Qoshlarni o’stirish uchun dastlabki 3 qadam
Ushbu maqolada qoshlarni o'stirish, ularni avvalgi zichligini qaytarish, qoshlarda yangi sochlar paydo bo'lishi va qoshlarga to’g’ri keladigan shaklni berish mavzusini ko’rib chiqamiz. Ilgari qoshlarni juda nozik, ipsimon shaklda terish urf bo'lgan, ammo endi bu o'tmishda va so'nggi ikki yil ichida biz qalin qoshlarni tobora ko'proq ko'rmoqdamiz.
Qanday qilib ko'p yillik "ortiqcha" qosh sochlarini terishdan so'ng, ingichka qoshlarni tabiiy zichligini qaytarish va zamonaviy qalin qoshlarni qayta o’stirish mumkin?
Qoshlaringizni o'stirishga yordam beradigan quyidagi uchta asosiy usul mavjud:
- Avvalo o’z qoshlaringiz tabiatan qanday qalinlikka ega bo’lganini eslang. Tabiiy qoshlaringiz qanday ko’rinishda bo’lganini aniqlash uchun bolalikdagi fotosuratingizni toping. Bu yordamida siz qoshingizda qancha sochlaringiz borligini, ularning shaklini va sochlaringizni o'stirish natijasida qanday qoshni olishingizni tushunishingiz mumkin.
- Pinsetdan umuman foydalanmang! Agar siz qoshlaringizni o'stirishni istasangiz, unda har qanday "ortiqcha" sochlarni olib tashlash mutlaqo mumkin emas! Sizga ortiqcha bo’lib ko’ringan sochlar o’sib, bir shaklga kelishi mumkin.
- Dorixonada o’sma yog'i, chakamug’ (repeyniy) yog’i, kanakunjut yog'i, zaytun yog'laridan biri yoki bir nechtasi, nikotin kislotasi ampulalari va arzon tish cho'tkasini sotib oling (Agar qo'l ostingizda qosh uchun maxsus cho'tka bo'lsa uni ham ishlatsa bo'ladi). Ushbu yog'larning barchasini ishlatishdan oldin, tirsagingizda allergiya tekshiruvini o'tkazing.
Qosh o’stirish muolajalari ketma-ketligi
- Ertalab yuvinishdan va barcha parvarish manipulyatsiyasidan so'ng, qoshlarga yog’ surtiladi. Yog’ni surtgandan keyin biz 30-60 daqiqa kutiladi, so’ngra yuvib tashlanadi yoki salfetka bilan ortiqcha yog’ olib tashlanadi;
- Kunduzi tish cho'tkasini olib, aylana harakatlar bilan qoshni va uni atrofini massaj qilamiz - bu usul bilan soch follikulalariga qon oqimini oshiramiz va soch o'sishini rag'batlantiramiz. Eng asosiysi, cho'tkaga bosim o'tkazib yubormaslik kerak, aks holda siz nafaqat qoshlarsiz, balki terisiz ham qolishingiz mumkin - hamma muolajalar yumshoq va mayin bajarilishi kerak. Massajdan so'ng qoshlarga nikotin kislotasi aylana harakatlar bilan surtiladi.
- Kechqurun yuvinishdan va barcha go'zallik protseduralaridan so'ng yana qoshlarga yog’lardan birini surtamiz va aylana harakatlar bilan terini massaj qilamiz. Yog’ni ortiqchasini 30-40 daqiqagadan so’ng paxta yoki salfetka bilan olib tashlanadi
Ushbu muolajalarni har kuni 3 hafta davomida takrorlaymiz. Keyin, 2 haftalik tanaffus qilamiz va agar kerak bo'lsa, yana takrorlaymiz.
- Haftada bir marta qoshlarni o'stirish uchun, yumshoq skrablar yoki pilinglar yordamida tozalaymiz. Bu o'lik teri hujayralarini olib tashlaydi va yog'larning singishini yaxshilaydi.
Ushbu muolajalarning barchasi sizning kuniga 10 daqiqadan kam vaqtingizni oladi va natija sizni juda quvontiradi.
Qoshlarni o'stirish uchun yog’lar
Qoshlarni parvarish qilish uchun qanday yog'larni ishlatsa bo'ladi?
- Zaytun moyi - soch follikulalarini oziqlantirib, soch to'kilishini oldini oladi;
- Shaftoli moyi - sochlarni mustahkamlash va yumshatish uchun;
- Kastor (kanakunjut) moyi - yumshoqlik va yorqinlik beradi, shu bilan birga sochlar itoatkorroq bo'ladi;
- Bodom, repey moyi - oziqlantiradi va silliqlaydi;
Dorixonada maxsus yog’lar to’plamlari tayyor holda ham bo’lishi mumkin yog'i. Shuningdek ularning tarkibida gialuron kislotasi va vitaminlar mavjud bo’ladi. Ularni ham cho’tka bilan yog’ kabi surtamiz.
Bundan tashqari, agar o’zingizning kosmetologingiz bo’lsa, qoshlar uchun turli xil kosmetik muolajalar ham mavjud. Ular: plazmateropiya, oqsillarni tiklash, mezoterapiya. Shuningdek qoshlarni o'stirish uchun professional vositalar ham bo'ladi, ammo ularni mutahassis bilan maslahatlashib, qaysi usul sizga ko’proq to’g’ri kelishini aniqlagandan so’ng qo’llang.
manba: beautylabs.ru