Quloq pardasi teshilishi eshitish qobiliyatini yo'qotish sabablaridan biridir. Quloq pardasi inson eshitish tizimining noyob qismi. U mo'rt va ingichka bo’lib, tovushlarning tebranishlarini sezib, ularni ichki quloqqa uzatishga qodir lekin unga zarar yetkazish oson. Quloq pardasi - tashqi va o'rta quloq orasidagi chegara punkti bo’lib, u suv, chang va hatto havoning o'rta quloqqa kirishiga imkon bermaydi. U tashqi quloqni o'rta quloqdan ajratib turadi.

Quloq pardasi teshilishi
Foto: ldcentr.ru

Quloq pardasining funksiyalari:

Himoya

Quloq pardasi o'rta quloqni havo, namlik, changdan himoya qiladi. Agar quloq pardasi shikastlangan bo'lsa, zararli moddalar o'rta quloqqa kirib, yuqumli kasalliklar shaklida zarar yetkazishi mumkin.

Otkazuvchanlik

Parda tovushlarning tebranishlarini qabul qiladi va ularni ichki quloqqa uzatadi. Parda yorilib ketganda odamning eshitish qobiliyati pasayadi. Lekin, eshitish qoboliyati har doim ham teshik tiklangandan keyin qaytib kelmaydi.

Agar quloq pardasi yorilib ketsa va hech qanday chora ko’rilmasa, quyidagilar yuz berishi mumkin:

- o'rta quloq infeksiyasi

- quloqdagi shang’illash va shovqin

- eshitish qobiliyatini yo'qotish

Shuning uchun, agar quloq pardasi teshlishi ehtimoli bo'lsa, darhol shifokor bilan maslahatlashish juda muhimdir, chunki faqat shifokor tegishli va professional davolanishni buyurishi mumkin. Ushbu muammoni hal qilishga yordam beradigan shifokorni xalq orasida lor deb atashadi, tibbiy tilda esa quloq doktori - otorinolaringologdir.

Quloq pardasi teshilishi sabablari

Ushbu hodisa har qanday yoshda, ham kattalar, ham bolalar bilan sodir bo'lishi mumkin.

Mexanik shikastlanish

Bu quloqlarni tozalashga mo'ljallanmagan narsalar bilan tozalaganda sodir bo'lishi mumkin - qalamlar, ruchkalar, paxtali tayoqchalar (ular faqat kosmetikada ishlatilishi kerak). Ayniqsa bolalar uchun bunday tozalash mumkin emas. Birgina noto'g'ri harakat yoki bitta tebranish yoki bolaning boshini keskin burishi quloq pardasi teshilishiga olib keladi.

Akustik shikastlanish

Ko'pincha bu ikki toifadagi odamlarga tegishli: harbiy va musiqa ixlosmandlari. Birinchilar otishma, portlashlar, harbiy harakatlar paytida akustik travma olishlari mumkin. Musiqa ixlosmandlari esa kolonkalarga juda yaqin bo'lgan holatlarda yoki ovoz balandligi juda katta bo'lgan diskotekada musiqani jo'shqinlik bilan tinglayotganda quloqlarini shikastlashlari mumkin. Ikkala holatda ham - juda kuchli tovush to'lqini inson qulog'ining quloq pardasining ingichka to'qimasini osongina yirtib tashlaydi.

Bosim tufayli shikastlanish

Bu - tashqi muhit va ichki bo'shliq o'rtasidagi bosim farqi sababli shikast. Parda bosim ostida juda zo'riqishib, yorilishi mumkin. Ko'pincha, bunday shikastlanish suv ostida sho'ng'iyotgan odamga sho'ng'ish paytida, yo'lovchilardan samolyotni uchirish paytida, zarba sababli boks paytida va hatto havo yostig'i mashinaga to'satdan ochilganda sodir bo'ladi.

Orta quloq infeksiyasi

Kasallik paytida o'rta quloqda suyuqlik to'planishi mumkin, bu esa quloq pardasiga bosim o'tkazadi va uni teshadi. Suyuqlik juda ko'p bo'lsa, u parchalanib, pardani teshadi.

infeksiyali quloq pardasi teshilishi
Foto: lorafon.uz

Bosh miya travmasi

Bosh suyagining sinishi yoki o'rta va ichki quloqqa qaratilgan boshqa shikastlanishlar sodir bo'lganda quloq pardasi yorilishiga olib keladi.

