Peritonit – qorin pardaning yallig‘lanishidir. Bunda biz qorin pardoning anatomik tuzilishiga e’tibor qaratishimiz kerak. Anatomik jihatdan qorin parda ikki qavat, pariyetal va visseral qavatlardan iborat. Pariyetal qavat qorin bo‘shlig‘ini, visseral qavat esa icki a’zolarni qoplagan bo‘ladi. Qoplanish ularni ya’ni ichki a’zolarni tashqi va ichki “mikroblar hujumlaridan” himoya qilish vazifasini bajaradi. Himoya esa ularning suyuqlik ishlab chiqarish va uni qayta so‘rish orqali ta’minlanadi. Agar, bu pardaning ishi yallig‘lanish oqibatida buzilsa, qorin bo‘shlig‘i himoyasiz qoladi.
Kelib chiqish sabablari
Bu kasallik asosan, ichki a’zolarning yallig‘lanishi oqibatida yuzaga keladi.- O‘tkir appenditsit;
- Oshqozon – ichak yarasi;
- Pankreatit;
- Jinsiy a’zolardagi yallig‘lanishlar (ko‘pincha ayollarda)
- Qorin bo‘shlig‘idagi jarrohlik amaliyotidagi ehtiyotsizlik;
- Qorin bo’shlig’idan olingan og‘ir jarohatlar;
- Ehtiyotsizlik bilan o‘tqazilgan abort jarayoni oqibatida peritonit kelib chiqishi mumkin.
- Amaliyotdan oldingi davr – operatsiyadan oldin hayotiy muhim a‘zolar faoliyatida hech qanday kamchilik va nuqsonlar yo‘qligi so‘rov shaklidagi tekshiruvdan o‘tqaziladi.
- Amaliyot davri – yallig‘lanish tarqalayotgan asosiy manba aniqlanadi va u yo‘qotiladi. Qorin bo‘shlig‘I tozalanadi, yuviladi. Bo‘shliq ma’lum muddat ( Yallig‘lanish hajmiga qarab ) drenajlanadi.
- Amaliyotdan keyingi davr – bemorda jarohlikdan keyin hosil bo‘lgan choklarning tozaligiga hamda uning taomnomasi shifokor tavsiya etgan taonomaga mos kelayotganiga asosiy e’tibor qaratiladi.
Foydali maslahatlar
Peritonit kasalligini “boshidan o‘tqazgan” bemorlar gaz hosil qiluvchi mahsulotlar – dukkaklilar, mosh, no‘xot, loviya, yeryong‘oq kabi mahsulotlarni, anor, nok, xurmo singari mevalarni iste’mol qilish mumkin emas. Ularga asosan sabzi, olma soklarini ichish tavsiya etiladi. Mevalarni masalan, olmani bug‘ holatda pishirib iste’mol qilish mumkin. Bundan tashqari, sut va sut mahsulotlari, sut, qatiq, suzma, yogurt kabilarni bemor 2-3 kundanmboshlab bema’lol iste’mol qilishlari mumkin!Diqqat, yuqoridagi belgilar kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat eting. Peritonit kasalligi hayot uchun xavfli, tezlik bilan yordam berish kerak bo‘lgan kasalliklar toifasidandir!Mavzuga aloqador maqola: Peritonit - qorin pardasi yallig‘lanishi
Ushbu maqolani ham o'qing:
Oʻsmirlik davri. Boladagi jismoniy va ruhiy oʻzgarishlar