Ovqatlanishdan keyin og‘riq va sohada noqulaylik sezishning ko‘plab sabablari bor. Agar og‘riq ovqatdan keyin darhol sezilsa va u bir ozdan keyin o‘tib ketsa, bunga ko‘pincha ovqat sabab bo‘ladi.
Agar odam ovqatlanish tartibini o‘zgartirgandan keyin ham boshqa simptomlar yoki noqulaylik sezish davomli bo‘lsa, bunga kasallik sabab bo‘lishi mumkin.
[caption id="attachment_10778" align="aligncenter" width="708"] Foto: MD-Health.com[/caption]Qorin og‘riqlari va noqulayliklarni individual ovqatlanish tartibi tuzish, foydali meva-sabzavotlar iste’mol qilish bilan oldini olish mumkin. Achchiq, yog‘li, kofein va shakarga boy ovqatlarni kamaytirish ham foyda beradi.
Quyidagi maqolada biz odam nima uchun ovqatdan keyin og‘riq yoki ko‘ngil aynish hissini sezishining ovqatga va kasalliklarga bog‘liqligi haqida sizga ma’lumot berib o‘tamiz.
Ovqat
Ovqatdan zaharlanish
Qorin og‘rig‘i ovqatdan zaharlanishning kalit simptomi hisoblanadi. Boshqa simptomlar quyidagilar:
- Qusish;
- Diareya;
- Umumiy holsizlik;
- Tana harorati oshishi;
Ushbu simptomlar ovqatlangandan keyin bir necha soatlar ichida paydo bo‘ladi, ba’zi hollarda bir necha kunlarda ham namoyon bo‘lishi mumkin. Zaharlanish odatda bir necha kun davom etadi, uyda yotoq rejimi va ko‘p suyuqlik ichilganda o‘tib ketadi
Nordon mahsulotlar
Nordon mahsulotlar masalan meva sharbatlari, konservalangan pishloq va tomat pastalari oshqozonni qo‘zg‘atadi. Shu bilan birga meva sharbatlarining o‘rniga choy yoki suv ichish qorindagi og‘riqlarni kamaytiradi.
Oshqozonga ovqat bilan havo kirib qolishi
Ushbu holatda odam noqulaylik sezadi. Qorinning dam bo‘lishi va diskomfort, ba’zi hollarda to‘satdan og‘riq ham kuzatiladi. Shakarli ichimliklar va ba’zi ovqatlar qorin dam bo‘lishiga va gaz to‘planishiga sabab bo‘ladi. Ular quyidagilar:
- Piyoz;
- Dukkakli mahsulotlar;
- Karam;
- Brokkoli.
Saqich chaynaganda, shirinlik so‘rib yurganda va ovqatlanayotganda gapirilsa havo yutib yuborish ham kuzatiladi.
Achchiq ovqatlar
Chili garimdorilari ko‘pincha ovqatga ta’m berish uchun foydalaniladi. Garmdorilar o‘zida kapsaitsin moddasini (achishi va qizdirish hissini sezdiruvchi) tutadi. Kapsaitsin oshqozon shilliq qavatini qo‘zg‘atadi va ko‘ngil aynashi hissini chaqiradi.
Hazm qila olmaslik
Oshqozon hujayralari kislota ishlab chiqarish xususiyatiga ega. Ular ovqatni parchalashga (hazm qilishga) yordam beradi. Ba’zi hollarda kislota shilliq qavatni qo‘zg‘atadi va hazm qilish qiyinlashadi. Yog‘li, to‘yimli ovqatlar, kofein, shakarli mahsulotlar, alkogol mahsulotalari hazm qilishni buzilishiga olib kelishi mumkin.
Kofein
Kofein kofe va achchiq choy tarkibida ko‘p bo‘ladi. Bu moddalar shilliq qavatni qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Odam achchiq bo‘lmagan choy va kofe ichishi, iliq qaynagan suvga limon to‘g‘rab ichishi tavsiya etiladi.
Alkogol
Alkogol ichimliklar oshqozon dam bo‘lishiga olib keladi. Ayniqsa karbonatlarga boy bo‘lgan masalan pivo, ko‘p turgan vino jig‘ildon qaynashiga olib kelishi mumkin.
Ovqatga bo‘lgan allergiya
Ko‘pchilik odamlar ayrim mahsulotlarga allergiya bo‘ladi va bu oshqozonning qo‘zg‘alishiga, og‘riq sezishga, ko‘ngil aynishga sabab bo‘ladi. Ovqatni ko‘tara olmaslik allergiyaning yengil darajasi hisoblanadi. Ba’zi oqsillar, bug‘doy oqsili va laktoza hazm qilish qiyin oqsillar hisoblanadi. Insonlar ovqatlanish ratsionini individual tuzishi bilan allergiyadan saqlanib yurishi mumkin. Diyeta tutish hazm qilish muammolaridan qutilishning eng yaxshi yo‘lidir.
Juda ko‘p ovqatlanish
Oshqozonni sig‘imidan ortiq to‘yib ovqatlanish sog‘liq uchun zarar. Ovqatlanishdan keyingi turli xildagi noqulayliklar, bo‘kib qolganlikdan dalolat beradi.