Quloq pardasi teshilishi alomatlari

O'tkir quloq og'rig'i

O'tkir og'riq sindromi. Bu asosiy va majburiy alomatdir. Og'riq to'satdan paydo bo'ladi va to'satdan yo'q bo'lib ketishi mumkin.

Eshitish darajasining pasayishi

Buni subyektiv ravishda, maxsus tekshiruvsiz sezish mumkin.

Bosh aylanishi

Bunday holat eshitish qobiliyatini yo'qotish fonida paydo bo'lib, vestibulyar apparatlarning ishi buzilishi bilan bog'liq.

Quloqdan yiring va boshqa suyuqliklar oqishi

Bu alomat yiringli otit holatida sodir bo'lishi mumkin. Bunday holda, quloq pardasi teshilishi paytida og'riq, mexanik shikastlanish kabi kuchli emas.

Odam bu alomatlarni o'zi sezadi, ammo yakuniy tashxisni faqat mutaxassis - otorinolaringolog qo'yishi mumkin. Yoritgichli maxsus moslama - otoskop yordamida u quloq bo'shlig’ini ko'rishi, o'lchamini aniqlashi va pardaning umumiy holatini aniqlashi mumkin. Shu tekshirishga asoslangan holda, shifokor davolanishni buyuradi.

Quloq pardasi teshilishini davolash

Shifokor pardani o’zi tiklanib, davolanmayotganini ko’rsa, yordam vositalarini tavsiya qiladi

  • Dori-darmonli davolash

Dorilar ko'pincha quloq pardasining yaxlitligini buzishga olib kelgan o'rta quloq kasalliklarida qo'llaniladi.

  • Yamash

Bunday muolajada, shifokor mikroskop va eshitish naychasi orqali maxsus moddani qo'llaydi, u o'ziga xos gips bo'lib xizmat qiladi va quloq pardasini davolashga yordam beradi.

  • Operatsiya

Bunday operatsiyaning maxsus nomi - timpanoplastika. Jarrohlik aralashuvi odatda oson kechadi. Bemor o'sha kuniyoq uyga ketishi mumkin.

Oldini olish

- shovqinli muhitda, ayniqsa harbiy harakatlar paytida, kontsertlar, diskotekalar va h.k.larda quloqlaringizni himoya qiling.

- tashqi muhit va o'rta quloqning bosimi o'zgarganda, ya'ni suv ostida sho'ng'ish paytida, uchayotganda va hk. quloq uchun tiqinlardan foydalanish ham tavsiya etiladi. 

- boshqa maqsadlar uchun mo'ljallangan narsalar bilan quloqlaringizni tozalamang.

- ichki quloqdagi yuqumli kasalliklarni davolashni kechiktirmang. Ushbu kasalliklarni o'z vaqtida davolash quloq pardasini yorilishini oldini olish uchun zarur.

Quloq pardasining teshilishi ahamiyatsiz emas, balki odamning eshitish qobiliyati uchun yoqimsiz va qaytarib bo'lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan muammo

Mutaxassislarga o'z vaqtida murojaat qilinsa va ularning tavsiyalari bajarilsa quloq pardasi teshilishi bo'lgan bemorlar to’liq davolanadi. Ammo, kasalni tuzatgandan ko’ra, uni oldini olgan yaxshiroqdir, shunda davolash ham kerak bo’lmaydi!

Sog’ bo’ling!

Burundagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Otrivindir.

Otrivin bu – burun bo'shlig'iga purkaydigan tomirlar toraytiruvchi dori vositasi (sprey va tomchi shaklida mavjud)

1 ml Eritma tarkibida: faol modda: ksilometazolin gidroxloridi 1 mg. Yordamchi moddalar: natriy fosfat monobazik dihidrat, natriy fosfat ikki asosli o'n ikki suvli, natriy xlorid, dinatriy edetat, benzalkonium xlorid, metilgidroksipropil tsellyuloza 4000 mPa.S, sorbitol 70%.tozalangan suv

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi -https://apteka.uz/uz/product/otrivin

Nafas yo'li yallig’lanishida keng qo'llaniladigan boshqa preparatlar: Ksilometazolin,Rinostop,Galazolin,Nosilin,Rinokta,Ksilofakt va hk.

*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

manba: vdy.com.ua