Pay cho'zilishi - shikastlanishning keng tarqalgan turi hisoblanadi. Paylar cho'zilishi odatda jismoniy zo'riqishda yoki to'satdan qilingan keskin harakatlar jarayonida sodir bo'ladi.

Oyoq paylari cho'zilishi
Foto: mamsy.ru

Hatto eng ehtiyotkor odam ham paylarning jarohatlardan xoli emas.

Eng katta yuk va jarohatlar natijasi oyoq va qo’l bilaklarining pay bo'g'imlariga to'g'ri keladi

Bitta noto’g’ri harakat suyak chiqishi, ko'karish, paylar cho’zilishi yoki suyak sinishini keltirib chiqarishi mumkin, bu uzoq muddatli davolanishni talab qiladi.

Oyoq paylari cho’zilishi

Oyoqlarinig shikastlanishini eng keng tarqalgan turlaridan biri bu - oyoqlardagi to’piq paylari cho’zilishidir. Ko'p hollarda cho'zilish faol hayot tarzini yuritadigan va sport bilan shug'ullanadigan odamlarga xos bo'lishiga qaramay (ayniqsa, to'satdan sakrash bilan bog'liq jamoaviy o'yinlar - basketbol, ​​voleybol va boshqalar jarayonida), kundalik hayotda ham to'piq paylarini cho’zish juda oson - oyoqning haddan tashqari zo’riqishi tufayli og'riqli shikastlanish, shunchaki oyoqini burish yoki sirpanish orqali ham shikastlanish mumkin.

Travmatologiyada pay cho'zilishi deb - yuqori zo’riqish va fiziologik me'yordan oshib ketgan harakatlar sababli bo’gimlar yaxlitligini yopiq buzilishi ataladi

Davolash qiyin bo'lgan og'riqli alomatlar birlashtiruvchi tolalarning qisman yoki to'liq yorilishi natijasida paydo bo'ladi. Atipik cho’zilishda paylar cho'zilib, yukka bardosh bermasdan, bu holatga xos alomatlarni keltirib chiqaradi.

Pay cho'zilishi turlari:

Yengil pay cho’zilishi:

Bunday cho’zilishni aniqlash qiyin, chunki uni alomatlari ko'pincha shikastlanish va bo'g'imning ozgina chiqishiga o’xshaydi. Jarohatdan keyin taxminan 4-5 kun ichida yengil og'riqlar o'z-o'zidan o'tib ketadi va g’udda yo'qligi odatdagi faol hayot tarzini saqlashga imkon beradi. Shifokorlar bunday kichik shikastlarda ham mutaxassislardan yordam so'rashni maslahat berishadi - chunki, shikastlangan paylar zaifroq bo’lib, reabilitatsiya davrida har qanday minimal yuk ham simptomlarning kuchayishiga olib kelishi mumkin.

O'rtacha pay cho’zilishi:

Payning o'rtacha cho'zilishda, oyoqdagi alomatlar aniqroq ko’rinadi: eng kichik harakatda og'riq, ba'zi tolalarning chuqur yorilishini ko'rsatadi, sezilarli shish va ko’karish yallig'lanish jarayonini yashiradi, ammo oyoq anatomiyasi tashqi tomondan o’zgarmaydi, bunday holatda barcha bog'lovchi tolalar shikastlanmaydi. O'rtacha shikastlanishda mustaqil harakatlanish qiyin va  xavfli - eng kichik noto'g'ri harakat paylarning to'liq yorilishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatda darhol tibbiy yordamga murojaat qilish kerak - faqat malakali davolanishda xavfisiz tez va to'liq tiklanish mumkin.

Qattiq pay cho’zilishi:

Bunday patologiya juda xavflidir, chunki to'g'ri terapiya bo'lmasa, oyoq funksiyalarni buzilishiga olib kelishi mumkin. O'tkir og'riq tufayli mustaqil harakatlanish imkoniyati bo’lmaydi, shuning uchun bunday shikastlanishda bemorni o’zini shifoxonaga yubormasdan, shoshilinch yordam xonasiga olib boradigan tez yordam bilan bog'lanish yaxshiroq. Bunday holatda oyoqning aniq shishishi va to’q ko'k rangi zudlik bilan harakat qilish kerakligini anglatadi - aks holda tiklanishni sezilarli darajada kechiktirish yoki yordam tez bo’lmasligi achinarli alomatlarga olib kelish mumkin.

