Nonning kletchatkalar va foydali mikroelementlarga boy bo‘lgan turlari ozishga yordam beradi. Maqolamizda nonning foydali turlari to‘g‘risida o‘qiysiz.
Javdar non
Ozish uchun davlat standartlariga asosan tayyorlangan “Borodino javdar noni”ni izlash yaxshiroq. Bu nonda kaloriya oq nonga qaraganda 20% kamroq va kletchatkalar esa 4 marta ko‘proq.Zig‘ir urug‘li non
Zig‘ir urug‘lari kletchatkalarga va yog‘ kislotalariga boyligi bilan juda mashhur. Ularda boshqa non turlarida kam uchraydigan selen, kaliy, marganets kabi ko‘plab foydali moddalar mavjud. Zig‘ir urug‘i qo‘shilgan mahsulotlar juda past glikemik indeksga ega. Bu uning ozish uchun mukammal vosita hisoblanishiga asos bo‘ladi.Suli non
Nonning bu turi tarkibida glyuten bo‘lmaydi va sog‘liq uchun foydali hisoblanadi. Shifokorlar uni organizmdagi “yomon” xolesterinlar darajasini kamaytirish xususiyati uchun yaxshi ko‘rishadi. Suli nonida glikemik indeks juda past, shuning uchun u ishtahani nazorat qilishga yordam beradi.O‘stirilgan bug‘doydan qilingan non
Tabiiy xamirturushlar va tozalanmagan unlar asosida tayyorlangan nonlar, afsuski kamdan-kam uchraydi. Bunday nonlar xususiy non tayyorlanadigan joylarda pishirilishi mumkin.Ushbu maqolani ham o‘qing: Soda bilan ozish mumkinmi ?
Ushbu maqolani ham o'qing:
Qorin og'rishi - turlari, sabablari va o‘ziga xos belgilari