Poliomiyelit

0
()

Poliomiyelit — o‘tkir yuqumli kasallik. Bunda asab tizimi zararlanadi. Kasallik bemorda falajlik bilan yoki falajsizlik bilan kechadi. Poliomiyelit virusining manbasi bemor yoki kasallikdan tuzalgan kishi, shuningdek sog‘lom tashuvchilardir. Infeksiyaning asosiy yuqish yo‘li oziq-suv hisoblanadi. Havo-tomchi yo‘li bilan kamdan kam hollarda yuqadi. Bu virus bilan 6 oydan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, ba’zan yoshi katta insonlar ham zararlanishi mumkin.

Poliomiyelitga qarshi emlash
Poliomiyelitga qarshi emlash

Turli shakllari mavjud

Kasallikning yashirin davri 5 kundan 35 kungacha davom etadi. Harakat buzilishlariga ko‘ra poliyomiyelit falaj bilan yoki falajsiz poliyomiyelitga bo‘linadi. Falajsiz poliomiyelitga abortive va meningeal shakllar, falaj bilan kechadigan poliyomiyelitga spinal, bulbar va pontin shakllari kiradi. Bu kasallik asoratlari xavfli kasalliklar toifasiga kiradi. Yuqorida sanab o‘tilgan turlariga ko‘ra har bir turda organizmda jiddiy o‘zgarishlar yuzaga keladi (og‘riqlar, diafragma falajligi, pay reflektorlarining pasayishi, halqum muskullari falaji, es-hushning buzilishi).

Poliomiyelit erta, kompleksli, patalogik jrayonning darvi hamda shakl va tarqalishi hisobga olib davolanadi. Bu kasallik mamlakatimizda kam uchraydi. Sababi mamlakatimizda bolalar yoshligidan bu kasallikka qarshi emlanadi.

Maqola Avitsenna.uz saytining «Ensiklopediya» rukni orqali e’lon qilinmoqda. Bu rukn orqali siz tibbiy atamalar, kasalliklar haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Rukn har doim to‘ldirilib boriladi!

 

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Tegishli maqolalar

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button