirib chiqaruvchi sabab hozirgacha aniqlanmagan. Revmatoid artrit kasalligi rivojlanishining asosiy omili bu immun yallig‘lanishdir. Bunda qonda aylanib yuruvchi immun komplekslar biriktiruvchi to‘qimaga cho‘kib yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi.
Revmatoid artri dastlab...
Revmatoid artrining boshlanishi: o‘tkir, o‘tkir osti va surunkali. O‘tkir davri ko‘pincha yoshlarda kuzatiladi. Bemorlarda harorat ko‘tarilishi, bo‘g‘imlarda og‘riq, umumiy holsizlik belgilari bilan boshlanadi. Kasallikning o‘tkir davri bir necha soatdan bir necha kungacha, o‘tkir osti davri esa 1-2 hafta davom etadi. Bu davr ko‘proq o‘rta yoshlilarda, asosan ayollarda kuzatiladi. Bo‘g‘imlarda og‘riq, subfebril harorat ko‘tarilishi bilan kechadi. Surunkali turi asosan yoshi keksalarda ko‘p kuzatiladi. Bo‘g‘imlardagi o‘zgarishlar asta-sekin kuchayib boradi va bir necha oylarga cho‘ziladi. Og‘riq xarakteriga qarab kuchsiz, doimiy, ertalablari kuchayuvchi, diffuz og‘riqlar farqlanadi. Og‘riqlar mushaklarda, paylarda, boylamlarda paydo bo‘ladi. Bo‘g‘imlardagi yallig‘lanish protsessi va rentgenologik o‘zgarishlar doimo bir-biriga mos kelmaydi. Ayollarda hayz davrida bo‘g‘imlardagi og‘riqlar kuchayadi. RA kasalligida og‘riq sutkalik ritmga ega. Kasallikda ertalabki karaxtlik asosiy belgilardan biri hisoblanadi, keyingi belgi bo‘g‘imlardagi shish hisoblanadi. Yallig‘lanish tufayli bo‘g‘imlarda sinovial suyuqlik yig‘ilishi hisobiga shish kuzatiladi. Kasallikda tana harorati doimiy oshishi kuzatilib, asosan 37,3-37,5 C bo‘ladi. Zararlangan bo‘g‘imlarda mahalliy harorat ko‘tarilishi, kasallikning erta bosqichlarida kechki paytlari bemorlarda et uvishishi kuzatiladi. Bu belgi kasallikni organizmning barcha joylariga tarqalayotganligini belgilaydi. Revmatoid artrit kasalligi rivojlanishida autoimmun jarayon asosiy o‘rin tutganligi uchun immunoterapiya muolajalari qo‘llaniladi. Ushbu maqolani ham o'qing:
Skolioz bo‘lgan qiz homilador bo‘la oladimi?