4
(2)

Yozning ayni mavsumida ko‘pchilik insonlar plyaj va maxsus qum bilan muolaja qiluvchi joylarda qumga ko‘milishni odat qilishgan. Biroq ushbu muolajaga shoshayotgan yurtdoshlarimizga avvalo u bilan bog‘liq ko‘rsatmalar bilan tanishib chiqishni maslahat bergan bo‘lar edik. Bu borada bir nechta savollar bilan «Qalampir.uz» nashri tibbiyot fanlari doktori, professor, shifokor-jarroh Murod Hokimovga yuzlandi. Quyida ushbu savol-javobni to‘liq o‘qishingiz mumkin.

Psammoterapiya

Psammoterapiya – ya’ni qum bilan mustaqil davolanish nimasi bilan ahamiyatli?

– Qum issiqni o‘ziga juda yaxshi yutadi va uni uzoq vaqt saqlab turadi. Ko‘pchilik ahamiyat bermagan bo‘lishi mumkin, ammo qumli plyajda issiqdan noqulaylik sezilmaydi, aksincha qum yoqimli isitadi va ajralayotgan terni so‘ndiradi. Bu esa organizmimiz issiqlanib ketishining oldini oladi. Issiq qum bilan davolash usuli quyidagicha: qum 45-65°C gacha qizitiladi hamda biokimyoviy reaksiyalarni faollashtirish uchun tanining ma’lum bir sohalariga tekkiziladi.

Qumga ko‘milish ozishga yordam beradi, degan fikrlar qanchalik to‘g‘ri?

– Qumning davo samaradorligi mexanik va haroratli ta’siri bilan bog‘liq. Qum issiqni juda zo‘r saqlaydi va uni organizmning qon-tomir va boshqa tizimlariga sekin-asta yetkazib beradi. Issiq qum inson tanasini qoplar ekan, teri, teri osti yog‘ qavati va to‘qimalarni yoqimli massaj qiladi. Buning natijasida teri va uning ostidagi to‘qimalarda kapillyar qon aylanishi hamda limfa aylanishi yaxshilanadi, organ va to‘qimalarning kislorod bilan ta’minlanishi, ter bezlarining faoliyati yaxshilanadi, bu esa ter ajralishi hisobiga ortiqcha tana vazni samarali kamayishiga olib keladi.

Almashinuv va oksidlanish jarayonlari barqarorlashadi. Buyraklar va siydik ajratish a’zolari, xususan, siydik qopi, faoliyati yaxshilanadi. Ortiqcha tana vazniga qarshi kurashishda ham issiq qum bilan davolash samarali hisoblanadi. Bunda insonning yurak va qorin sohalarini ochiq qoldirgan holda tananing barcha qismlari qizdirilgan qum bilan qalin qilib qoplanadi hamda shunday holatda yarim soat yotiladi. Inson yoqimli kechinmalarni sezadi, bitta seansda 2 kg.gacha tana vaznini yo‘qotish mumkin.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Qon bosimi oshishi haqida batafsil ma’lumot (So‘ragan edingiz)

Qumli muolaja qaysi kasalliklarda ko‘proq samarali ta’sirga ega?

– Ba’zi kasalliklarda issiq qum og‘riqsizlantiruvchi va shishga qarshi ta’sir qo‘rsatadi, artrozlar, artritlar, revmatizm, tuxumdonlarning surunkali yallig‘lanishi, nevralgiyalar, radikulitlarni davolaydi. Bo‘g‘imlar, bel sohasi kasalliklarida tananing og‘riyotgan qismlari qum bilan qoplanadi (qumni qizitib, qopchalarga to‘ldirib solinadi). Ma’lum bir vaqtdan so‘ng og‘riq yo‘qoladi. Qancha muolaja lozim ekanini organizmning o‘zi sizga aytadi.

Qaysi holatlarda ushbu muolaja tibbiyot tomonidan inkor etiladi?

– Esdan chiqarmaslik lozimki, issiq qum bilan davolash ba’zida qat’iyan man etilgan bo‘lishi mumkin, chunki bu issiq muolaja. Infeksion kasalliklarda, gipertoniyada hamda ba’zi bir ayollar kasalliklari (mioma, endometrioz, mastopatiya), o‘pka sili, varikoz, varikotsele, jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan bemorlarga, organizmning umumiy quvvatsizligida, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, kasallikning o‘tkir davrida va issiq muolajalarga qarshi ko‘rsatma bo‘lgan barcha holatlarda qumli vannalarni qabul qilib bo‘lmaydi.

Qum bilan mustaqil davolanishni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashib olish lozim.

Psammoterapiya muolajalarida qanday qoidalarga rioya qilish kerak?

  •  Yuzni yuqoriga qilib qum bilan ko‘milish kerak, bunda bosh soyada (soyabon tagida) turishi darkor.
  • Sizni issiq qum bilan ko‘mib qo‘yishlarini iltimos qiling, bunda qum qatlamining qalinligi 5-7 sm bo‘lsin, qorin sohasida esa bu qalinlik 2 sm dan oshmasligi lozim. Yurak sohasi har doim ochiq holatda qolishi kerak!
  • Umumiy qum vannasining harorati 45 dan 55°S gacha bo‘lishi mumkin.
  • Agar qum nam va yetarlicha qizimagan bo‘lsa (quyoshli kun bo‘lishiga qaramasdan), psammoterapiyani o‘tkazish mumkin emas!
  • Muolajaning davomiyligi katta yoshdagi insonlarga yarim soatdan oshmasligi lozim, bolalarga esa – 10 daqiqa.
  • Qumli vannadan so‘ng dush olib, soyada 30-40 daqiqa dam olish kerak.
  • Plyajda mahalliy vannalarni ham qabul qilinadi, bunda xasta qo‘l yoki oyoqni yarim yoki bir soatga qumga ko‘mib qo‘yiladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Ayollarda sink moddasi yetishmovchiligi

Gripp va yuqori nafas yo’llarining infeksiyalarini alomatlarini davolash uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Griphotdir.

Griphot bu – alohida paketlarga qadoqlangan eriydigan granulalar.

Har bir paket tarkibi:

Faol moddalar: parasetamol — 500 mg, fenilefrin gidroxlorid — 10 mg, oksalamin sitrat — 100 mg, xlorfeniramin maleat — 2 mg; Yordamchi moddalar: tartarik kislota, limon kislotasi, natriy gidrokarbonat, natriy karbonat, xinolin sarig’i, limon lazzati, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/gripkhot

Shamollash va grippda balg’am ko’chirish uchun qo’llaniladigan boshqa preparatlar: Teraflyu, Rinil hotmiks, Insti, Sinupret ekstrakt, Rinomaks, ASS va hk.

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.