Og‘irligi yetmayotgan kishilar xam kam emas. Ulardan ko‘pchiligi ozroq semirish uchun maxsus parxez bering, deb mendan - so‘rashadi. Ayrimlari shamollashdan ozib ketadilar va xatto yozning kunida xam sovqotadilar. Buning ustiga o‘zlarining qiltiriq tanalaridan uyaladilar.
Men ularga yordam beradigan parxez yo‘qligini tushuntirsam, bunga ishongilari kelmaydi. Men ularga xarqalay shunday dastur bor va unga ochlik ham kiradi desam bunga undan battar ishonmaydilar. Odatda ular: “Ochlik meni battar xarob qiladi”,-deydilar. Men ularga, to‘g‘ri ovqatlanmaganliklari uchun xam ozg‘in ekanliklarini tushuntiraman. Yana men ularga aytamanki, oziq-ovqat va ozuqa sinonimlar emas, yog‘lar, uglevodlar, qand, sut, qaymoq va boshqa yog‘li oziq-ovqatlarni parxezga kiritish semirish uchun hech qanday yordam bermaydi. Shunday ovqatlanganiga qaramay, ular battar oriqlab ketishlari mumkin.
Odamning semirishi ko‘p miqdordagi ovqat yegani bilan emas, balki organizm uni qanchalik qila olganiga bog‘liqdir.
Singdirish qanchalar yomon bo‘lsa, qancha yog‘li ovqatlar yegan bilan og‘irlikni oshirib bo‘lmaydi. Salomatlikning umumiy ahvoli yomonligi tufayli og‘irlikning normadan past xoli kuzatiladi. Xazm qilish yomon axvolda bo‘lgan vaqtda tanaga ko‘p miqdorda ovqat tiqishtirishning umuman foydasi yo‘q. Ochlik yordamida xazm qilish mexanizmini yaxshiroq ishlaydigan xoliga keltirish semirishning siri xisoblanadi. Oriq kishilar faqat tozalanibgina ozuqani to‘liq xazm qilishga erishishlari mumkin. Oriq kishilar xam semiz kishilarga kerak bo‘lgan ochlanishga muxtojlar va ochlik organizmga jismoniy xordiq beradi.
Semiz kishilardagiday oriq kishilarda ham xazm qilish haddan tashqari og‘ir vazifa yuklangan. Buni, albatta xolsizlangan kishilarga tushuntirish qiyin. Ular besabrlar va og‘irligini birdan oshirishni xoxlaydilar. Lekin bunday kishilar shuni, tushunishlari lozimki, ochlik oqibati bo‘lgan jismoniy hordiq ovqat hazm qilish muchalarining yaxshi ishlashini ta’minlaydi. Agarda xaddan tashqari ko‘p ovqat iste’mol qilinmagan bo‘lsa, organizm favqulodda ulkan hayotiy quvvatga ega bo‘ladi. Men 50 yil davomida ochlik va tabiiy hayot tarzi yordamida ko‘plab ozg‘in kishilarni davolashda katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdim.
Mening opam bor va men uni juda yaxshi ko‘raman. U juda zaif tug‘ilgan ekan. U tug‘ilganda ikki kilodan oshmagan desam adashmayman. Luiza opam butun umri davomida “qiltiriq”degan laqabni ko‘tarib yurdi. Onam unga yoshligida barkamol bo‘lishi uchun iloji boricha ko‘proq sut, qaymoq, cho‘chqa go‘shti, kartoshka yedirardi. Yillar o‘tdi, biroq opam bu yeguliklarni qanchalik ko‘p yegani sayin noziqlashib va rangsizlanib xastalanib borardi. U shu darajada darmonsizlanib qolardiki, ba’zan to‘shakda yotib qolishiga to‘g‘ri kelardi. Lekin shu davrda dam u og‘irlikni oshiradigan, ya’ni semirtiradigan parhezda bo‘lardi.
Men uzoq vaqt salomatligimni tiklab Virjiniya shtatiga, Luiza yashayotgan joyga qaytib kelganimda, u katta qiz bo‘lib qolgan, lekin hali turmushga chiqmagan edi. Maktabda dars berar va noziqkina, oqquvadan kelgan, qotma va kamdarmon edi. Sinfda o‘tkazilgan og‘ir ish kunidan keyin uyga keliboq karovatiga horg‘in o‘zini tashlab, uzoq vaqt dam olishga majbur bo‘lardi.
Men Virjiniyaga yozgi ta’til boshlanganda kelgan edim. Men o‘z dasturim haqida opamga gapirib berdim va yordam bermoqchiligimni aytdim. U mendagi tabiiy hayot tarzi natijalarini ko‘rib, buyuk mo‘’jiza, deb baxoladi va mening barcha taklifimga rozi bo‘ldi.
Men opamga dasturning bir qismi tanaga jismoniy hordiq beradigan davriy ochliklar o‘tkazishdan iboratligini tushuntirdim va bu ochlanishlar natijasida ovqat hazm qilish tizimi to‘liq yangilanishini uqtirdim. Tozalanish oshqozon shirasini ko‘proq ishlab chiqarish imkonini beradi va buning natijasida ko‘proq oqsil singdirish yo‘li paydo bo‘ladi. Nafaqat oqsil o‘zlashtirish yaxshilanadi, balki ochlik natijasida butun ovqat hazm qilish tizimi faoliyati yaxshilanadi va yangilanadi.
