— Egizak qizlarim bor. Ular endigina uch oylik bo‘lishdi. Qaynonam ularning quloqlarini teshtirib, zirak taqmoqchi. Qizlarimning qulog‘ini ayni paytda teshtirsak bo‘ladimi?
— Qiz bola olti oylik bo‘lgunga qadar qulog‘ini teshish tavsiya etilmaydi. Chunki bu davrda bola tanasi hali mustahkam bo‘lmaydi, teshilgan joyga turli infeksiyalar tushishi ehtimoli katta. Bir yoshli bolaga ham zirak taqmagan ma’qul. Chunki bola bexos tushib qolgan mayda buyumni og‘ziga solib yutib yuborishi yoki quloq ichiga kiritib yuborishi mumkin. Bu esa, jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi aniq. Bola qulog‘ini 1,5 yoshdan keyin teshgan ma’qul. Bu yoshda bola hali qo‘rquvni his etmaydi va og‘riqni tez esdan chiqaradi. Katta yoshli buvilarimiz «Qaldirg‘och kelguniga qadar quloqni teshtirish kerak», deydi. Bu gapda ham jon bor. Negaki, qishda sovuq harorat tufayli quloq yiringlab ketishi mumkin. Yozda esa chang va issiq harorat tufayli teshilgan joyning bitishi cho‘zilib ketadi. Aynan shuning uchun ham erta bahor va kech kuz pallasi quloq teshtirish uchun eng qulay fursat hisoblanadi.
Aytish joizki, quloqning yumshoq qismida biologik faol nuqtalar joylashgan bo‘lib, ular tanamizning ma’lum a’zolariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Quloqning xavfsiz, ya’ni biologik nuqtalardan holi joyini mutaxassis shifokor aniqlab berishi mumkin.
«To‘pponcha» uslubi
Hozirgi vaqtda «To‘pponcha» usuli bilan quloqni teshish urf bo‘lgan. «To‘pponcha» bilan teshishning foydali tomoni shundaki, teshish jarayoni tez, yengil va og‘riqsiz bo‘ladi. Bolada qo‘rquv hissi paydo bo‘lishga ulgurmaydi. «To‘pponcha» ichidagi zirakcha maxsus tibbiy gipoallergen metalldan yasalgan bo‘lib, u kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha allergik ta’sirlarni kamaytiradi.
Parvarish qiling
Quloq teshilganidan so‘ng, eng asosiy vazifa yara va yiring paydo bo‘lishi oldini olishdir. Quloq teshilgandan so‘ng to‘rt hafta davomida (teshik butunlay bitguncha) maxsus ziraklarni qizaloq quloqlaridan yechmaslik kerak. Ikki-uch kun davomida boshni yuvish mumkin emas.
Har kuni 3-4 mahal teshik atrofini antiseptik vosita (furatsilin eritmasi yoki vodorod peroksidini suv bilan aralashtirib (shifokordan tavsiyasi asosida olib borish kerak!) ) bilan artish, zirakni biroz bo‘shatib, qimirlatib qo‘yish kerak.
Maxsus sirg‘alarni birinchi marta yechish biroz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Ularni ehtiyotkorlik bilan, shoshmasdan yechish lozim.
© Madina MAHMUDOVA, kosmetolog-shifokor.
Ozoda VALIYEVA, jurnalist.
"Oila davrasida" gazetasi.
Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.
Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit
Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.