Pay cho’zilishi sabablari

Cho’zilishning juda ko'p tashqi sabablari bo'lishi mumkin: sakrash paytida noto’g’ri tushishdan tortib, oyoq yuzasiga kuchli zarba berishgacha. Ularning barchasi salbiy omil ta'sirida oyoq paylarini atipik holatda egilishini keltirib chiqaradi, shu sababli paylar shikastlanadi. Ko'pincha, bunday zarar oyoqni ichkariga yoki tashqariga burilish natijasida yuzaga keladi - yon paylar cho'zilishi boshqa turlarga qaraganda ko’proq tolalarning shikastlanishini keltirib chiqaradi.

Paylar cho’zilishini keltirib chiqaradigan omillar:

Shuningdek, baland poshnalar ham pay cho’zilishi xavfini keskin oshiradi. Shuning uchun, oyoq kiyimlarni tanlashda poshna barqarorligi va haddan tashqari baland emasligiga ishonch hosil qilish kerak. Aks holda, ayniqsa notekis yuzalarda (chuqurlari bor yo'l, yumshoq gilam, maysa va boshqalar) va muzlagan sirg’anchiq yerlarda pay cho’zilishi xavfi katta.

Paylar cho'zilishi
Foto: mamsy.ru

Pay cho’zilganda birinchi yordam

O'z vaqtida tibbiy yordam ko’rsatish og'riqni, bemorning ahvolini sezilarli darajada yengillashtirishi va asoratlar ehtimolini kamaytiradi. Pay cho’zilishi yuz berganda, tez yordam yetib kelguncha quyidagi yordamchi tadbirlar majmuini o'tkazish kerak:

  • Gorizontal holatga o’ting, shikastlangan oyoq ostiga rulon yoki yostiq qo'yib, oyoq darajasini yuqoriga ko’taring. Ushbu holat qon oqimini yaxshilaydi va shishni kamaytiradi.
Paylar cho'zilganda birinchi yordam
Foto: mamsy.ru
  • Oyoqqa muzli kompress yoki boshqa past haroratli narsani qo'ying. Zarar ko'rgan joyni sovutish yallig'lanish jarayonini susaytiradi, og'riqni pasaytiradi va qon ketishini to'xtatadi. Biroq, sovuq kompresslarni suiste'mol qilmang - ularni yarim soatdan ko'proq ushlab turish tavsiya etilmaydi.
  • Oyoqni anatomik jihatdan to'g'ri holatga keltiring. Elastik bandaj bilan sakkiz shaklda, navbat bilan to'piq va oyoqni o'rash kerak. Agar qo'lingizda elastik bandaj bo'lmasa, oddiy doka yoki qo'ldagi har qanday materialdan foydalanishingiz mumkin. Bandaj shikastlangan a'zoni qattiq bosmasligiga ishonch hosil qiling - zich bandajlar qon aylanishiga to'sqinlik qilishi mumkin. Biroq, bandaj juda zaif ham bo’lmasligi kerak.
Paylar cho'zilganda bandaj
Foto: mamsy.ru
  • Mos keladigan og’riqqa qarshi dori yordamida og'riqni yengillashtiring. Qabul qilingan tabletka 15-20 daqiqada kuchga kiradi, shundan keyin siz shifokorga murojaat qilishingiz mumkin.

Pay cho'zilishi yuz berganda - oyog'ingizni isituvchi gellar yoki moylar bilan surtmang, issiq kompresslar va spirtli damlamalarni ishlatmang. Chunki, bu vositalar tomirlarni kengayishini keltirib chiqaradi. Ya'ni ular suyuqlik oqimini yaxshilaydi va yallig'lanish reaksiyasini rag'batlantiradi

Pay cho’zilishini qanday davolash mumkin: konservativ, jarrohlik va uy usullari

Paylar cho’zilishida davolashdan oldin travmatolog qo'shma asoratlarni istisno qilishi va shikastlanish darajasini aniqlashi kerak. Buning uchun bo'g'imning holatini baholashga imkon beradigan rentgen diagnostikasi, KT yoki MRT o'tkaziladi.

Ko'pgina hollarda pay cho’zilishini davolashda konservativ davo qo’llaniladi. 

