Ko‘krak bezlari tomonidan sut ishlab chiqarilishini kamayishi gipogalaktiya deb ataladi. Bunda ajralayotgan sut miqdori bola ehtiyojini qondirmaydi. Gipogalaktiya 5 – 8 % ayollarda birlamchi bo‘lib, neyroendokrin buzilishlar sababli yuzaga keladi. Jaxon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra faqat 1 % ayollar bolalarini ko‘krak suti bilan boqa olmaydilar. Gipogalaktiya sabablariga onani laktatsiyaga yaxshi tayyorlanmasligi, ulardagi kasalliklar (qandli diabet, qon tomir, buyrak va tizimlari kasalliklar, o‘tkir yallig‘lanish jarayonlari, o‘smalar va boshqalar) stresslar, spirtli ichimliklar, xomiladorlik va tug‘ish davrlarida dorilar qabul qilish, dastlabki kechikkan ko‘krak tutish, onaning unumsiz kun tartibi, ovqatlanishi, jismoniy va aqliy zo‘riqishlar kiradi.
[caption id="attachment_2615" align="aligncenter" width="462"] Ona suti kamayishi - gipogalaktiya[/caption]
Gipogalaktiyani oldini olish juda muhim. Dastlab, uni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish, emizikli onalarga ijtimoiy - moddiy osoyishta sharoit yaratish, ko‘krak bezlarini parvarish qilish, gigiyenik qoidalarga rioya qilish, unumli ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish zarur. Gipogalaktiyadan muhofaza uchun ko‘krak bezlarini muntazam to‘liq bo‘shatish lozim. Ovqatlantirishning muntazamligi bola ehtiyojiga mos tushgan ijobiy shartli reflekslarni shakllanishiga olib keladi. Bu jarayonda ko‘krak bezlarining sut ishlab chiqarish va ajratish faoliyatlari kuchayib, bolada so‘rish refleksini yaxshilaydi. Gipogalaktiya holatini oldini olish uchun bola sutni kam iste’mol qilganida, sutni sog‘ib tashlash orqali ko‘krakni bo‘shatish zarur. Sut sog‘ib olishda ko‘krak uchini ta’sirlash laktatsiyani kuchli qo‘zg‘atadi. Gipogalaktiyani yuzaga kelishiga to‘siq bo‘ladigan asosiy omil bu bola tug‘ilishi bilan unga ko‘krak tutqazishdir.
Quyidagi holatlar tabiiy (ko‘krak bilan) ovqatlantirishga monelik hisoblanadi:
Ona tomonidan: og‘ir tizimli va o‘sma kasalliklari, sil, zaxm, yurak- tomir va buyrak yetishmovchiligi, o‘smaga qarshi dorilar qabul qilish, virus va bakteriyalar ta’sirida yuzaga kelgan o‘tkir yallig‘lanish xastaliklari (ma’lum vaqtgacha), teri va ruhiy kasalliklar. Bola tomonidan: tug‘ruq vaqtidagi jarohatlar, miyada qon aylanishini buzilishi (bu paytda bola uchun ko‘krak so‘rish og‘ir bo‘lishi mumkin), tug‘ma kasalliklar. Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi maqolani o‘qishingizni maslahat beramiz: Ona suti Ushbu maqolani ham o'qing:
Skolioz bo‘lgan qiz homilador bo‘la oladimi?