Ptoz – yuqori qovoqning osilishi. Yuqori qovoq ko‘z harakatini boshqaruvchi nerv ta’sirida harakatlanadigan maxsus mushak orqali ochiladi. U tug‘ma va orttirilgan turlarga ajratiladi. To‘liq ptozda yuqori qovoq ko‘zni ko‘p qismini yopib qo‘yadi. Odam esa narsani ko‘rish uchun qoshlarni ko‘taishga yoki boshini orqaga egib qarashga majbur bo‘ladi.
[caption id="attachment_2497" align="aligncenter" width="278"] Ptoz[/caption]
Tug‘ma ptoz qovoqni ko‘tarib turadigan mushaklardagi nuqson tufayli paydo bo‘ladi. Orttirilgan ptoz esa ko‘z va yuqori qovoq nervlari, mushaklari jarohatlanishi natijasida yuzaga keladi. Bundan tashqari, keksalardagi ptozga sabab yuqori qovoq mushagidagi pay cho‘zilishi natijasida hosil bo‘ladi. Ba’zida yuqori qovoqning osilishi xavfli kasalliklarning alomatlari ham bo‘lishi mumkin.
Kasallik oqibatida odamning ko‘rish qobiliyati susayib borishi, ba’zan bemor ko‘zi bitta buyumni ikkita qilib ko‘ra boshlaydi. Shu sababdan ham kasallik sabablarini aniqlab tezda bartaraf etish lozim.
Davolash jarrohlik yo‘li bilan olib boriladi. Bunda yuqori qovoqni ko‘taruvchi muskullarning me’yoriy holati tiklantiriladi.
[box type="info" ]Maqola Avitsenna.uz saytining "Ensiklopediya" rukni orqali e'lon qilinmoqda. Bu rukn orqali siz tibbiy atamalar, kasalliklar haqida ma'lumot olishingiz mumkin. Rukn har doim to‘ldirilib boriladi![/box]
Ushbu maqolani ham o'qing:
Ataksiya - tik tura olmasdan chayqalib yurish