Otgematoma -  quloq suprasi shikastlanishi yoki uzoq ezilishi natijasida qon tomirlari yorilib, tog‘ay bilan tog‘ay usti qatlami orasida qon yig‘ilib qolishi. [caption id="attachment_2601" align="aligncenter" width="190"]Otgematoma Otgematoma[/caption] Otgematoma ko‘proq jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi (gimnastlar, bokserlarda) va og‘ir yuk ko‘taruvchilarda uchraydi. Quloq suprasi kattalashib, shish paydo bo‘ladi, teri qoramtir-ko‘kish tusga kirib, paypaslab ko‘rilganda yumshoq, ichida suyuqlik borligi (flyuktuatsiya) aniklanadi. Mahalliy harorat  ko‘tarilmaydi, og‘riq bo‘lmaydi. Davolashning boshlang‘ich davrida quloq suprasiga muz qo‘yish tavsiya etilsa, keyinchalik qonni igna sanchib tortib olish va quloq suprasini ikki tomonidan qattiq siqib bog‘lab qo‘yish kerak.