Oyoq paylarini yengil cho’zilishida bemorga og'riq to’liq o’tib kengunga qadar oyoqni harakatlantirmaslik tavsiya etiladi. Fizioterapiya mashqlari og’riq to’liq o’tib ketganidan so’ng qo’llaniladi. Agar kerak bo'lsa, og'riq qoldiruvchi dorilar va yallig'lanishga qarshi moylar shikastlangan joyga qo'llanilishi mumkin.

Oyoq paylarini o’rtacha cho’zilishida, asosiy kursdan tashqari, og'riq qoldiruvchi vositalar va yallig'lanishga qarshi dorilar qo’llaniladi, hamda, to'piqqa sakkiz ko’rinishida yumshoq bandaj qo'llaniladi.

Oyoq paylarini eng og'ir, uchinchi darajali cho’zilishida ancha jiddiy yondashuv talab qiladi. Og’ir holatni uyda davolash mumkin emas, chunki bemorga muntazam ravishda fizioterapiya muolajalari va yallig'lanishga qarshi farmatsevtik preparatlarni ukol qilish talab qiladi. Bunday og'ir holatda oyoqni harakatsiz qilish uchun bint emas, balki gips ishlatiladi.

Pay cho’zilishini fizioterapiya usulida davolash

Fizioterapiya - paylar cho’zilishidan keyin oyoq harakatchanligini tiklashning o'ta samarali va ayni paytda mutlaqo xavfsiz usuli. To'g'ri tanlangan muolajalar to'qimalarni qayta tiklash jarayonlarini boshlaydi, qon oqimini yaxshilaydi, og'riq va yallig'lanishni engillashtiradi.

Fizioterapiya odatda pay cho’zilishidan 2-3 kun o'tgach boshlanadi. Shikastlanish oqibatlarini bartaraf etishda o'zini ko'rsatgan eng samarali usullarga quyidagilar kiradi:

  • Elektroneurostimulyatsiya - og'riqni yengillashtiradi, cheklangan harakatchanlikni va past funksionallikni yo'q qiladi.
  • Diadinamik terapiya - metabolik mexanizmlarni faollashtiradi va shu bilan pay tolalarining tiklanishini yaxshilaydi.
  • Lazer terapiyasi - limfa drenajini yaxshilaydi, shish va yallig'lanishni yumshatadi.
  • Krioterapiya - yallig'lanishga qarshi va og'riq qoldiruvchi ta'sirga ega.
  • Amplipuls terapiyasi - mushaklarning faolligini rag'batlantiradi, paylarning elastikligini oshiradi va tiklanishni tezlashtiradi.

Paylar cho’zilishida jarrohlik aralashuvi

Paylar cho’zilishida jarrohlik davolash faqat paylar to'liq yorilganda talab qilinadi. Bunday jiddiy shikastlanishda jarroh oyoqning yumshoq to'qimalarida kesma qilib, yirtilgan tolalarni qo'l bilan bog'lashi kerak bo'ladi. Odatda, bunday operatsiya uzoq muddatli reabilitatsiyani talab qiladi (10 xafta va undan ko'p vaqtgacha) va har doim ham to'piqdagi harakatlanish funksiyasini to'liq tiklanishi bilan tugamaydi.

Pay cho’zilishida xalq tabobati

Konservativ davo bilan parallel ravishda xalq tabobati yordamida tiklanishni tezlashtirishga harakat qilishingiz mumkin:

  • Kartoshkadan kompresslar. Yupqa qirg'ichdan o'tkazilgan kartoshkani to’g'ralgan piyoz va bir osh qoshiq shakar bilan aralashtirib, dokaga o'rab, shikastlangan joyga kompress kabi qo’yish kerak.
  • Sarimsoq-limonli kompresslar. Maydalangan sarimsoq boshchalarini (2-3 dona) ustiga iliq suv quyib, uni bir soat davomida tindirib, so'ngra 1 limon sharbati bilan aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan suyuqlik yordamida dokani ho’llab, jarohatlangan joyga 1-2 soat davomida kompress kabi qo’yish kerak.
Pay cho'zilishida xalq tabobati
Foto: mamsy.ru

Mutaxassis bilan malakali maslahat va keng qamrovli davolanish paylar cho’zilganda oyoqning harakatchanligini tezda tiklashga va og'riqli travmalarning qaytalanishidan saqlanishingizga imkon beradi!

manba: mamsy.ru