Ochlik dasturidan keyin hayot mazmuni hisoblanmish modda almashinuvi jarayoni, hayotiy faoliyatimizni quvvat bilan ta’minlaydigan to‘qimalardagi ximiyaviy o‘zgarishlar, o‘lganlarini almashtiradigan yangi materiallarning sintezlashuvi kabi jarayonlarning barchasi endi ancha katta samara bilan ishlay boshlaydi.
Ko‘p yillik tajriba shuni ko‘rsatadiki, ochlik natijasida moddalar almashinuvi, ya’ni metobolizmning yaxshilanishi ochlanishdan keyin paydo bo‘lgan to‘qimalarning salmog‘ini oshirar ekan. Tananing samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun kerak bo‘ladigan barcha narsalarni, ya’ni oqsil, yog‘, uglevod, qand, minerallar, vitaminlar va hakozolarni organizm hazm qilishiga ochlik yordam beradi.
Luiza dasturni yetti kunlik ochlikdan boshladi va faqat distillangan suv ichardi. Opam tabiat uning tanasini to‘liq tozalashiga va tozalangan ovqat hazm qilish tizimi unga yangi tana bunyod etishi uchun yordam berishiga ishonchi komil edi. Birinchi kunda u ozroq ozdi, lekin ochlik to‘xtatilganidan keyin unda katta sog‘lom ishtaha paydo bo‘ldi. Shu bir xaftalik fiziologik hordiq unga ajoyib natijalar berdi. U joniga tekkan yog‘ va kashalar o‘rniga yangi parhez bilan ovqatlana boshlaganidan so‘ng, xayotida hech qachon ovqatdan bunchalar lazzatlanmaganligini mamnun bo‘lib aytdi.
Parhez 50 foiz yangi xom sabzavot va mevalardan tashkil edi. Bundan tashqari men unga qaynatilgan sabzavot, kungaboqar pistasi, undirilgan bug‘doy, yong‘oq va har xil turdagi yong‘oqlar yog‘idan berardim. Uch hafta o‘tgach, keyingi o‘n kunlik ochlikni tayinladim. Bu uning yangi xayotining boshlanishi bo‘ldi. U endi semira boshladi.
Mening o‘ta ozg‘in va toliqqan opam endi go‘zal to‘lishgan ayolga aylana bordi. Tanasining har bir bo‘lagi huddi yangidan bunyod etilganga o‘xshardi. Oldin hech bunday bo‘lmagan sochlari endi yaltillardi. Oldin hech bo‘lmagan xolat yuzidagi qizillik va kulgich, yosh bolalardagina bo‘ladigan chaqnab turuvchi ko‘zlar o‘zgacha edi. Luizadagi bunday o‘zgarishdan ota-onalarimiz, do‘stlar va qarindoshlar xayron edilar. Eng ajablanarlisi, mening opam okrugda eng mashxur qizlardan biri bo‘ldi va keyingi yil esa xushro‘y yigitga turmushga chiqdi. Ular baxtli yashashadi va farzandlari bor. Mening opam ko‘p yillardan buyon o‘z xushro‘yligi va go‘zalligini saqlab kelmoqda.
Opamga ochlanishdan tashqari jismoniy tarbiya dasturini berdim. Buni u dastlab yaqin masofaga piyoda sayr qilishdan boshladi va keyin uni uzaytira bordi. Men unga toza havoda, ko‘proq bo‘lishni va har kuni 20 minutlik nafas olish mashqini bajarishni topshirdim. Mening opam nimalar qilgan bo‘lsa, keyinchalik ularni yuzlab kishilar takrorladilar.
Vazningiz ko‘p yoki kam bo‘lganda xam ochlik ajoyib natijalar beradi. Ikkala toifadagi kishilarga ham bitta dastur - ochlik bilan omuxta ravishda tabiiy xayot tarzi zarur.
O‘z sog‘lig‘ingizni tiklashning yagona sexrli kaliti -ochlikdir va uning ko‘magida salomatlikni eng oliy takomilga yetkazish mumkin.
Ochlik buyuk tozalovchidir. Tozalangan tanadagi barcha tizimlar normal faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Ochlik sog‘lomlik va uzoq umr ko‘rish yo‘lidir.
Albatta, odamlar xar xil bo‘ladi, birovlar yaxshi natijaga boshqalardan tezroq erishadi. Agarda siz juda ozg‘in bo‘lsangiz va ko‘p parxezlarni sinab ko‘rgan bo‘lsangiz va ular sizga foyda bermagan bo‘lsa, xafa bo‘lmang. Ochlik dasturidan foydalanib ko‘ring. Sizni normal vaznga keltirish uchun tabiatga imkon bering.
[su_quote cite="Emerson"]Erk va to‘g‘ri xordiq insonni charchoq bilmay haqiqat izlashga undaydi. Cheksiz izlanish! Haqiqat - turmushning cho‘qqisi. [/su_quote]
© Pol Bregg «Ochlik mo‘jizasi» kitobi. Ziyouz.uz
Ushbu maqolani ham o'qing:
Mustahkam salomatlik ovqatlanishga bog‘liq ( 30-qism )