1. Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga astoydil kirishgan bo‘lsangiz, moddalar almashinuviga halaqit bermang. Avvalo taomlangandan so‘ng shirinlik yeyish odatidan voz keching. Shirinilikxo‘rlikni tushlikkacha bemalol bajarishingiz mumkin. Ammo undan keyin og‘zingizga «qulf» solganingiz ma’qul.
2. Ertalab nonushtagacha bir stakan qaynatib tindirilgan yoki ma’danli suv iching. Suv teri hujayralarini namlantirib, keksayish alomatlarini sekinlashtiradi. Shu bilan birga ichaklardagi tiqinlarni haydaydi.
3. Taomnomangizda olti turdagi mahsulot, albatta, bo‘lishi kerak. Bular: shirin, nordon, achchiq, sho‘r, chuchuk va taxir ta’mli yeguliklar. Ana shunda organizm o‘ziga kerakli bo‘lgan vitaminlarni qabul qiloladi.
4. 200 gr suyuq asalga yarimta limon sharbati, 1 osh qoshiq yanchilgan zanjabil kukunini aralashtirib qo‘ying. So‘ng ushbu aralashmani har kuni nahorga yarim choy qoshiqdan qabul qilasiz. Asal tanaga quvvat bersa, zanjabil immunitetni mustahkamlaydi.
5 .Ovqat vaqti suyuqlik ichmang. Taomlanishdan 20 daqiqa oldin yoki keyin choy ichish maqsadga muvofiqdir.
6. Kechki soat oltidan so‘ng yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qilishini lozim. Agar uyquga yotishgacha ochiqsangiz, bodom, mayiz yoki yashil olma yeyishingiz mumkin. Yotishdan oldin esa bir stakan sut yoki qatiq ichishga odatlaning.
7. Uyquga yotishdan oldin terini oziqlantiruvchi krem bilan qo‘l-oyoq va qorin sohasini yengil uqalang. Muolaja so‘ngida terini asta chimdib olsangiz ham bo‘ladi. Bu terida qon aylanishini yaxshilaydi.
© "Sug‘diyona" gazetasi.
Ushbu maqolani ham o'qing:
Skolioz bo‘lgan qiz homilador bo‘la oladimi?