Kasalliklar sababli
Quyida biz tibbiy kasalliklar sababli kuzatiladigan ko‘ngil aynishi va og‘riq sabablaridan ba’zilarini keltiramiz.
Gastrit
Oshqozon shilliq qavatining yallig‘lanishi ovqatdan keyingi og‘riq, ko‘ngil aynashi, qusish va dispepsiya keltirib chiqaruvchi asosiy sababdir. Gastritning yengil darajalarida uy sharoitida diyeta qilib ham davolasa bo‘ladi. Nordon, achchiq ovqatlarni ratsiondan chiqarib tashlash kifoya.
Ichakning yallig‘lanishli kasalliklari
Ichakning yallig‘lanishli kasalliklarining qator simptomlaridan og‘riq hissi asosiy o‘rinni egallaydi. Ichakning yallig‘lanishli kasalliklari konservativ (dorilar bilan) va diyeta qilish bilan davolanadi.
Oshqozon yarasi
Ushbu kasallik ko‘ngil aynash va og‘riq kelib chiqishida yetakchi o‘rinni egallaydi. Odam ovqatlangandan keyin qorinning epigastral (kindik va to‘sh oralig‘i) sohasida kuchli og‘riq his qiladi. Yara kasalligiga infeksiya ham sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari dori preparatlarini ayniqsa aspirin saqlovchilarni noto‘g‘ri uzoq muddat qabul qilishdan kelib chiqadi.
Ichakning qo‘zg‘alish sindromi
Og‘riq ich ketishi yoki ich qotishi bilan keladi, dam bo‘lish va spazm kuzatiladi. Simptomlar kunlab, haftalab, hatto oylab kuzatilishi mumkin, har doim ham ovqatdan keyin kelmasligi mumkin. Ovqatlanish ratsionini o‘zgartirish yordam beradi (sekin ovqatlanish, qovurilgan yog‘li ovqatlarni kamaytirish, jismoniy mashqlar qilish, alkogol iste’mol qilmaslik, o‘z vaqtida ovqatlanish).
O‘t-qopi tosh kasalligi
Agar toshlar o‘t yo‘llarini berkitib qo‘yadigan bo‘lsa, to‘satdan og‘riq, ko‘ngil aynashi kuzatiladi. Buning davosi konservativ yoki operativ bo‘lishi mumkin.
Foydali maqola: O‘t-tosh xastaligi profilaktikasi
Jig‘ildon qaynashi
Tibbiyot tilida gastroesofagal reflyuks (GER) deyiladi. Bu oshqozon shirasining (kislotasining) qizilo‘ngachdan og‘izgacha kelishidir. Ko‘krak qafasida qizish hissi seziladi, odam uni qayt qilib chiqarib yuborgisi keladi. Alkogol, achchiq ovqatlar ko‘p hollarda jig‘ildon qaynashiga sababchi bo‘ladi.
Foydali maqola: Jig‘ildonimda olov yonmoqda yoxud jig‘ildon qaynashi
Qalqonsimon bez giperfunksiyasi
Qalqonsimon bezning tiroid gormonlari organizmga qanday ishlash kerakligini boshqaradi. Uning kuchli ishlashi mushak, suyak tizimiga, yurak va asab tizimiga ta’sir qiladi. Yana bir muhim simptomlaridan biri qorinda og‘riq va diareyadir. Bundan tashqari uyqu buzilishi, tana vaznining yo‘qolishi va yurak urishining buzilishi ham kuzatiladi.
Seliakiya kasalligi
Bu ichak vorsinkalarining ayrim guruh oqsillariga sezuvchanligi tufayli yallig‘lanishidir. Gluten oqsili arpa, bug‘doy va donli mahsulotlarda bo‘ladi. Bu kasallikda qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynashi, ich qotishi, diareya, qorin dam bo‘lishi kuzatiladi. Ushbu mahsulotlarni ratsiondan chiqarib tashlash bu simptomlarni yo‘qotadi.
Boshqa sabablar
Stress
Oshqozon shilliq qavatini qo‘zg‘atib uning spazmiga olib keladi va odam og‘riq sezadi. Ovqatdan oldin chuqur chuqur nafas olish, xotirjamlik qilish, sekin ovqat yeyish simptomlardan xalos etadi.
Ich qotishi
Ovqat massasining ichaklarda harakati kamayishi va najasning qattiq kelishi qorinda diskomfort va og‘riq keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu holatlarda qorin dam bo‘ladi. Kletchatkaga boy mahsulotlar va ko‘p suyuqlik ichish bilan bundan qutilish mumkin.
Qon bosimini tushiruvchi preparatlar
Qon bosimini tushiruvchi preparatlarining nojo‘ya ta’sirlari natijasida qorinda og‘riq sezishingiz mumkin. Bunday holatlarda davolovchi shifokoringizga murojaat qilishingiz zarur.
Shifokor huzuriga qachon borish kerak
Agar yuqoridagi simptomlar ovqatdan keyin kuzatilishi uzoq muddatga davom etsa, diyeta, sog‘lom turmush tarziga rioya qilinganda ham simptomlar yo‘qolmasa, shifokor ko‘rigidan o‘tishingiz kerak bo‘ladi.
Gastroenterologik kasalliklarda eng kop qo'llaniladigan dori vositalardan biri ITOMEDdir:
https://apteka.uz/uz/product/itomed
*Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.